2. 3Auditning xalqaro standartlarida faoliyat uzluksizligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Download 49.77 Kb.
|
Alimbayev Ilyosbek Audit faoliyati lotin
yorgarlik va mahoratlilik. Mustaqillik.
Majburiy malakaviy ziyraklik. Xulosa standartlari Umumiy malaka va etika standartlari 1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o‘tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo‘lishi kerak. 2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo‘lishi shart. 3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o‘tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. Hisobotning GAAP bilan mos kelishi. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Ob’ektlarning ish standartlari: 1. To‘g‘ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo‘lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim 2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko‘lami va unga sarflanadigan vaqtni to‘g‘ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart 3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so‘roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig‘ish . Auditning Xalqaro Standartlari – AXS (International Standards of Auduting – ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo‘yicha Xalqaro Komitet – AAXK (International Auditing Practice Committe) tomonidan ishlab chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham, milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo‘lib kirgan. Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: halollik, haqqoniylik, mustaqillik, maxfiylik va puxta bilimga egalik (kompetentlilik). Standartlashtiriladigan har bir ob’ekt bo‘yicha 100 ta raqam (pozitsiya) berilgan. Standartlash ob’ektlari 11 ta bo‘lgani uchun jami 1100 standart ishlab chiqilishi mumkin. Amaliyotda bunday miqdordagi standartlar uchun ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli ularning ko‘pchiligidan foydalanilmaydi. Masalan, «Rejalashtirish» (300-399) deb nomlangan standartlash ob’ekti uchta standartdan iborat: 300-«Rejalashtirish», 310-«Biznesni bilish», 320-«Auditda jiddiylik». Demak, rejalashtirish masalalari bo‘yicha yana 7 ta standart qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, har bir standartga 10 tagacha substandart ochish mumkin. Bizga ma’lum bo‘lgan manbalar asosida Auditning Xalqaro Standartlarini va ularning qisqacha mazmunini quyidagi jadval ko‘rinishida keltiramiz. Ushbu standartlar xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo‘yicha ishlab chiqiladi: a) audit bo‘yicha xalqaro me’yorlar; b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; v) jamoat sektori bo‘yicha xalqaro me’yorlar. IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o‘zining komitetlari orqali tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: Auditorlik amaliyoti bo‘yicha komitet, o‘qitish bo‘yicha komitet, etika (axloq) bo‘yicha komitet, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo‘yicha komitet, rejalashtirish bo‘yicha komitet, jamoat sektori bo‘yicha komitet va boshqalar kiradi. Butun dunyo auditorlari mazmunan o‘xshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o‘zining milliy xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. Ko‘plab mamlakatlar (O‘zbekiston 1999 yildan boshlab) o‘zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo‘naltirilgan o‘z auditorlik uslubiyatiga ega. Standartlar boshqa normativ hujjatlar kabi quyidagi rekvizitlardan tashkil topadi: standart nomeri, amalga kiritilish sanasi, standartning qo‘llanish sohasi, muammo tahlili va boshqalar. Auditorlik standartlari 4 xil bo‘ladi: 1. Auditning umumiy standartlari; 2. Auditning ishchi standartlari; 3. Hisobot standartlari; 4. Maxsus standartlar. Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: Auditning asosiy tamoyillari Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi Auditni o‘tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat majburiyatidir. III.Xulosa. Download 49.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling