2-Amaliy mashg`lot. Dvigatellarning moylash va sovitish tizimlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


Suv bilan sovitish tizimiga texnik qarov


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana04.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1424448
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 2 Dvigatellarning moylash va sovitish tizimlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish

Suv bilan sovitish tizimiga texnik qarov.
Suv bilan sovitish tizimiga texnik qarovining asosiy operatsiyasiga 
quyidagilar kiradi:
1. Tizimini suv yoki sovitish suyuqligi bilan to‘ldirish;
2. Sovitish tizimini yuvish;
3. Suv nasosi va ventilyator podshipniklarini moylash;
4. Mahkamlash joylarini va salniklarini tortish;
5. Ventilyator qayishi tarangligini rostlash;
Sovitish tizimiga suvni mayda to‘rli voronka yukki turga toza to‘qima 
material quyilsa yanada yaxshi bo‘ladi.
Sovimagan dvigatelning sovitish tizimiga sovuq suv quyish yaramaydi,
chunki bunda blok-karter va silindrlar kallagi devorlari yorilib ketishi mumkin. 
SHu sababdan qishda sovuq dvigatellarida juda qaynoq suv quyish xam mumkin 
emas. Dvigatelning sovitish tizimiga suv to‘ldirgandan keyin radiator bo‘g‘zini 
qopqog‘i bilan zichlab yopish kerak.
Dvigatelning sovitish tizimi undagi balchiqsimon cho‘kma (shlam) quyqani 
yo‘qotish uchun vaqti-vaqti bilan yuviladi.
SHlamni yo‘qotish uchun dvigatel to‘xtatiladi, suvi to‘kiladi. Sovitish tizimi 
shlam eriydigan eritma bilan to‘ldiriladi. So‘ngra dvigatel yurgiziladi va 
nagruzkasiz eritma temperaturasi 60
0
S gacha ko‘tarilganicha ishlatiladi. So‘ngra 
dvigatel to‘xtatiladi va sovitish tizimidagi eritma to‘qib olinadi.
Sovitish tizimidagi quyqa maxsus eritma bilan yuvib tozalanadi. 0,6 kg 
kalsiylangan soda 0,5 kerosin va 10 l suvdan tayyorlanadi eritma quyiqa yuvish 


uchun, ko‘plab ishlatiladi. Sovitish tizimi shunday eritma bilan to‘ldiriladi, 
dvigatel 10soat ishlatiladi, shundan keyin uni to‘xtatib eritma to‘kiladi va sovitish 
tizimi toza suv bilan yuviladi.
Sovitish tizimidan suyuqlik oqmasligini kuzatib yurish kerak. Suv nasosi 
salnigidan suv sizish nasos korpus pastki qismidagi kontrol teshigidan suv 
payqalanadi. Bunday hollarda salnikning zichlovchi elementlari almashtiriladi. Suv 
bilan sovitiladigan dvigatellarda radiatorning himoya to‘rini vaqti-vaqti bilan 
tozalab turiladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling