Tosh asrining keyingi rivojlanish davri fanda mezolit (o‘rta tosh) asri deb qabul qilingan.
O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklar deb qabul qilingan. Mezolit-
odamlarning er yuzi bo‘ylab keng tarqalish davri bo‘lib, ular shimol tomonga ham, Pomir kabi
baland tog‘li hududlarga ham tarqala boshlaydilar. Kaspiy bo‘ylaridan Tyanshan -Pomirgacha,
Markaziy Qozog‘istondan Kopettog‘ etaklarigacha bo‘lgan hududlardan mezolit davri
yodgorliklarining namunalari topib o‘rganilgan. Machay (Surxondaryo), Obishir (Farg‘ona
vodiysi), Markaziy Farg‘ona, Bo‘zsuv, Qo‘shilish (Toshkent), Aydabol, Jayronquduq (Ustyurt),
Oshxona, CHilchorchashma (Tojikiston), Darayi sho‘r (Vaxsh vohasi) kabilar shular
jumlasidandir.
Mezolit davriga kelib er yuzidagi ulkan muzlikning yana shimolga tomon siljishi natijasida
iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o‘xshab qolgan edi. Buning natijasida O‘rta Osiyo
hayvonot olami va o‘simliklar dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Paleolit davrining yirik hayvonlari yo‘qola borib ular o‘rniga kichik tuyoqli, tez
yuguruvchan hayvonlar - jayron, sayg‘oq, bug‘ular, tog‘ echkisi, arslon, yo‘lbars, qoplon, quyon
kabilar ko‘paya boradi. Shuningdek, janubga xos issiqsevar yovvoyi boshoqli o‘simlik va daraxtlar
ham tobora ko‘payib bordi. Tabiat va iqlimdagi bu o‘zgarishlar mezolit davri kishilarining
hayotida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollar tayyorlashni o‘zlashtira boshladilar.
Xususan, janubiy o‘lkalarda, shuningdek, O‘rta Osiyoda turli geometrik shakldagi mayda
qurolchalar-mikrolitlar paydo bo‘lib, ular uchun suyak va yog‘och dastachalardan qadama sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |