2- mavzu: s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari Rеja


Download 56.17 Kb.
bet8/13
Sana24.09.2023
Hajmi56.17 Kb.
#1687153
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2- mavzu s- elementlarning tavsifi va xossalari. Oksidlanish qa-fayllar.org

Magniy gidrid MgH2 ni olish uchun magniy dimetil 175C da parchalanadi:
Mg(CH3)2 → MgH2 + C2H4
Magniy oksid MgO texnikada karbonatni va laboratoriyada magniy gidroksidning parchalashidan olinadi:
MgCO3 → MgO + CO2
Mg(OH)2 → MgO + H2O
MgO - 2800C da suyuqlanadigan kristall modda bo’lib, undan o’tga chidamli idishlar, tigel va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Magniy oksid suvda erimaydi, ammo kislota va kislotali oksidlarda yaxshi eriydi.


Magniy gidroksid Mg(OH)2 suvda kam eriydigan o’rtacha kuchga ega bo’lgan asos, uning eruvchanlik ko’paytmasi (EK) 1,210-12 ga teng. U quyidagicha olinadi:
MgCl2 + 2NaOH = Mg(OH)2 + 2NaCl
MgCl2 + 2NH4OH = Mg(OH)2 + 2NH4Cl

Magniy xlorid MgCl2 ko’mir bilan MgO aralashmasiga xlorni ta’sir ettirib olinadi, undan magnezial sement tayyorlanadi, uni qipiq bilan aralashtirib, izolyatsiya materiali bo’lgan ksilolit olinadi. Magniy sulfat MgSO4 tabiatda har xil minerallar shaklida uchraydi, eritmada esa kristallogidrat monogidrat MgSO4  H2O (kizerit minerali) va geptagidrat (MgSO4  7H2O) (taxir tuz minerali) holida kristallanadi. Suvda eriydi, tibbiyotda surgi dori sifatida, qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi. Magniy karbonat MgCO3 tabiatda magnezit va dolomit (MgCO3CaCO3) holida uchraydi. MgCO3 suvda oz eriydi, uning suvdagi eritmasiga ishqoriy metall karbonatlari ta’sir ettirilsa, Mg2(OH)2CO3 hosil bo’ladi, uning aniq tarkibi 3MgCO3Mg(OH)23H2O bo’lib, oq magneziya (tabiatda kam uchraydi) deb ataladi. Oq magneziya tibbiyotda, qog’oz va kauchuk sanoatida ishlatiladi.
Kalsiy, tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy xossalari, muhim birikmalari, ishlatilishi
Kalsiyning atom massasi 40,08 (Z = 20) ga teng. U tabiatda eng ko’p tarqalgan metallardan biri bo’lib, Yer po’stlog’ining taxminan 3% ini tashkil etadi. Tabiatdagi asosiy birikmalari ohaktosh, bo’r va marmar, shuningdek dolomit (MgCO3CaCO3), fosforit (Ca3(PO4)2), flyurit va turli silikatlardir. Kalsiy o’simlik va hayvonlar organizmi uchun zarur element. Odam suyagining 25% i qon va turli to’qimalarda oz miqdorda kalsiy bo’ladi. Kalsiy suyuqlantirilgan CaCl2 ni elektroliz qilib (ozroq CaF2 qo’shiladi) olinadi.
Kalsiy kumushdek oq metall bo’lib, havoda tez oksidlanadi. Shuning uchun kerosin ostida saqlanadi. Ochiq havoda qolsa, uning sirti oksid, peroksid, nitrid qavatlari bilan qoplanadi. Kalsiy birmuncha qattiq bo’lishiga qaramay yassilanuvchi metall, suv va kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi. Kalsiy, stronsiy va bariy aktiv metallmaslar bilan odatdagi sharoitda birikadi. U kislorod bilan oksid CaO va peroksid CaO2, vodorod bilan gidrid, CaH2, azot bilan nitrid Ca3N2, uglerod bilan karbid CaC2, galogenlar bilan birikib, galogenid CaHal2 larni hosil qiladi.
Metall holidagi kalsiyning ishlatilishi uning yuqori kimyoviy aktivligiga bog’liq, undan metall birikmalaridan (uran, xrom, sirkoniy, seziy, rubidiy kabi) metallarni qaytarishda, po’lat va ayrim qotishmalardagi kislorod va oltingugurtni yo’qotishda, organik suyuqliklarni suvsizlantirishda hamda vakuum asboblaridagi qoldiq gazlarni yuttirishda foydalaniladi. Kalsiy faolligi past bo’lgan metallarning oksidlaridan va galogenidlaridan kislorodni va galogenlarni siqib chiqarib, qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi.
Ca + TiO2 = 2CaO + Ti ;
2Ca +TiCl4 = 2CaCl2 + Ti

Download 56.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling