2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm
Download 169.16 Kb.
|
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- INGLIZ TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI
- CHARLZ DIKKENS (1812-1870) Hayoti va ijodi
- Pikvik klubining maktublari».
«Bovari xonim». Flober to‘ng‘ich asari «Bovari xonim»da hayot haqiqatlarini romantik xayolparastlikka qarama-qarshi qilib qo‘yadi. YOzuvchi bu romanida ikki xil vazifani oldinga suradi. Biri reaksion-romantik asarlarning hayotga yaroqsiz, g‘oyasiz ekanligini fosh qilsa, ikkinchisi – hamma narsa pul bilan o‘lchanadigan burjuaziya sharoitida qahramon Emmaning chinakam sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilishlarining zaminsizligini ko‘rsatadi.
Flober ijodining so‘nggi yillarida «Buvar va Pekyushe» (tugallanmagan) qissasini yozib, inson aqlining fanga, turli xil bilimlarga bo‘lgan munosabatini bayon qiladi. Floberning bu asari uning dunyoqarashida murakkab qarama-qarshaliklar davom etayotganidan darak beradi. YOzuvchi burjua fanining yuzakiligi, tushkunlikka uchragani haqida gapiradi. Buvar va Pekyushe shaxsiyatlari burjua olimlarining chegaralanganini ko‘rsatuvchi obrazlardir. INGLIZ TANQIDIY REALIZM ADABIYOTI Evropa qit’asida, jumladan Angliyada siyosiy va inqilobiy kurashlar nihoyatda qizib ketgan bir paytda ingliz adabiyotining yirik vakillari Dikkensning «Dombi va o‘g‘li», Tekkereyning «SHuhratparastlik bozori», SH.Brontening «Jeyn Eyr», E.Gaskellning «Meri Barton» kabi romanlari yaratiladi. CHARLZ DIKKENS (1812-1870) Hayoti va ijodi Bo‘lajak yozuvchining yoshlik yillari katta qiyinchilikda kechadi. U durustroq maktab ko‘rmasdan, hayot sabog‘ini puxta o‘rganadi. O‘zining mashaqqatlarga to‘la yoshligini Dikkens keyinchalik yaratgan avtobiografik romani «David Kopperfild»da hikoya qilib bergan. Dikkens uchun maktab vazifasini o‘tagan kitoblar Servantesning «Don-Qixot», Defoning «Robinzon Kruzo», Fildingning «Tom Jons» romanlari, Smollet, Goldsmit hamda Lesajning asarlari bo‘ldi. Dikkens jahon adabiyoti tarixida o‘zining chinakam xalqchil asarlari bilan o‘chmas iz qoldirdi. Uning ijodi ingliz adabiyotida butun bir davrni tashkil qiladi. U haqli ravishda Angliyaning xalq yozuvchisi, uning milliy iftixori sifatida tan olingan. Dikkens ingliz adabiyotida birinchi bo‘lib, burjua sharoitida azob-uqubatlarga duchor qilingan oddiy xalq hayotini realistik kuch bilan tasvirlab ko‘rsatdi. Boylar bilan kambag‘allar orasidagi keskin qarama-qarshiliklarni ifodalagan yozuvchi hamma vaqt quyi tabaqa kishilarining manfaatlarini himoya qildi. Dikkens romanlari ijtimoiy adolatsizliklarni fosh qildi, oddiy insonning haq-huquqlari tarafdori bo‘ldi, mehnat ahlining qadr-qimmatini ulug‘ladi, uning go‘zalligini, ezgu maqsadlarini kuylab, xudbin jamiyatning jirkanch manzarasini ayovsiz tanqid ostiga oldi. Dikkens qizg‘in sinfiy kurashlar davrida yashab ijod qilsa-da, burjua jamiyatini islohot yo‘li bilan tuzatish kerak, degan tushunchadan nariga o‘tmadi. Ammo yozuvchining demokratik qarashlari, undagi insonparvarlik va optimizm kelajakka sobit ishonch bilan qarashga, yomonlik ustidan ezgulikning tantanasiga ishonishga olib keldi. Dikkens ijodini to‘rt davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrida (1833-1841) Dikkens, asosan, yumoristik asarlari bilan nom chiqaradi. «Boz ocherklari», «Pikvik klubining maktublari», «Oliver Tvist», «Nikolas Niklbi» kabi asarlari yozuvchining shuhratini beqiyos shoyon qilib yuboradi. Ikkinchi davrida (1842-1848) Dikkens «Amerika xatlari», «Martin CHezlvit», «Dombi va o‘g‘li» singari muhim asarlarini yaratadi. Bu palla Evropada proletariatning sinfiy kurashi kuchaygan yillar edi. Dikkens asarlarining siyosiy o‘tkirligi ana shu omillar bilan belgilanadi. Uchinchi davrida (1849-1859) Dikkens, asosan, hajvnavis yozuvchi sifatida taniladi. Bu yillarda «David Kopperfild», «Sovuq uy», «Mudhish zamonlar», «Mitti Dorrit» kabi o‘tkir ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan asarlarini yaratadi. So‘nggi, to‘rtinchi davrida (1859-1870) Dikkens qarashlarida umidsizlik kayfiyatlari ustunlik qiladi. CHunki bu davrda yozuvchi burjuaziya tuzumining mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf qila olishiga ko‘zi etmay qoladi. Bu yillarga kelib adib «Ikki shahar haqida qissa», «Katta umidlar», «Bizning umumiy do‘stimiz» kabi asarlarini yaratadi. Dikkensning «Amerika xatlari» kitobi bizning kunlarimizda ham o‘zining aktualligini yo‘qotgan emas. Pikvik klubining maktublari». Dikkensning birinchi asari «Boz ocherklari» ni, ayniqsa «Pikvik klubining maktublari» ni o‘quvchilar qizg‘in kutib oldilar. Dikkensning adabiyotga qo‘ygan qadami ana shu asarlarning muvaffaqiyati bilan boshlanib, bu muvaffaqiyat umrining oxirigacha yozuvchiga yo‘ldosh bo‘lib qoldi. CHunki Dikkens ana shu dastlabki asarlaridayoq ijodining xalqchilligini namoyish qilgan edi. SHuning uchun ham F.Engels o‘zining «Kontinentdagi harakat» nomli maqolasida Dikkensni Jorj Sand, Ejen Syu kabi yozuvchilar qatorida tilga oladi. Dikkensning birinchi yumoristik asari bo‘lgan «Pikvik klubining maktublari» (1837) uning shuhratini butunlay mustahkamladi. Bu asar tez orada dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Dikkensning nomi ommalashib ketishiga sabab bo‘ldi. Londonda turli klublar bo‘lgan. SHulardan biri mamlakatning urf-odatlarini o‘rganishga qaratilgan klubdir. Uning boshlig‘i Pikvik janoblaridir. Pikvik o‘z hamrohlari bilan birga mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqadi. U juda ham sodda odam. Ancha yoshga borib qolgan bo‘lsa ham yosh bolalardek xayol qiladi. Hammaga, jumladan ayollarga yordam qilishni yaxshi ko‘radi. Tez yurish, sakrash qobiliyatidan mahrum, ko‘zoynagi dumaloq halqani eslatadigan odam. Pikvik shu qadar sodda va kulgiliki, hatto tentaklarcha harakat qilishdan ham qaytmaydi. U o‘ziga qo‘yilgan tuzoqqa osonlik bilan tushadi. Sud hukmi bilan qamalgan Pikvik janoblari burjua sudi va qamoqxonasining adolatsiz, poraxo‘r va shafqatsiz basharasi bilan tanishadi. Pikvik janoblari fan yo‘lida «ilmiy izlanishlar» qilib, uning natijalarini o‘zi rahbarlik qilayotgan klub a’zolariga tanishtirish niyatida bo‘ladi. Asarning komizmi yana shu bilan kuchaytiriladiki, o‘taketgan sodda, har narsaga ishonuvchan, hayotni mutlaqo tushunmaydigan Pikvik London ko‘chalarida chamadoni bilan, paltosining cho‘ntagiga solib olgan durbini bilan hammaning diqqatini tortadi. Uning do‘stlari ham o‘zi kabi g‘alati odamlar. Hissiyotga beriluvchan janob Tapmen, shoirtabiat Snodgress, qo‘rqoq, ammo o‘zini mohir ovchi deb maqtanuvchi Uinkl janoblari birgalikda Pikvik obrazini to‘ldiradilar. Bu sodda, oddiy kishilar obrazlari burjua vakillariga qarama-qarshi chizilgan. Pikvikning xizmatkori Sem Ueller o‘tkir mushohadali, ziyrak, pishiq-puxta, tadbirkor hamda chaqqon odam. Agar Pikvik Don Kixotni eslatsa, Sem Ueller Sancho Pansani xotirga keltiradi. YOzuvchi qahramoni va uning hamrohlari nigohi bilan Angliyada yuz berayotgan voqealarni kuzatib boradi. Asarda Pikvik hamda uning sheriklari burjuaziya tuzumining xudbinligiga, aqcha, boylik ketidan quvgan vakillariga qarama-qarshi qilib qo‘yilgan. Dikkens Angliyada yuz berayotgan adolatsizliklarga qarshi kurash yo‘lini axtarmaydi. Uning qahramonlari ham bunday fikrdan yiroq. YOzuvchi romanida mavjud tuzumga qarshi nafrat, norozilik emas, balki o‘tkir kulgi, bitmas-tuganmas yumor etakchi rol o‘ynaydi. «Pikvik klubining maktublari» adabiyot xazinasiga komik roman namunasi bulib qo‘shildi. Download 169.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling