2- mavzu. Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari reja
Download 403.09 Kb. Pdf ko'rish
|
2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI
2033 1,0 Yog‘och va yog‘och tayanchli metall ko‘priklar 2034 5,0 Betondan, toshdan, cho‘yandan bo‘lgan (trubalar) quvurlar va temir beton novlar (lotoklar) 2036 1,0 Umum foydalanish avtomobil yo‘llarining er polotnosi 2057 1,0 Umum foydalanish yo‘llarining qoplamalari: -sementobeton -asfaltobeton -qoraheben va qora shag‘al -beton yoki tosh asosga qo‘yilgan mozaikali yoki bruschatkali yo‘laklar (mostovыe) 2058 2059 2060 2061 2,5 3,3 5,0 2,0 Avtomobil yo‘llarining qayta tiklash yo‘l tashkilotlari ishlab chiqarish faoliyatining muhim predmeti hisoblanadi. Yo‘llarni qayta tiklash bo‘yicha bajarilgan ishlarga bo‘lgan xarajat, ularni qabul qilib olingandan so‘ng ikki yo‘nalish bo‘yicha hisobdan chiqariladi. Ta’mirlangan yo‘llar yeyilishining kamayishiga: №02-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining yeyilishi» subschetining debitiga va №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga. Yo‘llar va yo‘l inshootlarining inventar qiymatlarining ortishiga: №01-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlari» subschetining debitiga va №85-1 «Yo‘llar va yo‘l inshootlaridagi fondlar» subschetining kreditiga. Bu schetlarning ja’mlari ham davriy ravishda «Balansning avtomobil yo‘llari tasarrufi» moddasida tegishli tarzda aks ettiriladi. Mablag‘larning ko‘p qismi yo‘llarni kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishga ta’mirlash uchun sarflanishi va shunga mos ravishda ta’mirlash qiymatlarining ortib borishi shunday holatni yuzaga keltiradiki, natijada ba’zi yo‘llarni ta’mirlashga mablag‘lar etishmovchiligi tufayli ta’mirlashlar orasidagi davrlarning cho‘zilib ketishiga va tabiiy emirilish oqibatida yo‘llarning transport tasarruf sifatlarining pasayib ketishiga olib keladi. Eng umumlashgan ko‘rinishda bu holat ko‘p yo‘l tashkilotlarida «Yo‘llar va yo‘l inshootlarining eyilishi» moddasida aks etadigan summasining yildan yilga ortib borishida o‘z aksini topadi. Yo‘llarning eskirishi natijasida transport tasarruf ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi vaqti kelib shunday darajaga etadiki, bunda yo‘llar xarajatlanuvchi tarkib ishining loyiha bo‘yicha ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlarini va bu degan so‘z, yo‘llar qurilishiga sarflangan kapital mablag‘larning loyihada aniqlangan samaradorligini ta’minlay olmay qoladilar. Ta’mirlash loyihalarida, bu ishlarni bajarish uchun tuzilgan smetalarda, avtomobil yo‘llarini ta’mirlash xarajatlari me’yorlarida umumiy xarajatlar summasida oddiy va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish xarajatlari ajratib ko‘rsatilmaydi. SHunga qaramay birinchi turdagi xarajatlarni me’yorlash mumkin, chunki uning miqdori va davriyligi yo‘l qoplamasining turi, tarkibi, yo‘ldagi harakat rejimiga muvofiq ravishda aniqlansa, ikkinchi turdagi xarajatlar miqdori avtomobil yo‘llari doimiy elementlarining zamonaviy harakat talablariga javob bera olmasligi (harakatlanish qismining kengligi, qiyaliklar, ko‘rinish masofalarining ta’minlanishi, sun’iy inshootlarning yuk ko‘tarish qobiliyatlari va gabarit o‘lchamlari) kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday nomutanosibliklarni yo‘qotish uchun bajarilishi kerak bo‘ladigan ishlar hajmi, ularni amalga oshirilish muddatlari har bir yo‘l uchun mutlaqo individual bo‘lib, tabiiy eyilish oqibatlarini yo‘qotish bo‘yicha bajariladigan ishlar hajmi va muddatlaridan ko‘ra ko‘proq boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Amaldagi harakat intensivligi yo‘lga berilgan texnik kategoriyaning yuqori chegarasidan ortib ketgan hollarda, yo‘lni yuqoriroq texnik kategoriyaga o‘tkazish uchun uni qayta qurish masalasini qo‘yishga ya’ni uni rekonstruksiya qilishga rasmiy ravishda asos paydo bo‘ladi. Uning konkret bajarilishi muddati esa sarflanishi kerak bo‘lgan kapital mablag‘larning samaradorligi hisob-kitoblari bilan asoslanishi kerak. Yo‘l xo‘jaliklarining, byudjet moliyalashtirishidan tashqari, ya’ni xo‘jalik hisobida bo‘lgan asosiy fondlarni qayta tiklash amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi. Asosiy fondlarni oddiy qayta ishlab chiqarish (tiklash) uchun mablag‘lar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga belgilangan me’yorlar va hajmda asosiy fondlarning eyilishini aks ettiruvchi amortizatsiya ajratmalarini kiritish yo‘li bilan hosil etiladi (yig‘ilib boriladi). Amorizatsiya ajratmalarining umumiy sxemasi u yoki bu inventar ob’ekt uchun butun xizmat muddati mobaynida to‘liq emirilish sodir bo‘lgach, uni tasarrufidan chiqarilganda almashtirish uchun, hamda xizmat muddati davomida kapital ta’mirlashlar uchun va ba’zan tasarruf jarayonida ularni ba’zan tasarruf jarayonida ularni modernizatsiya qilish uchun mablag‘lar yig‘ilib borishini ta’minlashi kerak. Bir yillik amortizatsiya ajratmasining miqdori, amortizatsiya umumiy sxemasini uning bir yillik xizmatiga to‘g‘ri keladigan miqdorida aniqlanadi. Download 403.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling