2. 3Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini baholash uchun javobgarlik
Download 49.77 Kb.
|
Alimbayev Ilyosbek Audit faoliyati lotin
Tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish
qobiliyatini baholash uchun javobgarlik Moliyaviy hisobotlar taqdim etishning ayrim asoslarida tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini maxsus baholashni o‘tkazishi lozimligi to‘g‘risidagi talab ochiq ifodalanadi, shuningdek faoliyatning uzluksizligi haqida faraz qilinishi munosabati bilan ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan masalalar va ochib berilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarga doir standartlar belgilanadi. Masalan, Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini baholashini talab qiladi.Tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini baholash uchun tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining javobgarligiga qo‘yiladigan mufassal talablar va moliyaviy hisobotda ochib berilishi lozim bo‘lgan bu bilan bog‘liq ma’lumotlar ham qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlari bilan belgilanishi mumkin. Moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning boshqa asoslarida tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini maxsus baholashni o‘tkazishi lozimligi to‘g‘risidagi talab ochiq ifodalanmasligi mumkin. SHunga qaramay, faoliyatning uzluksizligi haqida faraz 2-bandda bayon etilgandek moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning asosiy tamoyili hisoblangani bois, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini baholashni hatto moliyaviy hisobotlar taqdim etish asoslarida bu haqdagi talab ochiq ifodalanmagan bo‘lsa ham amalga oshirishni talab etadi. Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatini baholashi muayyan davrda noaniq bo‘lgan hodisalar yok sharoitlarning bo‘lg‘usi natijalari to‘g‘risida mulohaza chiqarish bilan bog‘liqdir. Bunday mulohaza quyidagi omillar bilan bog‘liq. Hodisa yoki sharoit natijasi bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik darajasi bo‘lg‘usi hodisa yoki sharoit yoki ularning natijasi yuz berishi faraz qilinayotgan vaqt chegarasi “surilishi”ga qarab ancha oshadi. SHu sababli tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining baholashlariga doir aniq ifodalangan talab aks ettirilgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning ko‘pgina asoslarida tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati mavjud ma’lumotlarning barchasini qaysi davrga tatbiqan hisobga olishi lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadbirkorlik sub’ektining ko‘lami va murakkab tuzilmasi, uning biznesi xususiyati va sharoitlari, shuningdek tadbirkorlik sub’ektining tashqi omillarga ta’sirchanligi darajasi – bularning barchasi hodisalar yoki sharoitlarning natijalari to‘g‘risidagi mulohazaga ta’sir ko‘rsatadi. Kelajak to‘g‘risidagi har qanday mulohaza mazkur mulohaza chiqarilayotgan paytda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanadi. Keyingi hodisalar chiqarilgan paytda asosli hisoblangan mulohaza bilan to‘qnashishi mumkin. Download 49.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling