2- mavzu: s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja
Download 56.17 Kb.
|
2- mavzu s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qa-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
2- mavzu: s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja 2- Mavzu: S- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja: Valent electron konfiguratsiya, S- elementlar oilasiga umumiy xarakteristika Vodorod Ishqoriy metallar olinishi, xossalar va qishloq xo’jaligida ahamiyati Ishqoriy-yer metallar olinishi, xossalari va qishloq xo’jaligida ahamiyati Tayanch iboralar: S- elementlar, Ishqoriy metallar, Ishqoriy-yer metallar, Ishqorlar, asoslar, valent elektronlar, suvning qattiqligi, netrallanish reaksiyalar, okidlovchi, qaytaruvchi, electron balans, yarim-elektron balans, 1. Valent electron konfiguratsiya, S- elementlar oilasiga umumiy xarakteristika Valent elektron konfiguratsiyalar Valent elektron konfiguratsiyalari shu element atomining davriy sistemada qaysi guruhda joylashganligini bildiradi. Valent elektron- element atomining eng oxirgi orbitalida ya’ni yadrodan eng uzoqda joylashgan electron orbitalidagi elektronlari nazarda tutiladi. Bu yerda 1 element H (vodorod) ning bitta elektroni mavjud atomida va shu yagona electron Vodorodning valent elektroni hisoblanadi. Shuning uchun ham vodorod H+ (metalmaslar bilan hosil qilgan birikmalarida H2S, organik birikmalar) yoki H-( metallar bilan hosil qilgan birikmalarida NaH, CaH2). 1- rasmda davriy sistemadagi ba’zi asosiy guruh elementlarning electron konfiguratsiyasi keltirilgan. 1 2- rasmda d- element oilasidagi ba’zi electron konfiguratsiyasi keltirilgan. 3d54s1 da va 3d104s1 larda lektronlarda orbitaldan orbitalga ko’chish kuzatiladi.
S- elementlar- Davriy sistemaning I- va II- asosiy guruhida joylashgan elementlar hisoblanadi (H va He ham S- elementlar oilasiga mansub). 3 S- elementlar oilasi- valent elektronlarining oxirgi elektroni s- orbitalida joylashgan elementlar kiradi. 4 5 6 7 Keltirilgan rasmlardan shuni xulosa qilish mumkin: s- elementlar oilasiga 14 ta element kiradi. Shularning 2 tasi metalmas (H2 va He), bittasi amfoter metal(Be). 6 tasi ishqoriy metallar va 5 tasi ishqoriy-yer metallaridir. Fr va Ra radioktiv elementlardir. S- elementlarining barchasini tashqi pog’onasi ns1 yoki ns2 bilan tugaydi. n- elementning qaysi davrda joylashganini va yadroni nechta electron orbital o’rab turganini ko’rsatadi. s ni tepasidagi son esa element qaysi guruhda joylashganini ko’rsatadi (He mustasno, inert gaz bo’lgani uchun va tashqi qobig’i to’lgani uchun) S- elementlar oilasida davrda o’ngdan chapga: atom radiusi, metallik xossalari, qaytaruvchilik xususiyatlari, spin kvant soni kamayadi, NEM, ionlanish energiyasi, elektronga moyillik, metalmaslik xossalari, oksidlovchilik xossalari, tashqi pog’anasidagi valent elektronlar soni, yadro zaryadi ortadi. Bosh, orbital va magnit kvant sonlari o’zgarmaydi. S- elementlar oilasida guruhda yuqoridan pastga qarab: Bosh kvant soni atom radiusi, metallik xossalari, yadro zaryadi, qaytaruvchilik xususiyatlari ortadi, NEM, ionlanish energiyasi, elektronga moyillik, metalmaslik xossalari, oksidlovchilik xossalari kamayadi, orbital, magnit, spin kvant sonlari tashqi pog’anasidagi valent elektronlar soni o’zgarmaydi. Download 56.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling