2. Adabiyotda tanqidiy realizmning paydo bo‘lish omillari. Fransuz adabiyotida realizm


Download 169.16 Kb.
bet13/16
Sana12.03.2023
Hajmi169.16 Kb.
#1265561
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Jahon adabiyotida adabiyotida realizm muammosi

Dombi va o‘g‘li». CHarlz Dikkensning «Dombi va o‘g‘li» romani (1848) yozuvchi ijodida alohida o‘rin egallaydi. Ingliz adabiyotida tanqidiy realizmning ajoyib namunasi bo‘lgan bu asar markazida yirik kapitalist, savdogar Dombi obrazi turadi. Dombi o‘z korxonasining boyishi, gullab-yashnashidan bo‘lak hech narsani tan olmaydi. U ayollarni odam deb hisoblamaydi. Uning fikricha, ayollar korxonaning boyishi uchun xizmat qila olmaydilar. SHu sababli, Dombi xotini va qizini mensimaydi. Uning o‘g‘li tug‘ilganda farzand ko‘rgani uchun emas, balki korxona ishlarini davom ettiruvchi o‘rinbosar, merosxo‘r tug‘ilgani uchun quvonadi. O‘g‘li Polni savdo maktabiga berib, uning juda erta – olti yoshda vafot etib ketishiga sabab bo‘ladi. Dombining birinchi xotini o‘lgach, Edit ismli go‘zal ayolga uylanadi. Bu ayolga ham sovuq munosabatda bo‘ladi. Natijada Edit Dombining ish boshqaruvchisi Karker bilan korxona pullarini o‘g‘irlab qochadi. Otasining og‘ir ahvolidan xabar olish uchun kirgan qizi Florensni Dombi o‘z yonidan haydab chiqaradi. Florens ham otasi uyidan ketib, sevgan yigiti kambag‘al Uolterga turmushga chiqadi. Florens baxtini o‘z sinfi orasida emas, balki kambag‘al ishchilar, matroslar, oddiy odamlar orasida topadi.
Dikkens faqat pulni tan oladigan, burjua vakili Dombi obraziga oddiy mehnat kishilarini qarama-qarshi qo‘yadi. YOzuvchining butun simpatiyasi ana shu mehnatkash kishilar tomonidadir.
YOzuvchining barcha asarlari baxtli yechim bilan tugallangani kabi, «Dombi va o‘g‘li» romanining finali ham «yumshatiladi». Asarning boshlaridagi berahm, shafqatsiz, sovuq tabiatli Dombi asar oxirida o‘zgarib, kuyovi, qizi bilan gaplashadigan, nabirasi Polni o‘ynatib yuradigan kishi sifatida tasvirlanadi. YOzuvchining bu murosasozligi, albatta, roman realizmini pasaytirgan. Lekin Dombi singari burjua savdogarining to‘laqonli obrazi yaratilishi kitobning juda katta yutug‘i edi.
Dikkens barcha asarlarida bo‘lganidek, «Dombi va o‘g‘li» romanida ham mubolag‘adan keng foydalanadi. Dombi janoblarining pulga, korxonaning boyishiga bo‘lgan xirsini quyidagi o‘xshatishlar bilan bo‘rttirib ko‘rsatadi. Osmondagi barcha sayyoralar erga shuning uchun nur sochadiki, erning markazida Dombi janoblarining korxonasi bor. Dengiz va daryolardagi kemalar «Dombi va o‘g‘li» korxonasining mollarini jahon bozoriga tashiydilar. Hatto osmondagi kamalak ham shu korxona uchun obi-havoni oldindan xabar qilib turishi kerak. Xullas, yozuvchi burjua jamiyatining tipik vakili obrazini yaratish bilan katta ijodiy muvaffaqiyatni qo‘lga kiritgan.

Download 169.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling