2. Aholi daromadlari va ularning turlari. Yashash minimum iva istemol savati


Download 49.75 Kb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi49.75 Kb.
#1055535
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AHOLI DAROMADLARINING DIFFERENSIYALASHUVI

Mutlaq qashshoqlik, aholining turli guruhlari daromadlarining ma`lum bir minimal qiymatga etib bormaganligi bilan izohlanadi, endi u rasmiy ravishda eng kam ish haqi hisoblanadi.
Nisbatan qashshoqlik, yoki sovet terminologiyasida, ishchilarning nisbiy qashshoqligi – bu shaxsning yoki oilaning daromadi ma`lum bir mamlakatning o'rtacha daromadidan yoki xarajatlaridan pastroq bo'lishi tushuniladi. Ya`ni, odamlar ocharchilikda qolmaydilar, ammo «o'rtacha pastda» yashaydilar, o'zlarini ko'p narsadan mahrumday his qiladilar.
Qashshoqlik darajasi– bu aholi jon boshiga to'g'ri keladigan, xayot kechirish uchun daromadi past bo'lgan, odamlar sonining butun aholiga nisbatidir.
Kashshoqlikning tubi– bu kabag'al oilalarning xayot kechirish uchun eng kam daromaddan ham pastga tushib ketish darajasidir.
Faqirlikning chegarasi– kambag'allik chegarasining 50% dan, ya`ni iste`mol minimumidan oshmaydigan jonboshi daromadi.
Qashshoqlikni o'lchash
Qashshoqlikni o'lchash oson emas. Uchta asosiy yondashuv mavjud. Ulardan biri asosiy oziq-ovqat, asosiy ehtiyoj va kiyim-kechak iste`molini aholi tomonidan baholashdir.
Bu, eng qo'pol va iste`molning turli darajalarini inobatga olmaydigan yondashuvdir.
Masalan, agar 10 mln. aholisi bo'lgan Osiyo mamlakatlaridan biri 10 mln. tonna guruch ishlab chiqaradi yoki olib kiradigan bo'lsa, demak, bitta fuqaro uchun kuniga 2,7 kg guruch to'g'ri keladi. Bu oz emas bo'lib, ocharchilik xaqida mulohaza yuritish shart bo'lmaydi.
Xuddi shu kabi, ehtimol Rossiyada ham, agar butun iste`mol qilinadigan – kartoshka, non va makaronlarni hisobga olinsa ko'rinadi. Bu, albatta, o'tgan asrlardagi ko'rsatkichlarga o'xshaydi, biroq mahsulot va tovarlarning real iste`mol qilinishini hisobga olinsa, iste`mol savatchasi va iste`mol (yashash uchun) minimumi deb ataladigan tushuncha kelib chiqadi.
Ikkinchi yondashuv – aholini ro'yxatga olish ma`lumotlari asosida davlat statistika idorasi, masalan «Rosstat» (sobiq Davlat statistika qo'mitasi) tomonidan belgilanadigan va aholi o'rtasida daromadlar va xarajatlar bo'yicha rasmiy statistik ma`lumotdir. 2003 yilda 44,5 mingdan ortiq oilalarning so'nggi yirik tadqiqotlari o'tkazildi (NOBUS «Aholi farovonligi va uning ijtimoiy dasturlarda ishtiroki» mavzusidagi Milliy so'rov natijalari asosida).
Bu kabi statistik so'rovnomalar, «mini-ro'yxatga olish»lar jamoatchilik fikrini o'rganish emas, ular faqat masalaning amaliy tomoni bilan bog'liq, ya`ni, siz qancha daromad olasiz, qancha sarf qilasiz va hokazo.
Nihoyat, uchinchi yondashuv – bu daromad va xarajatlarning jismoniy ko'rsatkichlarini emas, balki moddiy boyliklari, moddiy muammolari va turmush tarzi ko'rsatkichlarini baholovchi ommaviy so'rovlardir.

Download 49.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling