2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
77-mashq.Ajratib ko'rsatilgan fe'llarni asos va qo'shimchalarga ajrating.Fe'l
yasovchi qo'shimchalarning aytilishi va yozilishiga diqqat qiling. Devor bo'ylab yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning so'nggi shu'lalari bilan oltinlanardi.Komila bir chekkada g'uj-g'uj ochilgan atirgulni hidlab, oshxonaga qaytdi, chaqqonlik bilan sabzi to'g'rayotgan Sharofatbibi yonida u-bu to'g'risida gaplashdi...Dalada mashinalar ko'paymoqda.O'g'it solishni ham mashinaga yukladik.Dehqonchilik mashinalari yana-yana yaxshilanaverdi.(Oybek) 78-mashq.Gaplarni ko'chiring.Sodda fe'llarni tub va yasama fe'llarga ajrating. Kunlardan bir kuni Durroj: «Men tuzoqqa tushdim!»-deb sherni aldadi.Sher o'zining aldanganini bilib: «Meni aldamagil, yolg'onchidan el nafratlanadi», desa ham, Durroj quloq solmas, yolg'onchilikni, aldashni qo'ymas edi.Bir kuni Durroj tuzoqqa ilindi va: «Meni tutib oldilar!» deb qattiq qichqirdi.Sher: «Bu gal ham Durroj meni aldayapti», deb qutqarishga bormadi.(Alisher Navoiy) Ko'rdingizmi, bolalar! Durroj yolg'on so'zlagani, noto'g'ri gapirgani uchun tuzoqqa tushdi. 79-mashq.Quyidagi fe'llarni ikki guruhga bo'lib ko'chiring.Birinchi guruhga sodda tub, ikkinchi guruhga sodda yasama fe'llarni kiriting. Bilmoq, eslamoq, qutlamoq, ta'sirlanmoq, qo'ymoq, yo'llamoq, suvsiramoq, tashlanmoq, g'ichirlamoq, achchiqlanmoq. 80-mashq.Sodda yasama fe'llarni aniqlang, ularning yasalishini tushuntiring. 1.Ko'klam.Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda.(Mirtemir) 2.Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi.(O'.Hoshimov) 3.Usta temirni chog'ga solib bolg'alaydi, cho'zadi, yassilaydi, yana olovga soladi.(Oybek) 4.Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik.(G'afur G'ulom) 5.Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi.(X.Sultonov) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling