2-Amaliy mashg`lot. Dvigatellarning moylash va sovitish tizimlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish


 Dvigatellarning sovitish tizimi, tuzilishi va ishlashini o’rganish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana04.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1424448
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot № 2 Dvigatellarning moylash va sovitish tizimlari, tuzilishi va ishlashini o‘rganish

2.2. Dvigatellarning sovitish tizimi, tuzilishi va ishlashini o’rganish. 
 
1-Topshiriq
D-144, D-240, Zil-130 va A-01m dvigatellarining suyuqlik bilan sovitish tizimi 
Ishning maqsadi: D-240, ZIL-130 va A-01M dvigatellarining suv bilan 
sovitish tizimining tuzilishini o‘rgananish va ko‘rish. Termoststning ishlashini 
tekshiring. Suv bilan sovitish tizimining qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha 
qisman malakaga ega bo‘lish.
Ish joyini jihozlash: MTZ-80, T-4A traktorlari va D-240, ZIL-130 va A-
01M dvigatellarining radiatorlari detallari bilan, termostat, pompa, ventilyator, 
slesarlik asboblar to‘plami, ko‘rsatmali karta va tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Ishning mazmuni va uni bajarish tartibi.
1. Plakatlar, sxemalar va MTZ-80, T-4A tarktorlari va D-240 dvigatelidan 
sovitish tizimini tuzalishini va ishlashini o‘rganing. Detallarning nomlarini 
joylashishini va vazifasini eslab qoling. Dvigatelning harorati ma’lum miqdorda 
ta’minlash uchun xizmat qiladigan qurilmalar to‘plamiga dvigatelning sovitish 
sismetasi deyiladi.
Dvigatelning ish sikli davomida gazlarning o‘rtacha harorati 800-900
0
S ni 
tashkil qiladi. Gaz issiqligining bir qismi dvigatel porshen va detallari (silindr, 
silindrlar kallagi, porshenlar va boshqalar) ga uzatiladi, shuning uchun ularning 
harorati ortib ketadi. Bu detallar butunlay sovitilsa yoki etarlicha sovitilmasa, u 
holda quyidagi sabablarga ko‘ra dvigatelning normal ishlashi buzilishi mumkin.
1. 
Moyning moylash xossasi yomonlashadi va buning natijasida ishqalanishiga 
bo‘lgan isrof ortadi, detallar eyilishi va moy sarfi ko‘payadi.
2. 
Ish aralashmasining ertaroq alanga olishi sodir bo‘ladi va u detonatsiya bilan
yonadi (karbyuratorli dvigatellarda).
3. 
Qo‘zg‘aluvchi birikmalardagi zazorlar kichrayadi va xarakatlanadigan 
detallarning qadalib ishlashi ortadi. Dvigatellarda ikki xil sovitish usuli mavjud: 
suyuqlik suv va havo bilan sovitish usuli qo‘llaniladi. Birinchi holda silindrdan 
suvga uzatiladi, undan esa havoga beriladi, ikkinchi holda issiqlik silindr 
devorlaridan bevosita havoga uzatiladi. Ko‘pchilik dvigatellarida sovitish suyuqligi 
sifatida suv ishlatiladi, qish vaqtida esa u antifriz bilan ishlatiladi.
Suv bilan sovitish tizimi sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. 
Sovitish tizimining ishonchli ishlashi ularga ishlatiladigan suyuqliklarning 
fiziko-ximiyaviy xossalariga bog‘liq. Bu suyuqliklarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
qaynash temperaturasi sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan 15-20
0
S yuqori 
bo‘lishi, qotish temperaturasi 5-10
0
S past bo‘lishi kerak; ular sovitish tizimida 
sovish tezligini pasaytiradigan va sirkulyasiyani buzadigan turli qatlamlar 
(o‘tirindilar, cho‘kindilar, shlamlar) hosil qilmasligi, ko‘piklanmasligi, shuningdek 
metal 
detallarni 
korrozillantirmasligi, 
qistirmalarni 
emirmasligi 
darkor; 
suyuqlikning kengayishi kam, arzon, yong‘in chiqishi jihatidan xavfsiz bo‘lishi va 
xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar salomatligiga zarar etkazmasligi kerak.


1-rasm. Suv bilan sovitish tizimining sxemasi. 
1-radiator o‘zagi; 2-ventilyator; 3-shtorka; 4-radiatorning baki; 5-quyulish bo‘g‘zi 
qopqog‘i; 6-bug‘ chiqarish trubkasi; 7-ustki patrubka; 8-silindrlar kallagining 
g‘ilofi; 9-blok karter g‘ilofi; 10-pastki patrubka; 11-radiatorning pastki baki; 12-
to‘kish teshigining tiqini; 13-bug‘ va havo klapanlari qurilmasi; 14-termostat; 15-
temperaturani distansion ko‘rsatkichi; 16-suv taqsimlash kanali; 17-markazdan 
qochirma nasos; 18-suv ketish trubkasi. 
YUqoridagi talablarga to‘la javob bermasa xam dvigatellarni sovitish 
sistemalarida suvdan keng foydalaniladi, chunka u issiqlikni yaxshi o‘tkazadi, 
issqlik sig‘imi katta, qovushkligi past, noyob emas, ishlatishga qulay.
Agar suvdagi tuzlar miqdori 3 mg ekv dan oshmasa, bu suv yumshoq 
hisoblanadi. Uni yumshatmasdan dvigatellarda ishlatish mumkin. 3,0-6,0 mg-ekv 
ga teng bo‘lsa suv qattiq suv hisoblanadi, bunday suvni albatta yumshatish zarur.
Ishlatish sharoitida indii hosil bo‘lishining oldini olish uchun dvigateldagi 
suvni mumkin qadar kam almashtirish kerak.
Past temperaturadagi muzlaydigan sovitish suyuqliklari (antifrizlar) sovuq 
vaqtda faqat avtomobillarning sovitish sistemalarida emas, balki traktorlarda ham 
qo‘llaniladi.
33,3 suv va 66,7 etilenglikoddan iborat aralashmaning qotish temperaturasi 
esa 70
0
S ga teng.
Qotish temperaturasi -40 va -65
0
S bo‘lgan antifrizlar (GOST 169-92) keng 
tarqalgan. 40 markali suyuqlik och sariq rangda bo‘lib, tarkibi 53-55 
etilenglikoldan qolgani esa suvdan iborat. YAshil-ko‘kimtir «TOSOL- A-40» ga 
«GOSO A-65L» antifrizlari (TU 602751 75) va VAZ, Moskvich engil 
avtomobillarni shuningdek KAMAZ avtomobillari hamda K-790) traktorlarida 
barcha mavsumlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Ular har ikki yilda almashtirib 
turilishi kerak.
Suvga maxsus moddalar-antinakriplar qo‘shish maqsadga muvofiqdir. Ular 
o‘tirindini eritib yuboradi yoki zarralarning yuzalarga o‘tirishga yo‘l qo‘ymaydi. 


Bunday moddalar jumlasiga geksametafosfat (5-6 mg l), trintriyfosfat (0,2-0,3 g l), 
xrompik (10-12 g l) kiradi.
O‘tirindini mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida tozalab turish zarur. 
Barcha tipdagi dvigatellar uchun bu maqsadda sut kislota (60 g l), xrompikdan (20 
g l), kalitsinatsillangan soda(100 Ge l) va xrompik (2-3 g l) aralashmasidan 
foydalanish mumkin. Ishlov berishdan oldin dvigateldan termostat chiqarib olinib, 
unga eritma bo‘shatib olinadi, sistema toza suv bilan yaxshilab yuviladi.
Radiator dvigatelidan qizigan suvni sovitish uchun xizmat qiladi. U usitki va 
pastki baklar, o‘zaklar va mahkamlash detallaridan iborat. Ko‘pchilik 
dvigatellardan o‘zaklari bir necha qator oval (yassi) yoki yumaloq jez, vertikal 
trubalardan iborat radiatorlar ishlatiladi. Trubalarning sovituvchi sirtlarini 
kengaytirish va ularning bikirligini oshirish maqsadida ularga jez plastinalar 
kavsharlangan.
Suv radiatorlariga havo puflash intensivligini rostlash uchun radiator oldiga 
parda yoki jalyuz o‘rnatiladi. Jalyuz karkas va qo‘zg‘aluvchan plankaga sharnir 
tarzida mahkamlangan gorizontal tabaqalardan iborat. Qo‘zg‘aluvchan planka 
richaglari va tortqichlar tizimi vositasidan jalyuzani boshqarish dastasi bilan 
ulangan bo‘lib, dasta kabinaga joylashgan. Tabaqalarning ochilishi darajasiga 
qarab radiator orqali ko‘p yuk ham havo o‘tadi. 
Tarktor va kombayn dvigatelllari radiatorvlarining old tomoniga turli 
saqlagich qoplama tutiladi. 
Sovitish tizimi ichida bosimni ortishi yoki unda siyraklashish hosil qilishda 
sovitish tizimini atmosfera bilan tutashtirish kerak. Bu vazifani bug‘ va havo 
klapanlari bajaradi. 
Bug‘ klapani sistemada ortiqcha bosim 0,003-0,04 MPa ga teng atmosferaga 
chiqadi. Bunday bosimda radiatorda qaynamagan suv temperaturasi 109-111 ga 
etish mumkin, bu tufayli dvigatellarning issiqlik rejimini bir oz oshirish imkoniyati 
tug‘iladi. Havo klapani sistemada siyraklash 0,001-0,01 MPaga etganda ochiladi, 
shunda sovitish tizimiga trubka orqali havo kiradi. Suvning yurish yo‘liga e’tibor 
bering. O‘ylib ko‘ring, bu nima uchun kerak. Dvigatel juda sovitib yuborilmasligi 
zarur, chunki bunda foydali issiqlik yo‘qotiladi, yoqilg‘i, yomon bug‘lanadi, qiyin 
alanganlanadi, sekin yonadi va buning natijasida dvigatelning quvvati pasayadi. 
Bundan tashqari, yonilg‘i zarralari silindr devorlarida kondensatsiyalanib ularni 
moyini yuvib ketadi va karterga sizib tushib uni suyultiradi. Bu dvigatelning 
moylanishi porshenlar gruppasi detallari va klapanlarda smolasimon moda paydo 
bo‘lishiga, porshen xalqalarida kokslanish yuz berishiga karbyuratorli 
dvigatellarda esa yoqilg‘i yonishda hosil bo‘ladigan, kislota bug‘lari 
kondensatsiyasi tufayli korrozion eyilishiga sabab bo‘ladi. 
Suvni dvigatelda normal saqlash uchun termostatlar qo‘llaniladi. Termostat 
dvigatelni dastlabki ish vaqtida yurgizib yuborishda suv isishini tezlashtirish va 
uning temperaturasini ma’lum chegarada avtomatik tutib turish uchun xizmat 
qiladi. Termostatning asosiy qismi yupqa jez listdan yasalgan va qisman 
bug‘lanadigan suyuqlik bilan to‘ldirilgan gofirli silfon bo‘g‘im-bo‘g‘im ballondan 
iborat. 
Silfon pastki gorelkasi bilan termostat korpusiga mahkamlangan, 


kronshteynga kavsharlangan. Silfonning ustki garelkasiga yordamchi klapan va 
asosiy klapanli shtok kavsharlangan. Termostat korpusining konus yon sirtida 
ikkita tuynuk (teshik) mavjud.
Suv temperaturasi 68
0
S dan past to‘lganidan asosiy klapan 4 agargacha jips 
siqiladi va suv silindrlar kallagidan tuynuk blok-karterning suv g‘ilofiga boradi. Bu 
suv sirkilyasiyasining kichik davrasi deyiladi. Dvigatelning bu ish davrida 
sirkulyasiyalanadigan suv miqdori unchalik katta bo‘lmaydi, chunki suv radiator 
orqali o‘tmaydi, u tez qiziydi. 
Suv temperaturasi ko‘tarilishi bilan silfondagi suyuqlik to‘yingan bug‘ga 
aylanadi va silfonda bosim ortadi. SHuning uchun suv temperaturasi 68
0
S dan 72
0

ko‘tarilganida asosiy klapan 4 sekinlik bilan ochiladi, yordamchi klapan 6 va 
tuynukcha 5 yopiladi. Bunda suvning bir qismi kichik davrasi bo‘yicha, qolgan 
qismi esa radiator orqali katta davra bo‘yicha sirkulyasiyalanadi.
2-rasm. Ikki klapanli termostat: 
1-qat-qat ballon silfon; 2-patrubok; 3-katta doira patrubkasi; 4-asosiy klapan; 5-
tuynuk; 6-termostat korpusi. 
Avtotraktorlardagi dvigatellar suv bilan sovitish tizimiga gabarit o‘lchavlari 
kichik, ish unumi nisbatan katta bo‘lgan markazdan qochirma tipdagi nasoslar 
o‘rnatiladi. U korpusdan valikga o‘rnatilgan parrakcha va zichlagich qurilmadan 
tashkil topgan (3-rasm).
3-rasm. Suv nasosi: 


1-nasosning korpusi; 2-so‘rish bo‘shlig‘i; 3-valik; 4-so‘rish kanali; 5-haydash 
kanali; 6-parrakcha. 
Markazdan qochirma nasos korpus 1 valik 3 ga o‘rnatiladigan parrak 6 va 
zichlagich qurilmasidan tashkil topgan valik 3 dvigateldan aylantiriladi. Suv 
patrubka 4 dan korpus 1 dagi parrakcha 6 markaziga tushadi. Parrakcha 
aylanganda suv makazdan qochirma kuch ta’sirida korpus devorlariga qarab 
otiladi, bu erdan kopus urinma xolda joylashgan patrubka 5 dan suv dvigatelning 
g‘ilofiga tomon haydaladi. 
Ventilyator shkivi gulchakga boltlar bilan shkiv burab maxkamlangan. U 
dvigatel tirsaklar vali shkividan qayish vositasida aylantiriladi.
Suv bilan sovitish tizimida blok-karterning suv g‘ilofi va silindrlar kallagini 
to‘ldirgan suv silindrlar kallagi devorlari va yonish kamerasi devorlaridan 
issiqlikni olib ketadi. Isigan suv maxsus sovtigich (radiator)ga tushadi va bu erda 
issiqlikni havoga beradi. Radiatorda sovilgan suv qayta suv g‘ilofiga keladi. 
SHunday qilib, sovitish tizimida suvning uzluksiz sirkulyasiyasi vujudga keladi. 
Ishlayotgan dvigateldagi sovitilgan suvning temperaturasi 80-95
0
S oralig‘ida 
bo‘lish kerak. Suvning yurish yo‘liga e’tibor bering. O‘ylab ko‘ring, bu nma uchun 
kerak.
2. 
Maxsus taglikka o‘rnatilgan D-240 dvigatelining silindrlar kallagini 
oling va suv g‘iloflarini uning taqsimlovchi kanallarini kuzating. Plakatlarlardan 
foydalanib, klapan uyachalari va blok kallagidagi forsunka uyachalari suv qolish 
yo‘liga e’tibor bering. Blokdan suv olib chiquvchi trubani, termostat o‘rnatilish 
joyini toping, kallakni bloka o‘rnating. Gaykalarni joyiga qotiring. 
3. 
D-240 dvigatelining silindrlar kallagidan chiqarish trubkasining 
boltini echib oling.
3.1. Plakat yoki rasmlar yordamida termostatning tuzilishi va ishlashini 
o‘rganing. Suv yumaloq klapan orqali qachon va qaerga o‘tishini eslang. Agar bitta 
teshikcha klapani ochiq, ikkinchisi yopiq bo‘lsa, suyuqlikning yo‘nalishiga e’tibor 
bering.
3.2. Termostatni ishlashini manna shu tartibda tekshiring:
- bachokni tubiga setka qo‘yib ustiga termostatni shunday o‘rnatingki, unga 
rostlovchi vint strelkasi tiralib tursin.
- rostlash vinti bilan strelkani shkalani nol nuqtasiga o‘rnating.
- termostatning korpusidagi ballonni yopilguncha bachokni suv bilan to‘ldiring.
- elektr plitkani toka ulab klapanlarni va termostatni holatini kuzating.
- termostat klapanlarini ochilishini va ko‘tarilishini yozib boring.
- olingan ma’lumotlarni texnik holati bilan solishtirib boring. (1-jadval) 
1-jadval. 
Dvigatelning 
markasi 
Termostatning klapanlarini ochilish 
temperaturalari 
Klapanlarning 
ko‘tarilishi qiymati 
boshlanishi 
tugashi 
ZIL-130 
70 
83 
9,0 
ZMZ-53 
78 
91 
8,9 
D-240 
75 
95 
9,5 


D-240 va ZIL 130 dvigatelaning radiatorlaridan va plakatlardan foydalanib, 
radiatorning yuqorigi va pastki baklarini uning o‘zagi qanday qotiriladi va 
zichlanishini ko‘ring. Radiatorning qopqog‘idagi bug‘ va havo klapanlari ishlashini 
o‘rganing.
Zarur bo‘lganda qopqoq issiq dvigatelda qo‘lgan qo‘lqob kiyib ochiladi.
5. D-240 va A-01M dvigatellarida ventilyator va suv nasosining joyldashishini 
o‘rganing.
5.1. Ventilyator va suv nasosiningtuzilishi quyidagi tartibda o‘rganing.
- ventilyatorning etakchi qayishini bo‘shating (D-240 dvigatellariga generatorni 
kronshteynini turishini o‘zgartirish, A-01M larda tortish tasmasini) va uni echib 
oling;
- nasos etaklovchi validan o‘zakli gaykani echib oling;
- maxsus moslama bilan shkivni o‘zagi bilan krestovindan (ventilyatorning) 
sug‘urib oling; 
- valdan segment tiqinni chiqarib oling;
- nasosning korpusidan mahkamlash boltini echib oling. SHu paytda zichlagichni 
ehtiyot qilib oling. Nasosni korpusidan chiqarish va kiritish drenaj (olib ketish) 
teshiklarini toping.
5.2. Plakatlar va sxemalar yordamida nasosning ishlashini o‘rganing.
5.3. Nasos va ventilyatorlari yig‘ilishi teskari tartibda bajaring.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling