2- mutaxassislik) talabasi Nazariy Azamat Alisher o’g’lining ashT (turk tili)


ASOSIY QISM Turk tilida sifatlar xususida umumiy tushuncha


Download 28.38 Kb.
bet3/6
Sana08.06.2023
Hajmi28.38 Kb.
#1465561
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi A

ASOSIY QISM

    1. Turk tilida sifatlar xususida umumiy tushuncha


Otlar oldidan kelib, otlarnıng rangi, shakli, holati, soni va boshqa jıhatlarini ifodalovchi so’z turkumiga sifatlar deyiladi. Turk tilida sifatlar nutqda ot vazifasida ham keladi va ular otlashgan sifatlar deyildi:


Efendim benimle mahrem gürüştü- Xo‘jayinim men bilan yakkama-yakka uchrashtı.
Dost gürünen duşmanlar dahi vardır- Hatto do'stona bo'lib ko'rinadigan dushmanlar ham bor...kabi. Demak, bu yerda so‘zning yakka holda sifat bo’lishi emas, sifat kabi qo’llanishi muhim.
Shundan kelib chiqqan holda, turk tilshunosligida sifatlarning faqat aniqlovchi vazifasini bajarayotganda haqiqiy sifat bo’la olishi, yakka holda uning ot bo’lishi mumkinligi ham ta’kidlanadi. Shu bois turk tilida sifatlar otlar kabi qo’llana oladi.
Predmetning belgisini bildirgan har qanday ot sifat vazifasini bajara oladi. Shundan kelib chiqqan holda, turk lingvistali har sifatni bir ot deb qaraydilar. Sifat predmetnig ichki yoki tashqi belgisini bildiradi. Ichki belgi ajralmas xususiyatdir, tashqi belgi esa ikkilamchi xususiyatdir. Masalan:
Bu parlak makosen (Bu yaltiroq oyoq kıyımlar) kabi sifat birikmalaridagi parlak va bu ishora sifatlari o‘sha makosen (oyoq kiyim)ning belgisidir. Shu nuqtai nazardan sifatlar ikkiga ajratiladi: asl sifatlar (vasiflandirma sifatlari yoki niteleme sifatlari) va nisbiy sifatlar (belirtme sifatlar).


Asl sifatlar predmetning ichki belgi (xususiyat) larini ko‘rsatadi, shu sababdan ularning soni ko‘pchilikni tashkil etadi: Sarıklı, çübbeli, sakallı, heybetli bir adam-U sallali, choponli, soqolli salobat bır odam. O’z o’rnida, asl sifatlar ikkiga
ajratiladi: predmetning belgisini ko‘rsatuvchi sifatlar va harakatning belgisini ko‘rsatuvchi sifatlar.
Predmetning belgilari doimiydir: Sarıklı, çübbeli, sakallı kabi. Harakat belgilari doimiy emas: hizli araba, yavaş hareket. Predmetlarning vaqtinchalik harakat belgisini ifoda etuvchi sifatlar ravishlardan farq qiladi (hizli yurumek, yavaş konuşmak).
Nisbiy sifatlar - turk tilshunosligida belirtme sıfatlar deyiladi. Nisbiy sifatlar qo‘llanishiga ko‘ra asl sifatlarga juda o‘xshasa-da, kelib chiqish nuqtai nazaridan ulardan farq qiladi. Nisbiy sifatlar predmetlarning ichki belgisini emas, faqat tashqi xossasini bildiradi. Predmetlarning tashqi belgilari ularning joyi, miqdori, so‘roq shakllari, noaniqlik holatlaridir. Nisbiy sifatlar, asosan, uchga bo‘linadi:

  1. ko'rsatish sifatlari (işaret sıfatları, gösterme sıfatları),

  2. so‘roq sifatlari (soru sıfatları),

  3. noaniq sifatlar (belirsiz sıfatlar).



Turk tilshunosligida nisbiy sifatlarning to‘rtinchi guruhi deb ajratiladigan sayı sifatlari (sonlar) ham boilıb, o‘zbek tilshunosligi prinsiplariga ko‘ra alohida so‘z turkumi (son) deb beriladi.
Ko‘rsatish sifatlari (işaret yoki gösterme sıfat) otlar bilan birga kelganda predmetni ko‘rsatish yo’li bilan aniqlashtiradi va unga makon, zamon yoki tasavvurda uzoq-yaqinligiga ko'ra bir joyni belgilaydi. Ko‘rsatish sifatlari predmetlaming o‘rnini ko'rsatadi, ularga ishora etadi:
bu aşağ, şu çiftlik, o dağlar, bu yaz, bu davranış kabi.

Ko‘rsatish sifatlarining shakli ko‘rsatish olmoshlari bilan bir xil: bu, şu, o.


Ko‘rsatish sifatlari ko‘plik qo‘shimchasi olmaydi. Ular asl sifatlar singari gapda kesim vazifasida keladi: Mesele budur.


Kitaplar şunlar. Anayol oymuş kabi.


So‘roq sifatlari (soru sifatlar) predmetlarni so‘roq shaklida ifodalaydi:


hangi tarla, ne yazik, nasil iş, nice mutlu yillar, neredeki ev, kacinci sinif, kaçar kisi, nelik kumaş kabi.
Kaç so‘roq sifati predmetning miqdorini so‘roq shaklida ifodalaydi. Hangi so‘roq sifati predmetning qaysi predmet, bir xildagi predmetlar ichidan aynan qaysi biri ekanligini so'rovchi sifatdir. Ne so'roq sifati predmetning holatini so'rovchi sifat bo‘lib hangi ma'nosida keladi. Ba’zan esa so‘roq ma’nosida kuchaytiruvni ifodalab keladi: ne (güzel), ne' (çabuk), ne (mutlu), ne (iyi) kabi. Bu birikmalarda qo‘llanilgan ne so’roq sifati çok so‘zining ham sinonimi hisoblanadi.
Ko‘makchili birikma shaklidagi kuchaytiruv ma’nosini ifodalovchi murakkab so‘roq sifatlari ham qo’llaniladi: ne asil, ne gibi, ne kadar, ne biçim kabi.
Nasıl so‘roq sifati predmetni so‘rovchi, ne va asıl so‘zlarining qo'shilishidan yuzaga kelgan: nasil (adam), nasil (yer) kabi. Nasil sifati gapda kesim vazifasida keladi: Hava nasıl? Fiyatlar nasıl? kabi.
Noaniq sifatlar (belirsiz sifatlar) predmetlarni noaniq shaklda ifodalaydi. Bunda otni noaniq holga keltirish uchun undan oldin “bir” so‘zi qo‘shiladi: bir (gun), bir (adam) kabi. Darajalarga ega bo‘lgan noaniq sifatlar predmetlarning miqdorini belgilaydi. Noaniq sifatlar quyidagilardir: bir, butün, başka, bazi, her, kimi, çok, hiç, falan, filan, az, fazla (bir kadın, her kadın, çoğu kadınlar, kimi kadin, bir kaç kadin).
Noaniq sifatlarning sodda va murakkab shakllari mavjud: bütün insanlar, bazi anneler, başka adam, übür masa, hiç bir tehlike kabi. Ular orasida qoliplashgan egalik shakllari ham bor: çoğu (zaman), öteki (adam), beriki (kiz), fimdiki (hal), kabi. Ushbu guruhga öbür va diğer sifatiarini ham kiritish mumkin.

    1. Download 28.38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling