2- mavzu. Yo‘l xo‘jaligining asosiy fondlari reja


Yo‘l tashkilotlari sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining


Download 403.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi403.09 Kb.
#1495060
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2- MAVZU. YO‘L XO‘JALIGINING ASOSIY FONDLARI

Yo‘l tashkilotlari sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining 
strukturasi. 
 
Umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llardagi 
asosiy fondlarning elementlari 
Umumiy qiymatidagi 
salmog‘i foiz
boshqa 
avtomobil yo‘llarida 
Binolar va inshootlar 
9,9 
24,0 
Uzatish qurilmalari 
0,8 
0,4 
Mashina va uskunalar, jami 
75,4 
60,4 
SHu jumladan, ish mashinalari va uskunalar 
66,6 
47,2 
Transport vositalari 
12,5 
13,5 
Asbob-uskuna, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
inventarlari 
va boshqa turdagi 
assosiy 
fondlar 
 
 
1,4 
 
 
1,7 
Jami 
100,0 
100,0 
 
Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlari quyidagi elementlardan tashkil 
topadi: 
1. Turli bo‘limlar va xizmatlarni joylashtirishga xizmat qiluvchi ishlab 
chiqarish binolari, nazorat qorovullash budkalari, konlar, yordamchi ishlab chiqarish 
binolari, omborxonalar; 
2. Texnik funksiyalarni bajarishga mo‘ljallangan, mehnat o‘zgarishi bilan 
bog‘liq bo‘lmagan inshootlar. Bular qatoriga ko‘priklar, estakadalar, galereyalar, 
xo‘jalik ichidagi yo‘llar, temir yo‘llar, osma yo‘llar, har xil omborlar; 
3. Uzatish qurilmalari –transformator podstansiyalari, kabellari, elektr 
liniyalari; 
4. Mashina va uskunalar, sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining eng 
muhim qismi bo‘lib, ular qatoriga issiqlik energiyasi, elektr energiyasi ishlab 
chiqarishga mo‘ljallangan kuch mashinalari va uskunalar, har xil dvigatellar va 
energiyani bir turdan boshqasiga o‘zgartiruvchi uskunalar, hamda qurilish-montaj 


ishlarini bajarishda bevosita ishtirok etuvchi ishchi mashinalar va uskunalar, o‘lchov 
asboblari, laboratoriya anjomlari, hisoblash texnikalari kiradi; 
5. Transport vositalari – yuk avtomobillari, tirkamalar, shatakchi 
avtomobillar, motovozlar, temir yo‘l platformalari va boshqalar; 
6. Ishlab 
chiqarish 
jarayonida 
qo‘l 
mehnatini 
mexanizatsiyalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, xizmat muddati bir 
yildan ortiq bo‘lgan asbob-uskunalar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari. 
YUqorida sanab o‘tilgan barcha sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarini aktiv 
va passiv qismlarga ajratish mumkin. Asosiy fondlarning aktiv qismiga, ya’ni 
mehnat vositalariga ishchi mashinalar va uskunalar, transport vositalari, asbob-
anjomlar va ishlab chiqarish inventarlari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi ishlab 
chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etib, ishlab chiqarish miqiyoslarini aniqlaydi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv qismiga ishlab chiqarish jarayonida 
bevosita ishtirok etmaydigan, lyokin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan moddiy 
sharoitni vujudga keltirishga xizmat qiladigan elementlar kiradi (binolar, inshootlar, 
uzatish qurilmalari va hokazolar). 
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul ko‘rinishida 
amalga oshiriladi. 
Pul ko‘rinishida ifodalangan asosiy fondlar asosiy mablag‘lar, deb ataladi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul o‘lchamida ifodalash ularning strukturasi va 
dinamikasi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining alohida qiymat elementlarining miqdoriy 
salmog‘i uning strukturasini belgilaydi. Konkret yo‘l tashkilotlarida asosiy ishlab 
chiqarish fondalarining strukturasi, qurilish tashkilotining quvvati, ishlab chiqarish 
bazasining hududiy konsentratsiyalashuvi, bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlarning, 
soni, qurilish maydonining o‘lchami, ishlab chiqarish dasturining strukturasi kabi bir 
qator muhim omillar asosida aniqlanadi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining strukturasi hisobot yili uchun fondlarini, 
yillik o‘rtacha qiymatlari haqidagi ma’lumotlar asosida aniqlanadi. U 13 ta 
qo‘shiluvchilar yig‘indisining 1/12 qismi sifatida aniqlanadi: hisobot yilining 1 


yanvariga asosiy fondlar qiymatining yarmisi, keyingi yil 1 yanvariga asosiy fondlar 
qiymatining yarmisi olinadi. Fevraldan dekabrgacha bo‘lgan oylar uchun esa to‘liq 
hisobot ma’lumoti bo‘yicha olinadi. 
Asosiy fondlarning qayta tiklanishini rejalashtirish va amortizatsiya 
ajratmalarining miqdorini aniqlash uchun asosiy fondlarning to‘g‘ri baholangan 
bo‘lishiga muhim ahamiyatga ega. Asosiy fondlarning baholanishi quyidagi 
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 
-ularning dastlabki narxlari bo‘yicha, ya’ni asosiy fondlarni sotib olish yoki 
qurishga amalda sarflangan xarajatlar bo‘yicha; 
-tiklanish qiymati bo‘yicha, ya’ni zamonaviy sharoitda qayta tiklashga 
bo‘ladigan xarajat bo‘yicha. 
Eskirishni hisobga olgan holda asosiy fondlarni tiklanish narxi bo‘yicha 
baholash mavjud fondlar haqida ob’ektiv ma’lumotga ega bo‘lish va amortizatsiya 
ajratmalarining eng to‘g‘ri hisoblanishiga imkoniyat yaratadi. Lyokin bu usul vaqti-
vaqti bilan qayta hisobga olish va qayta baholashlar o‘tkazib turilishini talab qiladi, 
bu esa odatda kattagina mehnat sarflash bilan bog‘liq. 
qiymat ko‘rsatkichlarining qo‘llanilishi asosiy ishlab chiqarish fondlarining 
ahvoli va dinamikasi to‘g‘risida tarmoq va alohida tashkilotlar bo‘yicha 
umumlashgan harakteristika olishga imkon beradi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahvolini harakterlash uchun quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
-asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti; eskirganlik qiymatining asosiy 
fondlarning yil oxiridagi qiymatiga nisbati tariqasida aniqlanadi. Eskirish summasi 
tasdiqlangan me’yorlarga muvofiq ravishda olinadi. 
-asosiy fondlarning eskirishi bir yilda bir marta inventar ob’ektlarning hisobot 
davri oxiriga bo‘lgan balans qiymatlarini tasdiqlangan yillik eskirish me’yorlariga 
ko‘paytirish orqali hisoblanadi. Hosil bo‘lgan eskirish summasini avvalgi yilning 
oxiriga bo‘lgan eskirish summasiga qo‘shiladi. 
-mashinalar narxining yoshi strukturasi koeffitsienti – amortizatsiya xizmati 
muddati tugamagan mashinalar sonini, mashinalarning soniga bo‘lib topiladi. 


Yo‘l tashkilotlari asosiy ishlab chiqarish fondlarining dinamikasini baholash 
uchun quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
-Asosiy fondlarning o‘sish koeffitsienti. Bu koeffitsient yil davomida olingan 
asosiy fondlar qiymatining, hisobot davri oxiridagi fondlar qiymatiga (hisobdan 
chiqarilgan fondlar qiymatidan tashqari) nisbati sifatida aniqlanadi. 
-Asosiy fondlarning hisobdan chiqish koeffitsienti yil mobaynida hisobdan 
chiqarilgan asosiy fondlarning to‘liq dastlabki qiymatlarini, hisobot davri 
boshlanishiga bo‘lgan asosiy fondlar to‘liq dastlabki qiymatiga nisbati sifatida 
aniqlandi. 
-Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti yangidan olingan asosiy fondlar 
qiymatining hisobot davri oxiriga bo‘lgan asosiy fondlarning to‘liq qiymatiga 
nisbatidan iborat. 
Asosiy fondlarning eskirganlik koeffitsienti, mashinalar narxining yoshi 
bo‘yicha strukturasi asosiy fondlarning yangilanish koeffitsienti barcha asosiy 
fondlar miqyosida va alohida olingan yo‘l mashinalari va mexanizmlar miqyosida 
hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarning konkret qiymatlari birinchi navbatda yo‘l 
tashkilotlari ishlab chiqarish bazasiga kapital mablag‘lar rejasining bajarilishiga, 
yangi asosiy fondlarning ishga tushirish rejasining bajarilishiga hamda asosiy 
fondlarni kapital ta’mirlash rejasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan ehtiyojlari 
natural va qiymat ko‘rsatkichlari orqali ifodalanishi mumkin. Natural 
ko‘rsatkichlarda ifodalangan ehtiyojlar barcha ishlab chiqarishlar va xo‘jaliklardagi 
umumiy bajariladigan ishlar hajmi asosiy mashinalar va uskunalarning turlari 
bo‘yicha direktiv me’yorlar asosida aniqlanadi. Natural ko‘rsatkichlar ishlarni 
mexanizatsiyalashtirish, texnikalarni tasarruf etish va ta’mir-rejalarini ishlab 
chiqishda qo‘llaniladi. Ammo ular yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish 
fondlariga ehtiyojlarini umumlashtirgan holda rejalashtirishga o‘zlarining konkret 
buyumlashgan ko‘rinishlari tufayli biroz noqulaydir. SHu sababli natural 
ko‘rsatkichlarni qo‘llash alohida mashina turlari va uskunalaridan foydalanish 
samaradorligini baholash bilan chegaralanib, tegishli ishlash me’yorlari mavjudligi 


sababli ishlatiladi. Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga 
ehtiyojlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanganda, fondlar umumlashgan qiymatda 
va alohida elementlarga ajratilgan ko‘rinishda beriladi. 
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga ehtiyoji mutlaq va 
nisbiy bo‘ladi. Mutlaq ehtiyoj tegishli ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun 
barcha fondlar va ularning elementlari qiymatida ifodalanadi, nisbiy ehtiyoj esa 
solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlarida o‘z ifodasini topadi (umumiy va 
xususiy). 
Umumiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish 
fondlari yillik o‘rtacha qiymatini yillik mahsulot qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi 
(yo‘l qurilishida –korxonaning o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish-montaj ishlari 
hajmiga; yo‘llarni tasarruf etishda – xo‘jalik usulida yo‘llarni ta’mirlash va yaroqli 
holatda ushlab turish bo‘yicha bajarilgan yillik ishlar hajmiga). 
Xususiy solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsienti asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining elementlari bo‘yicha ular yillik o‘rtacha qiymatlarini yillik mahsulot 
ishlab chiqarish hajmiga bo‘lib aniqlanadi. 
Ishlab chiqarishning asosiy fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyoji yo‘l 
tashkilotlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan bir qator omillar 
ta’sirida ro‘y beradi. 
Yo‘l tashkilotlarining asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘lgan mutlaq 
ehtiyoji ishlab chiqarish dasturi hajmiga bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish 
nomenklaturasi bo‘yicha barcha bajariladigan ishlar hajmi asosida yoki tegishli fond 
sig‘imdorligi koeffitsientlari va ishlab chiqarish faoliyati hajmining qiymat 
ko‘rinishida ifodalangan ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin. Har qanday 
hollarda ham qabul qilinayotgan normativlar yoki solishtirma fond sig‘imdorligi 
koeffitsientlari iloji boricha ishlab chiqarish sharoitlariga mos kelishi kerak. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo‘ladigan nisbiy ehtiyojiga ta’sir etuvchi 
omillar ko‘p bo‘lganligi sababli, solishtirma fond sig‘imdorligi koeffitsientlari 
perspektiv davr uchun har qaysi yo‘l tashkiloti uchun bajariladigan ishlarning 
konkret strukturasini, asosiy fondlardan foydalanishning amalda erishilgan 


saviyasini va rejalashtirilayotgan fondlar bilan qurollanganlik hamda mehnat 
unumdorligini hisobga olgan holda individual qiymatlariga ega bo‘lishi kerak. 

Download 403.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling