2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 97-topshiriq
94-mashq.Matnni o'qing, fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.Asosga qo'shilib
kelayotgan munosabat shakllarini izohlang.Fe'llarning noaniq shaklini belgilang. Mirsodiq ko'chaning ikki betidagi turnaqator fonarlar nurida eron gilamidek tovlanib yotgan bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan na'matakka ko'zi tushib qoldi.Qaysi bag'ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi, yo'q, sinibdi- yu, uzilmabdi.Quyoshga tomon bo'y cho'zib qaddini rostlab boryapti.Mirsodiq jilmayib qo'ydi.U, albatta, o'sadi, ulg'ayadi.U ochgan gullarining muattar hidi kishilar chehrasiga tabassum, shodlik baxsh etadi, qalblarini ravshan qiladi.Hayot qonuni shunday! (O'.Umarbekov) 95-mashq.Matnni o'qing, fe'llarning qaysi zamon shaklida kelayotganini aniqlang. O'ktam supaga o'tirdi.Mevalari tim qora, olmaday oluhirot novdasi egilib, uning boshiga tegay-tegay deb turardi.Keng hovlining yarmini qoplagan baland so'rilardan husaynilar, dilkaptarlar va boshqa rang-barang uzumlar tovlanib, g'uj-g'uj osilgan.Tokni boplagan ekansiz,-dedi O'ktam.Be!-qo'lini siltab dedi Mirqodir,- O'zbekistonda necha-necha yuz xil uzum bor.Yana tajriba yo'li bilan har yili yangi navlarini yetishtiryaptilar...(Oybek) 96-mashq.Quyidagi fe'llarni jadvalga joylashtiring.Ular ishtirokida gaplar tuzing. Hayqirar edi, kuylamoqchi, yayradi, qo'ndi, qichqirmoqda, to'lib-toshdi, qoplagandi, yig'lamoqchi, ichyapti, adashib qoldi, yozar edi, yurdik, qarayapmiz. O'tgan zamon fe'llari Hozirgi zamon fe'llari Kelasi zamon fe'llari 97-topshiriq.Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlariga ajrating.(O’tgan zamon) Aytibdi, aytdi, aytgan, aytgan ekan, aytgan edi, aytgan emish. 98-mashq.Gaplarni ko'chiring.O'tgan zamon fe'llarini toping, ularni hozirgi zamon va kelasi zamon fe'llariga aylantirishga urinib ko'ring. 1.Qizlar to'da-to'da bo'lib lapar aytishdi.(N.Safarov) 2.Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G'anini uyga yuboribdilar.(M.A'zamov) 3.Aka-ukalar to'qayda bo'ri, to'ng'iz, tulkilar ko'p bo'lishini eshitishgan edi.(X.To'xtaboyev) 4.Mana bu shotutni bobosi ekkan ekan.(Sh.Otaboyev) 5.Ho' so'ridagi cholni ko'rdinglarmi, yonidagi chollarga Navoiy g'azallarini o'qib berib o'tiribdi.(S.Anorboyev) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling