2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

73-mashq.Gaplarni ko'chiring, nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan 
mosini qo'yib, fe'llar hosil qiling va ularning yasalishini izohlang. 
1.Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan 
odamlarni zavq...(-la,-ir,-lan) tiradi, bir-biriga yaqin...(-sa,-lash,-man) tirib, 
do'stlikni mustahkam...(-sira,-la,-y) di.(H.Ziyoyev) 2.Goho miriqib gap...(-cha,-ir,-
la) shib, o'y...(-in,-la,-choq) shib olish ham kerak-ku? Xotiralar odamning yuragini 
toza...(-lik,-gar,-la)ydi.(Sh.Xolmirzayev) 3.Yuzimga qarab turib «sen...(-la,-sira,-sa) 
mang» deydi-ya?! (Abdulla Qahhor) 4.U Marg'ilonga yaqin...(-roq,-lash,-la)ib 
qolganda kun og'ib qolgan edi.(Tohir Malik) 
74-mashq.Gaplarni ko'chiring.Fe'l yasovchi qo'shimchalarni aniqlab, ularga izoh 
bering. 
1.Bularning ichida bitta kattasi bor ekan.Bizga yaqinlashmadi.(Ertakdan) 2.Shundan 
so'ng To'maris qo'shin to'plab, jangga otlandi.(Mirkarim Osim) 3.Gapirganda ovozi 
xuddi ichidan chiqqanday guldirab, jaranglab eshtiladi.(X.To’xtaboyev) 4.Qizlar 
o'zaro sekin suhbatlashib turishardi.(Oybek) 
75-mashq.Gaplarni ko'chiring.-illa qo'shimchasining aytilishi va yozilishiga diqqat 
qiling. 
1.Yuragim hayajondan gupullab uradi.(Said Ahmad) 2.Pastda esa odamni 
oqizadigan katta suv xarsanglarga bosh urib shovullab oqyapti.(P.Qodirov) 
3.Hamma yoq jim.Faqat pashsha g'ing'illaydi, bemor inqillaydi.(Abdulla Qahhor) 
4.Mahallamizdagi o'rtoqlarim ham otlarini lo'killatib kelib qoldilar.(Abdulla 
Qodiriy) 
76-mashq.Yasama fe'llarni toping, ularni asos va qo'shimchalarga ajrating.Asosda 
sodir bo'layotgan tovush o'zgarishlarini belgilang. 
Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv 
yaltiraydi.Ichkarida chaqaloq yig'ladi.Beshikning g'ichirlagani eshitildi.Bola xuddi 
shuni kutib turganday, battar yig'lay boshladi.Shokarim uxladimi, yo'qmi, 
bilolmadi.Bir mahal bola yig'ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi aralash 
dahshatli bir faryod qulog'iga kirdimi, anglay olmay qoldi.(O'.Hoshimov) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling