2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

121-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarning qaysi mayl shaklida ekanligini va 
ularning qanday qo'shimchalar yordamida hosil bo'lganini ayting.(Buyruq-istak 
mayli) 
1.Ikkalang ham og'zingni ochmay, jim o'tirgin.(Cho'lpon) 2.Qani, qo'lni bering, bir 
tabriklab qo'yay,-dedi zavqi oshib.(X.To'xtaboyev) 3.Yaxshilik qilsang, oxirigacha 
yaxshilik qilgin, zinhor minnat qilma.(Said Ahmad) 4.Kun bo'yi g'aflat bosib 
uxlama, sergak bo'l.(Omon Muxtor) 5.Qo'lingni ochiq tutgin, boshingni g'oz 
tut.(Said Ahmad) 
122-mashq.Buyruq-istak maylini hosil qilgan qo'shimchalarni toping.Qanday 
ma'noda qo'llanganligini tushuntiring. 
1.Sinamagan otning sirtidan o'tma.(Maqol) 2.Akangni chaqir, bugungi faoliyati 
uchun javob bersin.(Omon Muxtor) 3.Odamlarni chaqiringlar, ekinzorlarni ko'rib 
qo'ysin.(Said Ahmad) 4.Lolazorga chiqaylik.(I.To'lakov) 
123-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating.(Buyruq-
mayli) 
1.Hali dalada boshlangan gapni davom ettiraylik.(Oybek) 2.O'rtoqjonlar, qani, 
tezlataylik.Shu bugundan qolmasin.(Rahmat Fayziy) 3.Ufqlarda sayr etgin mudom, 
Quyosh kelib suvga cho'kkanda.(Hamid Olimjon) 4.Dasta-dasta gullar keltirsin
Sho'x va quvnoq do'stlarga buyur.(Hamid Olimjon) 5.Do'stlar, ishonch bilan 
kutingiz bizni, hech qachon bizlardan umid uzmangiz.(Uyg'un) 
124-mashq.Berilgan gaplarda buyruq-istak maylidagi fe'llarning qanday ma'noda 
qo’llanilganini tushuntiring. 
1.Uyiga javob beraylik, o'n besh-yigirma kunga borib kelsin.(Asqad Muxtor) 
2.Qog'ozlarga keraksiz narsalarni yozma, isrof qilsang, zor bo'lasan.(Asqad Muxtor) 
3.Yozning issiq kunlari g'animat ekanligini esdan chiqarmanglar.(Uyg'un) 
4.O’qiylik, do'stlar, o'qishning qadriga yetaylik, savodsizlik gumrohlik ekanligini 
tushunib yetaylik.(Omon Muxtor) 5.Sen ham sezgandirsan, tezroq gapir.(Cho’lpon) 
125-topshiriq.Matnni o'qing, ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qaysi zamon shaklida 
ekanini aniqlang. 
Labihovuzning bahorini ko'rganmisiz? Yo'qsa, so'ylab berayin.Buxoroga bahor erta 
keladi.Ilk bahor kunlaridanoq quyosh kiftni kuydiradi, mitti yaproqlardagi 
bo'yoqlarni shimiradi, binolar devori kun-bakun oqara boradi.Shamol xuddi 
kuzdagidek chang-u g'uborni qo'zg'ab, telbalarcha har yon yuguradi.O'riklar oppoq 
gullaydi, akatsiyalar o'z shoxlarini bezaydi...(Omon Muxtor) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling