2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
110-topshiriq.Berilgan
fe'llaidagi zamonni bildiruvchi qo'shimchalarni aniqlang.(Kelasi zamon) O'tiraman, o'tiryapsan, o'tiradi; yashayman, yashayapman, yashayotir; izlarman, izlayapman, izlar; toparman, topyapsan, topar. 111-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni toping.Kelasi zamon ma'nosini ifodalayotgan qo'shimchalarni aniqlang. 1.Daryoning suvi ko'paysa, baliqlarning chiqishi oson bo'ladi.(Said Ahmad) 2.Kunlarning sanog'in bilmay qolasan.(Omon Muxtor) 3.Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman.(«G'uncha») 4.Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi.(Said Ahmad) 5.Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo'lga chiqmayman.(Omon Muxtor) 112-mashq.Berilgan gaplardan kelasi zamon ma'nosini bildirgan fe'llarni topib, tahlil qiling. 1.Har holda menga o'xshagan o'yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi.(G'afur G'ulom) 2.Sen choyni jindek qo'yib turib, chala qoldirgan yerlaringni supuratur, kelib qolar.(Cho'lpon) 3.Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o'lkalarga uchib ketadi.4.Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman.(U.Hamdam) 6.Mix bolg'adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.(Asqad Muxtor) 113-mashq.Fe'llarni toping, qaysi mayldaligini aniqlang. 1.Avvallari yashash uchun yozdim, endi yozish uchun yashayapman.2.Inson qanchalik uzoq yashasa, yana shuncha ko'proq yashagasi keladi.3.Qarilikdan qo'rqma, unga hali yetish kerak.4.O'n olti asr oldin toshga o'yib bitilgan O'rxun bitiklarini o'qing.(Asqad Muxtor) 114-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni toping va qaysi mayldaligini aniqlang. 1.Zebi yuragida tugilib yotgan zo'r tugunni yechib yuborgan edi.(Cho'lpon) 2.Koyima, qizim,-dedi ona,-o'rtog'ingni quruq jo'natmaymiz.(Cho'lpon) 3.Puch yong'oq bilan qo'yin to'lg'azma.(Maqol) 4.To'qlikda ochlikni o'yla, boyiganda muhtojlikni.(Maqol) 5,Odamlar seni bilmasa ham, sen odamlarni bil.(Asqad Muxtor) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling