2. Aholi daromadlari va ularning turlari. Yashash minimum iva istemol savati
Download 49.75 Kb.
|
AHOLI DAROMADLARINING DIFFERENSIYALASHUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oziq-ovqat savati
- Kambag‘allik chegarasi nima
Iste’mol savati-bu insonning salomatligini saqlash va uning hayoti faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlarning minimal to’plamidir. Aslida, iste’mol savati uchta savatdan iborat: oziq-ovqat, nooziq-ovqat, xizmat savatchalari. Iste’mol savatida oziq-ovqat savati muhim o’rin tutadi. Oziq-ovqat savati-bu bir odamning bir oyda ovqatlanishi uchun ketadigan maxsalotlar to’plami (u mahsulotlar istemolining minumal me’yori asosida hisoblab chiqilgan). Bu to’plam jismoniy ehtiyojlarga mos keladi, zarur kaloriyani taminlaydi, asosiy oziq moddalar mavjud va ovqatlanishni tashkil etishning ananaviy ko’nikmalariga to’g’ri keladi
Kambag‘allik chegarasi nima? Kambag’allik nima? U bugun yo kecha paydo bo’lib qoldimi? BMT kambag‘allik chegarasini asosiy tovar va xizmatlar (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar-joy haqini to‘lash, suv bilan ta'minlash, elektr energiyasi, maktab ta'limi, tibbiy xizmat) uchun zarur bo‘lgan daromadlar sifatida belgilaydi. Kambag‘allik darajasi nisbiy tushuncha sanaladi va muayyan mamlakatdagi umumiy farovonlik darajasiga bog‘liq. Kambag‘allik mutlaq va nisbiy kabi turlarga bo‘linadi. Mutlaq kambag‘allikda kun kechiruvchi odamlar biologik tirik qolishni ta'minlaydigan minimal ehtiyojlarnigina qondirishlari mumkin. Hukumat mahalliy organlari aholining kam ta'minlangan qatlamlarini aniqlash, ijtimoiy himoya sohasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida kambag‘allik chegarasini belgilaydi. Bunda turli mezonlardan foydalaniladi, boy mamlakatlarda qashshoqlik chegarasi, kambag‘al mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq. 1990 yildan boshshab har yili Jahon bankining «Kambag‘allik va yalpi farovonlik» ma'ruzalari e'lon qilinadi. So‘nggi ma'ruza 2018 yilning oktabr oyida chiqarilgan. Undagi asosiy ko‘rsatkich qashshoqlikning xalqaro chegarasi bir kishi uchun kuniga 1,9 dollar miqdorida ekanidir. Biroq qashshoqlik bo‘yicha yangi ta'rif va o‘lchamlar kiritilmoqda. Jumladan, ijtimoiy kambag‘allik. Bu ko‘rsatkich mutlaq va nisbiy kambag‘allik konsepsiyasini birlashtiradi. Bundan tashqari, kambag‘allik daromadlar darajasi bo‘yicha kommunal xizmatlar (suv, elektr energiyasi), sog‘liqni saqlash yoki ta'lim olish imkoniyatini aks ettirmagani uchun ko‘p o‘lchamli kambag‘allik ko‘rsatkichi kiritildi. Ana shu tushunchaga mos ravishda global darajadagi kambag‘allar ulushi monetar kambag‘allik bilan taqqoslaganda taxminan 50 foizga yuqoriroq. Jahon banki ma'lumotlariga ko‘ra, 736 million kishi (aholining 10 foizi) o‘ta qashshoqlik sharoitida (kuniga 1,9 dollardan kam kirimga ega), dunyo aholisining deyarli yarmi – 3,4 mlrd kishi – kuniga 5,5 dollardan kam tushumga ega. Qashshoqlik darajasi eng yuqori qit'a Afrika, sayyoradagi eng qashshoq mamlakatlar – Kongo demokratik respublikasi (o‘ta qashshoqlik darajasi – 77,1 foiz) va Madagaskar (77,6 foiz). Download 49.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling