2. 3Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan faoliyat uzluksizligi baholanishi bilan qamrab olinmagan davr
Download 49.77 Kb.
|
Alimbayev Ilyosbek Audit faoliyati lotin
Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan faoliyat uzluksizligi baholanishi bilan qamrab olinmagan davr
Auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatiga tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining bahosi bilan qamrab olinadigan davrdan tashqarida sodir bo‘lgan, tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga bo‘lgan ahamiyatli shubhalarni belgilashi mumkin bo‘lgan biron-bir hodisa yoki sharoit to‘g‘risida unga ma’lum yoki ma’lum emasligi haqida rasmiy so‘rov yuborishi lozim. Aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik sub’ektlari rahbariyati tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz amalga oshirish qobiliyatini mufassal baholashni o‘tkazmasligi mumkin, biroq buning o‘rniga u biznesni har tomonlama bilish va kutilayotgan bo‘lg‘usi istiqbollarga tayanishi mumkin. SHunga qaramay, ushbu AXS talablariga muvofiq, auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga berilgan bahoni tahlil qilishi lozim. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun tadbirkorlik sub’ektini o‘rta muddatli va uzoq muddatli moliyalashtirishni o‘z rahbariyati bilan muhokama qilish maqbul bo‘lishi mumkin, basharti, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining bayonotlari etarli hujjatli dalillar bilan tasdiqlangan bo‘lsa va ular auditorning tadbirkorlik sub’ekti haqidagi tasavvuriga zid bo‘lmasa. Boshqaruvchi-mulkdorlar tomonidan bundan buyon qo‘llabquvvatlanish kichik tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyati uchun ko‘pincha muhim ahamiyat kasb etadi. Agar kichik biznes tadbirkorlik sub’ektini moliyalashtirish manbalarining aksariyat qismini boshqaruvchimulkdorning ssudasi tashkil etsa, bu mablag‘lar chaqirib olinmagan bo‘lishi muhimdir. Masalan, kichik tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan vaziyatda mazkur tadbirkorlik sub’ekti bundan buyon faoliyat ko‘rsatishi tadbirkorlik sub’ektiga ssudani banklar yoki boshqa kreditorlar foydasiga subordinatsiya qiladigan boshqaruvchi-mulkdorga yoki o‘z xususiy aktivlari bilan garov sifatida ta’minot berish orqali tadbirkorlik sub’ekti uchun ssudani quvvatlaydigan uning menejeri-egasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda auditor ssuda boshqaruvchi-mulkdor tomonidan subordinatsiya qilingani yoki kafolatlanganining tegishli hujjatli dalillarini olishi mumkin. Agar tadbirkorlik sub’ekti boshqaruvchi-mulkdorning qo‘shimcha yordamiga bog‘liq bo‘lsa, auditor boshqaruvchi-mulkdorning majburiyatni yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ahdlashuvga muvofiq bajarish qobiliyatini baholashi mumkin. Bundan tashqari, auditor bunday yordamni ko‘rsatish shartlari va boshqaruvchi-mulkdor niyati yoki tushunishining yozma tasdig‘ini talab qilishi mumkin. Download 49.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling