2- mavzu. Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari reja
Download 403.09 Kb. Pdf ko'rish
|
2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI
foiz;
Bu erda: X 1 -brigada pudrati uslubida bajarilgan ishlar hajmining salmog‘ X 2 -fondlar bilan qurollanganlik (korxonadagi asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatining asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilar soniga nisbati), ming so‘m; X 3 -korxonaning xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lning har kilometriga to‘g‘ri kelayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati, ming so‘m; X 4 - korxona tomonidan yil mobaynida bajariladigan ishlar hajmi, ming so‘m. Tenglama tarkibiga kirgan omillar bilan fond samaradorligi o‘rtasidagi aloqaning tig‘izligi yuqori. U 0,82 ga teng bo‘lgan ko‘p marta korrelyasiyalanish koeffitsienti bilan harakterlanadi. Bu koeffitsientning kvadratiga teng bo‘lgan, ko‘p marta determinatsiyalanish (0,67) koeffitsienti deb ataluvchi ko‘rsatkich shuni ko‘rsatadiki, fond samaradorligi variatsiyasining 67 foiz tenglama tarkibiga kirgan omillarning variatsiyasi hisobiga sodir bo‘ladi. Tenglama tarkibiga kirmagan barcha boshqa omillarning variatsiyasi fond samaradorligi variatsiyasining 33chfoizgacha o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi, bu esa tenglama tarkibiga kirgan omillarning yuqori ahamiyatidan darak beradi. Fond samaradorligi bir necha omilarning birgalikdagi ta’siri tenglamaga tegishli omillar o‘zgarishilarining regressiyalarini qo‘yish yo‘li bilan aniqlanishi mumkin. Ishlab chiqarishining asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanganligining ortib borishi (X2 va X3 omillari) fond samaradorligining pasayish tendensiyasini keltirib chiqarishiga e’tibor bermoq kerak. Gap shundaki, ishlab chiqarishning asosiy fondlari bilan ta’minlanganligining ortib borishi yanada ko‘proq jonli mehnatni buyumlashgan mehnat bilan almashinib borishiga, buning natijasida, bitta ishlovchiga to‘g‘ri keladigan mehnat vositalari massasining tinimsiz o‘sib borishiga, ya’ni mehnatning fondlar bilan qurollanganligining o‘sib borishiga sababchi bo‘ladi. Ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilar sonini kamaytiruvchi qo‘shimcha va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirish mehnat unumdorligini ko‘taradi, agar vaqt birligida bajariladigan ishlar hajmi o‘zgarmay qoladigan bo‘lsa, fond samaradorligining pasayishiga olib keladi, ishdan ozod bo‘lgan ishlovchilar esa boshqa korxonalarga o‘tkaziladilar. Bunday vaziyat bizning iqtisodiyotimizda juda ko‘p tarmoqlari rivojlanishida o‘nlab yillar davomida tipik axvol bo‘lib keldi. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning yaxshilanishi, asosiy fondlar massasi o‘sishidan ko‘ra mahsulot ishlab chiqarishning tezroq o‘sishiga erishish, fondlar bilan qurollanganlikka nisbatan mehnat unumdorligi o‘sish su’ratining ilgariroq bo‘lishiga erishish fond samaradorligining kamayish tendensiyasiga chek qo‘yishi kerak. Bunda yo‘l tashkilotlarining asosiy fondlarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan xizmat ko‘rsatadigan yo‘llarning uzunligi ortib borishi kerak bo‘ladi. Asosiy fondlardan foydalanish bilan yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarining ishlab chiqarish quvvatlarining optimallashib va o‘sib borish masalalari uzviy ravishda bog‘liq bo‘lib, buning ma’nosi shuki, belgilangan ishlab chiqarish dasturi strukturasi, qabul qilingan smenalik, ishlab chiqarish resurslaridan to‘laqonli foydalanishni ta’min etuvchi ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish sharoitida, maksimal imkoniyat darajasida o‘z kuchlari bilan qurilish- montaj ishlari hajmini bajarishlari kerak. Amaliy hisob-kitoblarda resurslardan, xususan, asosiy fondlardan foydalanish darajasi bazis yili bo‘yicha, uning hisob- kitob qilinayotgan yilda mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining quvvatini belgilovchi ish hajmi ko‘rsatkichiga o‘tish asosiy ishlab chiqarish asosiy fondlarining yillik o‘rtacha qiymatini taraqqiyoti (ijtimoiy zaruriy) fond samaradorligiga ko‘paytirish orqali aniqlanishi mumkin. Bunda fond samaradorligi har bir tashkilot uchun quyidagi shart-sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zining ma’lum bir qiymatiga ega bo‘ladi: -ishlab chiqarish dasturidagi ishlar strukturasi; -narxlar hosil bo‘lishining iqtisodiy geografik omillari; -tabiiy iqlim sharoiti omillari; -mehnatning fondlar va mexanizatsiya bilan qurollanganlik darajasi; material resurslar iste’mol qilishda o‘zlarining yordamchi ishlab chiqarishlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar salmog‘i; -asosiy fondlardan foydalanishning yillik va sutkalik rejimlari. Ushbu omillar har bir alohida tashkilotlar uchun alohida ahamiyat kasb etganligi sababli, har qaysi tashkilot uchun fond samaradoligining taraqqiyot qiymati har xil bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatlari bir xil bo‘lgan korxonalarda ham, bunday uslubda hisob-kitob qilinganda, ularning ishlab chiqarish quvvatlari har xil bo‘ladi. Bunday uslub bilan hisoblangan ishlab chiqarish quvvati korxona shart-sharoitlaridan olingan funksiya bo‘lib, mazkur korxonada ishlar hajmini oshirish bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish rezervlarini aniqlashda ishlatilishi mumkin. Konkret holatlarda yo‘l ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan amalda bajarilgan ishlar hajmi ularning ishlab chiqarish quvvatlariga nisbatan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin. Ular ko‘plab va har xil omillarga bog‘liqdirlar. Hozirgi kunda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirish har bir yo‘l tashkilotining muhim ehtiyojiga aylanib bormoqda. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ektensiv va intensiv yo‘llari bor. Ektensiv yo‘l asosiy fondlardan foydalanish vaqtini oshirishni bildiradi, ya’ni yil mobaynida ishlanadigan soatlar miqdorini ko‘paytirishni. Buning uchun ishlarning sezonligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotilish vaqtlarini qisqartirish, yo‘l qurilish mashinalarini qish paytlarida ham maksimal yuklanganlik darajasida ishlatish kerak bo‘ladi. Mashinalarning ishda bo‘lish vaqtlarini oshirishda ularni ikki, uch smena ishlatish muhim ahamiyatga ega, lyokin yo‘l xo‘jaligida mashinalarning smenalilik koeffitsientining ortishi o‘z navbatida masalalarni keltirib chiqaradi. Bunday muammolar qatoriga yo‘l tashkilotlarining mexanizator kadrlar bilan, injener-texnik xodimlar bilan ta’minlanishi masalalarini qo‘yish mumkin. Undan tashqari smena ichida sodir bo‘ladigan mashina va uskunalarning nosozligi, ehtiyot qismlarning etishmasligi, yonilg‘i moylash materiallari yo‘qligi, ish fronti, qurilish materiallari va konstruksiyalari, avtotransport vositalari, mehnat intizomining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarni qisqartirishga harakat qilish kerak. Ta’mirlashni kutishda va me’yoridan ortiq ta’mirlash ishlarida mashinalarning kutib qolishlari, yo‘l qurilish mashinalarining smena orasida emas, balki to‘liq kun mobaynida ish vaqtlarini yo‘qotishning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ta’mirlashni kutib qolish bilan bog‘liq bo‘lgan vaqt yo‘qotishlar, mashinalarning to‘satdan buzilib qolishlarini oldini olish maqsadida, sistematik tarzda texnikalarning holatlarini nazorat qilib turish, o‘z vaqtida va sifatlar texnik xizmat ko‘rsatish, kundalik texnik ko‘rik o‘tkazish hisobiga qisqartirilishi mumkin. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligini oshirishda ektensiv yo‘l bilan bir qatorda, vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini oshirishni bildiruvchi intensiv yo‘ldan ham foydalaniladi. Buning uchun ishlarni bajarish texnologiyalarini mukammallashtirish, mexanizatorlar ishini tashkil etishning ilg‘or usullarini qo‘llash, mashinalarning konstruktiv imkoniyatlaridan iloji boricha to‘laqonli foydalanish kerak bo‘ladi. Mavjud mashinalarni ish unumdorliklarini hisobga olgan holda ish turlari bo‘yicha optimal taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zamonaviy iqtisodiy matematik uslublardan foydalangan holda alohida ish turlarini bajaruvchi otryadlar va zvenolar butlash, yo‘l qurilish tashkilotlaridagi mashinalar parkini to‘g‘ri butlash ham katta ahamiyatga ega. Download 403.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling