2- mavzu. Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209756
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2-maruza

So‘nggi  paleolit  uzoq  davom  etgan  qadimgi  tosh  asrining  oxirgi  bosqichi  bo‘lib,  nisbiy 

tarzda mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Bu davr yodgorliklari mustye madaniyati 

yodgorliklari madaniyatiga nisbatan kamroq o‘rganilgan. Hozirgi kunga qadar O‘rta Osiyoda bu 

davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o‘zida), Xo‘jag‘or (Farg‘ona 

vodiysi),  Shug‘nov  (Pomir  etaklari),  Ko‘lbuloq  (Toshkent  viloyati),  Qorakamar  (Tojikiston), 

Achisay (Qozog‘iston) yodgorliklari shular jumlasidandir. 

Toshkent  viloyatida  (Ohangaron)  joylashgan  Ko‘lbuloq  makonining  eng  tepadagi  uchta 

qatlami  so‘nggi  paleolit  davriga  oiddir.  Bu  qatlamlardan  nisbatan  takomillashgan  tosh  qurollar 

hamda ko‘plab hayvon suyaklari topilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda Toshkentning g‘arbidagi 

Bo‘zsuv I makoni ham so‘nggi paleolit davriga oid ekanligi aniqlangan. 

Samarqand shahrida 1939-yilda ochilgan yodgorlik mintaqadagi so‘nggi paleolit davriga oid 

dastlabki makon hisoblanadi. Samarqand makoni ko‘p qatlamli bo‘lib bu qatlamlardan ko‘p sonli 

(7,5 ming) xilma-xil topilmalar topilgan. Ular orasida qirg‘ichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, 

ushatgichlar,  boltalar  kabilar  bor.  Shuningdek,  madaniy  qatlamlardan  gulxan  qoldig‘i,  ko‘mir 

parchalari va gulxan atrofidan hayvonlar hamda o‘simliklar qoldiqlari aniqlangan. Bu topilmalar 

bu erda yashagan kishilarning ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanganliklaridan dalolat beradi. 

So‘nggi paleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o‘zgarishlar 

bo‘lib o‘tadi. Xususan, odamlar g‘orlardan chiqib engil turar joylar, chayla va yarim erto‘lalarda 

yashay  boshladilar.  Ular  endi  faqat  tog‘li  hududlarda  yashab  qolmay  vohalar  bo‘ylab  tarqalib, 

tekisliklarda, daryo va ko‘llar bo‘ylarida joylashadilar hamda qarindosh-urug‘chilik jamoalariga 

bo‘linadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo‘ladi hamda ular ayrim urug‘larni birlashtirib 

urug‘ jamoasini tashkil etadilar. 

Urug‘chilik  (matriarxat)  qadimgi  jamiyat  tarixining  alohida  bosqichini  tashkil  etib,  bu 

jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o‘zgarishlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Lekin dastlabki 



urug‘chilik tuzumi nisbatan rivojlanishning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan bo‘lishiga qaramay, bu 

davr odamlari ovchilik, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirar edilar. 

Paleolit davriga xulosa yasab, shuni aytish mumkinki, bu davrda odamning paydo bo‘lishi 


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling