2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
131-mashq.Fe'l asoslariga qavs ichidagi shaxs-son qo'shimchalaridan mosini qo'yib,
ko'chiring va ularni izohlang. 1.Zebi: Ana, so'roq tamom bo'l...(-gan,-di,-ib).Endi uyimni qandoq qilib topib bora...(-di,-ib,-man),-deb o'yladi.-O'tir...(-gan,-ing,-ib),-dedi sud raisi Zebiga.Zebi sekingina va ehtiyot bilan o'tir...(-gan,-di,-ib).(Cho'lpon) 2.Hazratim, hech bo'lmasa, Humoyunni Kobulda qoldir...(-ib,-ing,-gach).Axir, siz Hindga ketsa...(-ngiz,-gach,- ar), kimdir Kobulni boshqarishi kerak-ku! (P.Qodirov) 3.Men bu yo'ldan necha bor qishlog'imga o'tgan...(-man,-san,-miz), lolazorning sayriga to'ya olmay ketgan...(- man,-siz,-miz).(Mirtemir) 132-mashq.Fe'llarni tarkibiy qismlarga ajrating.Shaxs-son qo'shimchalarining asosga qo'shilishiga diqqat qiling. 1.Yuringlar,-dedi kampir o'rnidan turib.Keyin mening yelkamga qoqdi.-Sen ham yur, shirin bola.(O’.Hoshimov) 2.Bir mahal charchab, suvsab, holdan toyib o'tirib qolibman.(X.To’xtaboyev) 3.O'shanda yetti yoshlarda edim.Tog'da yashardik.(Sh.Xolmirzayev) 4.To'g'ri gapirding.Yaxshi gap, diqqat-e'tibor har qanday doridan kuchli ekan.(O’.Umarbekov) 5.Imtihon ro'yxatida Odil bilan men ham bor ekanmiz.Sevindik...(N.Safarov) 133-mashq.Matnni o'qing.Fe'llarni aniqlab, ularni izohlang. Rubob chalish, ashula aytishga qattiq havas qo'ygan kunlarim edi.Velosipedda ketayotgandim.G'ira-shira payt.Teraklar shovullaydi.Itlar huradi.Bexos izimda bir sharpa sezdim.Qarasam, nuroniy chol, salom berdim.Qariya ketma-ket meni savolga tutardi: «Nechanchi sinfda o'qiysan?», «Necha baho olasan?», «O’qishdan boshqayam hunaring bormi?» -Rubob chalib, ashula aytaman. -Katta bo'lsang ashulachi bo'lmoqchimisan? -Ichimda qiziq gaplarim bor.Ko'p, juda ko'p odamlar yig'ilsa, shu gaplarimni aytsam... -Niyatinga yet, bolam.(Sh.Boshbekov) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling