2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

69-mashq.O'.Umarbekovning «Hayot qo'shig'i» hikoyasidan olingan quyidagi 
gaplarni o'qing.Ketmoq fe'lining ishlatilish o'rinlariga va ma'nolariga diqqat 
qiling.(Ko’makchi fe’llar) 
1.O’yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho'zilib ketdi.2.Mo'ysafid gullarni 
shiyponga qo'yib, mehmonlar bilan ko'risha ketdi.3.Bu nima degan gap o'zi, juda jim 
bo'lib ketdingiz! 4.Sahnaga ko'zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi.5.Do'simboy 
ota uyga kirib ketganda hech nimaga tushunolmay o'tirgan Mirsaid so'radi:-
Hotamjonga nima qilgan? 6.Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi. 
70-mashq.Gaplarni ko'chiring, ko'makchi fe'llarning ma'nolarini izohlang, ularni 
harakatning boshlanishini, davomiyligini va yakunlanishini bildiruvchi fe'llarga 
ajrating. 
1.Hozircha muvaqqat sim tortib turaylik, doimiy simni Farhoddan elektr 
olganimizda tortamiz.(Abdullda Qahhor) 2.Hozir men Toshkentdaman.Yodgor o'z 
yonimda.Ba'zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi.(G'afur G'ulom) 
3.Ukam orqasiga qayrilib ham qaramadi.Dadasining qo'lidan ushlab dikir-dikir 
sakrab, o'ynoqlab keta berdi.(S.Anorboyev) 4.Indamay g'ishtlarni ustma-ust taxlay 
boshladi.(M.Mansurov) 5.Men gilosman, quloq sol, /Rangim ol-u, totim 
bol./Topsang qo'shalog'imni /Qulog'ingga taqib ol.(E.Vohidov) 
71-mashq.Gaplarni ko'chiring, ajratib ko'rsatilgan ko'makchi fe'lli so'z 
qo'shilmalaridagi ko'makchi fe'llar bildirgan ma'nolarni aniqlang. 
1.Unsin ostonadan hatlashi bilan paranjisini yig'ishtirib oldi, qarshisiga yugurib 
chiqqan Zumrad bilan quchoqlashib ko'risha ketishdi.2.Birpasgina bo'lsa 
ham...ko'rinish berib, notavon ko'nglimni tinchitib ketsang bo'lgani.3.Sovuq 
bo'shashgan hamon, ko'klam daragi kelmasdan, tag'in ayvonga ko'chib olar 
edi.4.Umarali o'rnidan turdi-da, tashqariga chiqib ketdi.(Oybek) 
72-mashq.Gaplarni ko'chiring, ajratib ko'rsatilgan fe'llarni bir-biriga solishtirib
farqlarini ayting, asosga fe'l shakllarining qo'shilishiga diqqat qiling.(Ko’makchi 
fe’llar) 
1.Otamiz aravaga qo'shilgan otni yetaklab borardi, xullas, Zovboshiga borishimni 
taqiqlab qo'yishgandi uydagilar.2.Tog'dan bizga qishning yaqinlashganidan xabar 


beruvchi shamollar esa boshladi.3.Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib, 
ayirib ola boshladik.4.Yo'l nishab edi.Tushib ketyapmiz.Goho otning tuyog'i silliq 
toshda sirg'alib ketadi.5.Bir mahal yo'l kengayib ketdi.(Sh.Xolmirzayev) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling