2. 3Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi


Download 49.77 Kb.
bet7/8
Sana15.06.2023
Hajmi49.77 Kb.
#1479317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alimbayev Ilyosbek Audit faoliyati lotin

2.3.Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi
Audit standartlari - o‘zining professional faoliyati davomida hamma
auditorlar rioya qilishi lozim bo‘lgan yagona asos tamoyillardir.
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va
audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik
standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo‘lsa, buning sababini ko‘rsatishi lozim. Auditorlik standartlarining quyidagi jihatlari mavjud:
- unga rioya qilish orqali auditorlik tekshirishning yuqori sifatli
bo‘lishi ta’minlanadi;
- muayyan vaziyatlarda auditorning hatti-harakatini aniqlaydi.
Butunjahon mamlakatlari o‘rtasida bo‘ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko‘rinishdagi aloqalar ular o‘rtasida bo‘ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o‘rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi. Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo‘lgan. 1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan «Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. SHu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi.1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo‘yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi. Dunyoning ko‘pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsulьtant firma vakolatxonalari mavjud bo‘lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik
standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (AICPA) katta ta’sir va tashabbus ko‘rsatib keladi.
AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik
faoliyatiga oid bir nechta standart ishlab chiqildi.
Auditning umumiy malaka va etika standartlari:
To‘g‘ri rejalashtirish va nazorat. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Zarur dalillarning etarli miqdori. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to‘liq bayon etilishi. Majburiy tay
Download 49.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling