2. Aholi daromadlari va ularning turlari. Yashash minimum iva istemol savati


Download 49.75 Kb.
bet7/7
Sana24.12.2022
Hajmi49.75 Kb.
#1055535
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AHOLI DAROMADLARINING DIFFERENSIYALASHUVI

Minimal iste`mol byudjeti, iste`mol bahosidagi o'sishni hisobga olgan holda, zarur bo'lganda qayta ko'rib chiqiladi, lekin har chorakda kamida bir marta, har chorakning so'nggi oyidagi o'rtacha narxlar qo'llaniladi.
Iqtisodiy imkoniyatlari quyi bo'lgan davlat, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan bunday eng muhim me`yorga mos keladi.
Iste`mol minimumi – bu aholining hayoti va sog'lig'ini ta`minlash uchun zarur bo'lgan eng past darajadagi moddiy mahsulot va xizmatlar to'plami.
Minimal iste`mol byudjeti- bu, iste`mol minimumi qiymatining xajmi, shuningdek majburiy to'lovlar va badallarning qiymati hisoblanadi.
Minimal iste`mol byudjetlarini hisoblashda ijtimoiy me`yorlarning o'ziga xosligini hisobga olgan holda, minimal iste`mol byudjetini aniqlashning asosiy konseptual va metodologik yondashuvlari asos qilib olinadi. Iste`mol minimumi, minimal iste`mol byudjetiga nisbatan ko'proq o'rtacha ilmiy jihatdan isbotlangan, o'rtacha me`yorlarga emas, uning eng past (fiziologik) darajasiga yo'naltirilgan bo'lib, tovarlar va xizmatlar majmui miqdorini bir qismini kamaytirish va har bir guruhdagi mahsulot-vakillarning sonini aks ettiradi.
Qashshoqlik darajasi – aholi (uy xo'jaliklari) umumiy kambag'allik chegarasidan past bo'lgan xarajatlar (daromad) darajasi, umumiy aholi (uy xo'jaliklari)ga nisbatidir.
Jamoatchilik fikrini o'rganish so'rovnomalari natijalariga ko'ra, xalqning xukumatdan noroziligi – uni qashshoqlikni eng asosiy muammosi sababchisi, doimiy tashvish va xavotir keltiruvchi deb hisoblaydi. Turli so'rovnomalarda uni – yashash uchun kerakli vositalarning etishmasligi, kam daromadlar, oilaning kambag'allik holati, kabag'allik va qashshoqlikda yashovchi insonlar soni ko'pligi deb atashadi.
Bozor islohatlari bilan shug'ullanuvchi nazaryotchilar kapitalizmga o'tishning dastlabki yillarida aholi o'rtasida qashshoqlik darajasi o'sishini oldindan ogohlantirishadi, lekin keyinchalik qashshoqlikni keltirib chiqaradigan «chirigan» rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti bilan taqqoslaganda, nisbatan shiddat bilan o'sadigan samarali bozor iqtisodiyotini oldindan bashorat qilishgan. Biroq, bularni hech qaysi biri sodir bo'lmadi. Qashshoqlik eng asosiy muammo sifatida post-sovet jamiyatlarida saqlanib qolmoqda.
Download 49.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling