2. 3Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Audit faoliyatida uzluksizlik baholanishini tahlil qilish va qamrab olinmagan davr


Download 49.77 Kb.
bet5/8
Sana15.06.2023
Hajmi49.77 Kb.
#1479317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alimbayev Ilyosbek Audit faoliyati lotin

2.2.Audit faoliyatida uzluksizlik baholanishini tahlil qilish va qamrab olinmagan davr
Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan faoliyat
uzluksizligi baholanishini tahlil qilish
Auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga berilgan bahoni tahlil qilishi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga berilgan baho tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan faoliyatning uzluksizligi haqidagi farazdan foydalanilishini auditor tomonidan tahlil qilishning hal qiluvchi qismi hisoblanadi. Boshqa hollarda tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga berilgan bahoni tahlil qilish, 12-band talabiga muvofiq, tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan baholash jarayoni, baholash uchun asos bo‘lgan farazlar, shuningdek tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining bo‘lg‘usi harakatlarga doir rejalari va mazkur vaziyatda rahbariyatning bu rejalarini bajarish imkoniyatlari tahlilini o‘z ichiga olishi mumkin.
Auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan
tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga berilgan bahoni tahlil qilishda tahlilni tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati baholashni o‘tkazishda moliyaviy taqdim etish uchun qo‘llaniladigan asosga muvofiq yoki qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlarga muvofiq (agar ularda
uzoqroq davr nazarda tutilgan bo‘lsa) foydalangan davrga tatbiqan o‘tkazishi lozim. Agar tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan tadbirkorlik sub’ektining o‘z faoliyatini uzluksiz davom ettirish qobiliyatiga berilgan baho, AXS 560 da nazarda tutilganidek, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasidan boshlab o‘n ikki oydan oshmaydigan davrni qamrab olgan bo‘lsa, auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatidan baholash davrini ko‘rsatilgan sanadan boshlab hech bo‘lmasa o‘n ikki oygacha ko‘paytirishni so‘rashi lozim.
Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan berilgan bahoni tahlil qilishda auditor tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati tomonidan berilgan baho audit o‘tkazish jarayonida auditorga ma’lum bo‘lgan barcha o‘rinli ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi yoki olmasligini ko‘rib chiqishi lozim.

Download 49.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling