2- mavzu: s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja


I guruh bosh guruhchasi elementlarning umumiy tavsifi


Download 56.17 Kb.
bet3/13
Sana24.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1687153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2- mavzu s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qa-fayllar.org

I guruh bosh guruhchasi elementlarning umumiy tavsifi
Birinchi guruhning asosiy guruhchasiga (ishqoriy metallar) litiy, natriy, kaliy, rubidiy, seziy va fransiy elementlari kiradi.
Ishqoriy metallar atomlarining energetik pog’onalarida elektronlarning taqsimlanishi quyidagicha:
Li – 1s22s1, Na– 3s1, K– 4s1, Rb– 5s1, Cs– 6s1.
Ishqoriy metallar atomlari o’zining tashqi elektron qavatidagi yagona elektronini osonlik bilan yo’qotib, oksidlanish darajasi + 1ga teng bo’ladi. Ularning qaytaruvchanlik xossasi litiydan fransiyga tomon kuchayadi, chunki elektron qavati soni ortib, sirtqi qavatdagi elektron yadrodan borgan sari uzoqlashadi, ya’ni valent elektronning yadroga tortilish kuchi zaiflashib boradi, natijada kuchli qaytaruvchi bo’ladi. Bir elektronni yo’qotish oson bo’lgani uchun ular tabiatda hamisha birikma holida uchraydigan faol metallardir. Ularning hammasi yengil, yumshoq, kumushday oq, hatto yaltiroqdir.
Rubidiy va seziy havoda o’z-o’zidan yonib ketadi. Bu elementlarning oksidlari Me2O gidridlari MeH gidroksidlari esa MeOH formula bilan ifodalanadi. Metallar orasida ishqoriy metallar eng yuqori kimyoviy faollikni namoyon qiladilar, ular metallarning elektrokimyoviy kuchlanish qatorida qatorning boshlanishida joylashadilar. Ishqoriy metallarning aksariyat tuzlari suvda yaxshi eriydi, ulardan natriy va kaliy muhim ahamiyatga ega.

1.1-jadval

Ishqoriy metallarning ayrim xossalari

Element- ning nomi


Elementning tartib nomeri


Nisbiy
atom massasi




Suyuqlik harorati,



0S

Qaynash harorati,



0S

Zichligi, g/sm3


Qattikligi


Litiy Natriy Kaliy Rubidiy Seziy


3
11


19

37
55


6,94
22,99

39,09
85,48

132,91

180,5
97,9

63,5
39,3

28,5

1340
886

771
690

672

0,53
0,97

0,86
1,53

1,90

0,6
0,4

0,5
0,3

0,2

I A guruxcha elementlari, ularning elektron gidroksidlari tuzilishi, ayrim xossalari tugrisidagi asosiy ma’lumotlar kuyidagi jadvalda aks ettirilgan:

Element
Xossalari




Li(Z=3)

Na(Z=11)

K(Z=19)

Rb(Z=37)

Cs(Z=55)


Elektron formulasi


2S1


3S1


4S1


5S1


6S1


Zichligi, g/sm2


0.53

0.97

0.86

1.52

1.87

Suyuq. temp. 0S

179

97.8

63.5

39.0

28.5

Qaynash tem. 0S

1340

883

760

696

708

Elektronga moyillik

1.0

0.9

0.8

0.8

0.7

Kislorod bilan ta’sirlashuvi

Osonlashib boradi


Gidroksidlar


LiOH

NaO

KOH

RbOH

CsOH

Oksidlarining xossasi

Asoslik xossasi ortadi


Oddiy modalarining


Kaytaruvchilik xossasi ortadi




*Fr - radioaktiv element bulgani uchun urganilmaydi.
Bu gurux metallarining oksidlari (o’zlari xam) suvda yaxshi erib o’yuvchi moddalar ishqorlarni xosil qilgani uchun ishqoriy metallar deyiladi. Ularning ichida eng kuchlisi (aktivi) fransiy bo’lib, undan keyin seziy turadi. Litiy (Li). Oq yaltiroq, yumshoq metall. Eng engil metall tabiatda turli alyumosilikatli mineral - LiAI(SiO3)2 (spodumen), fosfatli mineral - LiAI(PO4)F (amblikonit) xolida uchraydi.


Olinishi: Litiy asosan LiCI - KCI evtektik aralashmasini elektroliz qilish bilan olinadi: 2LiCl 2Li + Cl2.

Oddiy moddasi: Litiy kimyoviy jixatdan ancha aktiv metall. Xona xaroratida xavodagi azot va kislorod bilan ta’sirlashadi va reaksiya maxsuloti sifatida kulrang - Li2O va ok rangli Li3N xosil buladi. Xavoda 2000C dan yuqorida, Cl2, Br2 , va I2 atmosferasida oddiy sharoitda kuchli alanga hosil kilib yonadi va LiCl, LiBr , LiJ larni xosil qiladi.

Suvda Li metali eriydi: 2Li + H2O 2 LiOH + H2. Aktivlik qatorida litiy birinchi (E0 = -3,01 v ) bo’lsada, eritmalarda Li+ ionining gidratlanish energiyasi katta bulgani uchun Li(k) Li++ e- muvozanatini boshqa ishqoriy metallarga nisbatan kuproq o’ngga suradi.


Birikmalari va ularning xosslari: Litiyning ko’pchilik birikmalari oq rangli bo’lib, ulardan LiF, Li2CO3, Li3PO4 lar suvda oz eriydi.
Litiy perioksidlar xosil qilishga kam moyil element. Lekin, Li2O2; Li2S2 ; Li2C2 ; (perkarbid) lari mavjud.
Litiy oksidi- Li2O oq rangli modda, suvda yaxshi eriydi. Gigroskopik modda. Havodan suvni tortib oladi:

Li2O + H2O 2LiOH ni xosil kiladi.


Shuningdek, Li2O kislotalar, kislotali oksidlar va amfoter oksid va gidroksidlar bilan oson ta’sirlashadi va tegishli tuzlarni hosil qiladi.

Litiy gidroksidi LiOH. Oq kristall modda. Juda kuchli gigroskopik modda, suvda yaxshi eriydi va litiy ishqori (uyuvchi litiy) ni xosil kiladi:

LiOH Li+ + OH-
Lekin bu gidroksid o’z kuchi jixatidan shu guruxdagi boshqa elementlar gidroksidlariga nisbatan kuchsizroqdir.

Litiy gidroksidi LiCl eritmasini elektroliz qilish bilan olinadi:

2LiCI + 2H2O 2LiOH + H2 + Cl2
Litiy va uning birikmalarining ishlatilishi: Litiy metali asosan, atom energetikasi tritiy (3H 1) olishda:


6Li3 +1n 0 3H 1 + 4He 2
va atom reaktorlarida issiqlik tashuvchi sifatida ishlatiladi.



Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling