Texnikaviy xizmat ko‘rsatish.
Havo bilan sovitiladigan dvigatellarning ventilyatorning himoya to‘rini,
silindrlar va ularning kallaklaridagi qovurg‘alar orasidagi bo‘shliqni
vaqti-vaqti
bilan tozalab turish lozim.
Ventilyator qayish holatini va tarangligini har oyda tekshirib turish zarur.
Qayish qatlami ko‘chmagan, bugun va uzilmagan bo‘lishi lozim.
Ventilyator
qayish normal tortilgan bo‘lsa, uning qismiga 30-40 N (avtomobil dvigatellarida
uchun) va 40-70 N (traktor dvigatellari uchun) kuch bilan bosganda 15-25 mm
kattaligida egilishi kerak. YUritma qayishi moy bo‘lib qolsa, benzinga bir ozgina
xo‘llangan latta bilan artish lozim.
Ishni bajarish to‘g‘risida hisobot
1.
D-144 (D-37E) dvigatelning havo bilan sovitish tizimining sodda sxemasini
chizing. Uning asosiy qismlarini ishlashini qisqacha yozing.
2.
Ventilyatorni etaklovchi qayishini rostlashni yozing.
Nazorat savollar.
1.
Nima uchun ichki yonuv dvigatellari sovitiladi?
2.
Suv bilan sovitish tizimining tuzilishi
va ishlashini aytib bering,
qaerda bu
sistema qo‘llaniladigan dvigatelning markasini ko‘rsating?
3.
Termostat ish rejimini tekshirish qanday bajariladi?
4.
Dvigatellarda etaklovchi qayishini qanday qilab tarangligini o‘lchanadi va
tekshiriladi?
5.
Dizel va yurgazib yuborish dvigatellari sovitish
sistemalarning farqi va
umumiy tomonlari?
6.
Agarda dvigatel doimo qizib ketaversa nima qilash kerak?
7.
Sovitish tizimiga qanday texnik qarov o‘tkaziladi?
8.
Nima uchun dvigatellarni sovitish kerak?
9.
Dvigatelning sovitish yo‘llarini aytib bering?
10.
Havo va suv bilan sovitish sistemalarining afzallik
va kamchiliklarini aytib
bering?
11.
Ventilyator, gidromufta va avtomatik ajratuvchi
gidromuftalar qanday
tuzilgan?
12.
Agar
dvigatel doim qizib ketaversa, nima qilash kerak?