2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq


Download 119.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana16.06.2023
Hajmi119.84 Kb.
#1498167
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Amaliy mashʻulot2

115-topshiriq.Berilgan fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.(Xabar mayli) 
Gullagan, yashnamoqda, o'ylashdi, o'ynamayman. 
116-mashq.O'qing.Xabar 
maylidagi 
fe'llarni 
aniqlab, 
daftaringizga 
ko'chiring.Ularning qanday zamon shaklida ekanligini ayting. 
Nima deysan, ey g'ayur inson? 
G'iybatlaring qildi meni qon. 
Sen ham bir kun o'tarsan, inon, 
Mehr qolur, muhabbat qolur.(Muhammad Yusuf) 
117-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.Har bir qismni 
tahlil qiling.(Xabar mayli) 
1.Bola chaqqonlik bilan o'zini suvga otdi.(S.Mengnorov) 2.Ishyoqmaslarning 
idorama-idora yurib arz qilishdan boshqa ishi yo'q.(P.Qodirov) 3.Kabob uchun 
shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo'ydik.(P.Qodirov) 4.Otasi Qo'qonning 
Madalixon madrasasida bir necha yillar mudarris bo'lib ishlagan.(Abdulla Qodiriy) 
5.Cho'pon gapiradi, xotini aytadi, o'g'li chaqiradi.(Sh.Xolmirzayev) 5.Kunduzi 
bo'lishiga qaramay, birdan hamma yoq qop-qorong'i bo'lib ketdi.( P.Qodirov) 
118-mashq.Berilgan gaplardagi xabar mayli shaklidagi fe'llarni tahlil qiling. 
1.Nigoraning qop-qora ko'zlari doimo chaqnab turadi, lablaridan tabassum 
arimaydi.(A.Azimova) 2.Mashina to'xtar-to'xtamas yerga sakradi.(P.Qodirov) 
3.Qurilish hovlisiga chang-to'zon ko'tarib “Zil” mashinasi kirib keldi.(O'.Hoshimov) 
4.Bu gapni eshitib, Bahromning ko'zi charaqlab ochilib ketdi.(X.To'xtaboyev) 
119-topshiriq.Berilgan gap tarkibidagi fe'llarni aniqlang.Ularni tarkibiy qismlarga 
ajrating.(Buyruq mayli) 
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo'ralar, o'rtog'lar.(Muqimiy) 


120-mashq.Berilgan gaplardagi fe'llarni topib, tarkibiy qismlarga ajrating.Qaysi 
mayl shaklida ekanligini va ularning qanday qo'shimchalar yordamida hosil 
bo'lganini ayting.(Buyruq-istak mayli) 
1.Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi:-Dada, keling, uxlaylik.(Olmos) 2.Qani endi, 
hamma ham shunday g'alabalarga erishsa.(Abdulla Qahhor) 3.Koshki edi, o'sha 
tog'ga men ham borsam.(Abdulla Qahhor) 4.Kel, do'stim, yuragimni senga 
ochay.(Said Ahmad) 5.Hayot saboqlarini o'rgangin, chunki hayotni o'rganish 
zarur.(Omon Muxtor) 

Download 119.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling