2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm


Download 169.16 Kb.
bet11/16
Sana12.03.2023
Hajmi169.16 Kb.
#1265561
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi

GYUSTAV FLOBER
(1821-1880)
Hayoti va ijodi
Gyustav Flober Ruan shahrida vrach oilasida tug‘ildi. U Litseyni tugatgach, Parijga kelib huquqshunoslikni o‘rganadi. Ammo huquq ishlari Floberni qiziqtirmagani uchun, o‘qishni tashlab, Ruan yaqinidagi otasining eri Kruasseda yashab, ijod qiladi. Flober ahyon-ahyonda Kruassedan Parijga adabiy ishlari yuzasidan borar, tanish yozuvchilari bilan uchrashar edi. Flober ikki marta uzoq safarga chiqadi. Bular sharq safari hamda «Salambo» romanini yozish bilan bog‘liq Afrika safari edi. Flober zamonasidagi mashhur yozuvchilar Gonkur, Dode, Turgenev va Zolya bilan yaqin bo‘lgan. Bu besh nafar yozuvchining o‘zaro adabiy to‘garagi mavjud edi. Floberning adabiy merosi u qadar katta emas. Uning «Bovari xonim» (1856), «Salambo» (1862), «Sezgilar tarbiyasi» (1869), «Avliyo Antoniyning aldanishi» (1874), tugallanmagan «Buvar va Pekyushe» (1881) kabi yirik asarlari, uchta povesti, hamda bir necha dramatik asarlari bor.
1848 va 1871 yillardagi inqilobiy voqealarning jonli guvohi bo‘lgan Flober o‘zi yashab turgan jamiyatning rivojlanish jarayoniga tushunmadi, uni fojiali tarzda qabul qildi. Bu tuzumdan qutulish yo‘llarini topa olmadi. Mavjud ahvolni o‘zgartiradigan kuch sifatida xalqqa, binobarin ijtimoiy taraqqiyotga ishonmadi. U zamonasidagi meshchanlikni, soxtalik va xudbinlikni, umuman burjuacha turmush tarzini yoqtirmadi. Flober zamonasining bema’ni tashvishlaridan qochishga, «sof san’at»dan boshpana axtarishga urindi, o‘zi xayol qilgan «fil suyagidan yasalgan minora» tepasiga chiqib berkinishni mo‘ljalladi. Ammo uning oyoqlaridagi etiklarining mixlari uni erga tortib turar ekan, yozuvchi «fil suyagidan yasalgan minora»ga chiqib berkinish faqat xayoliy bir narsa ekanligini tan olishga majbur bo‘ladi. Dunyoqarashidagi barcha qarama-qarshiliklariga qaramay, Floberning deyarli hamma asarlari insonga yot bo‘lgan shafqatsiz burjua tuzumiga, uning yaramas axloqiga, unda hukm surayotgan soxtaliklarga qarshi nafrat bilan sug‘orilgan. Ana shu narsa san’atkor ijodining fosh etuvchilik qudratini kuchaytiradi.
Flober asarlarining aniq, sodda yozilishiga, ifodali til va uslubga diqqat qiladi. SHuning uchun ham uning har bir asari uzoq muddat talab qilgan tinimsiz mehnatning, o‘ta fidoyilik bilan bajarilgan izlanishlarning samarasi o‘laroq maydonga keladi. Flober asarlari romantik yozuvchilarning asarlarida uchraydigan balandparvoz iboralardan, behad mubolag‘alardan yiroq turadi. Flober yozuvchi o‘zi yozayotgan asar voqealariga aralashmasligini targ‘ib qiladi. Buning uchun tasvirlanayotgan hodisalarni puxta va sinchkovlik bilan o‘rganishni, san’at asariii tabiiy fanlar metodiga yaqinlashtirishni talab qiladi. YOzuvchining asarlarini haddan tashqari puxta ishlashi, aniqlikka, ifodalilikka intilishi uning buyuk realist san’atkor darajasiga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Download 169.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling