2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
134-mashq. Gaplarni ko'chiring.Fe'llarning nisbat, mayl, zamon shakllarini
aniqlang. So'zlar hayoti murakkab, ularga sehr yashiringan.So'zlar ham o'z xalqi bilan birga umr kechiradi, xalq quvonsa, quvonadi, kuyunsa, kuyunadi.Kishilar o'zgalarni o'ylab buloqlarning bekilgan ko'zlarini ochadilar, avlodlari uchun daraxtlar ekadilar.Bundan keyingi avlod buloq suvidan, daraxt mevalaridan bahramand bo'ladi.Ota-bobolarimiz qoldirgan so'zlar ana shu buloqlar va daraxtlardir.So'zlar biz uchun asrlar sadosi, uzoq o'tmish bilan hamnafaslik hissini uyg'otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko'prikdir.(B.To'ychiboyev) 135-mashq.Gaplarni o'qing.Fe'llarning vazifa shakllarini aniqlab, ularni izohlang. Tuproq-insonning tug'ilib o'sgan joyi, tuproq-Vatan.Tuproq necha yuz yillardan buyon ne-ne ulug' farzandlarini quchog'iga bosib kelayotgan mushfiq zamin.Shuning uchun biz uni e'zozlab «ona tuproq» deymiz.U olis ajdodlarga onalik qilgan.U ota-bobolarimizning onasi bo'lgan.U bizning ham onamiz va, albatta, kelajak avlodning ham onasi bo'lajak.Demak, hamma narsa ona tuproqni qadrlashdan boshlanadi.Bunday kishini el tushunadi, dunyo taniydi.O'z tarixini ona yurtdan-ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo'la oladi.(A.Nabiyev) 136-mashq.Sonlarni toping, ularning imlosiga diqqat qiling va gaplarni ko'chiring. 1.Zamaxshariy ko'p qirrali olim bo'lib, fanning turli sohalariga oid 75 dan ortiq asar yozib qoldirgan.(S.Hasanov) 2.Zamonaviy o'n ikkita turk davlati bayrog'idan yettitasida oy va yulduz ramzlari bor.(S.Olimov) 3.Amir Temur Bibixonim masjidini 1399-1404-yillar mobaynida qurdirgan.(T.Fayziyev) 4.Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak, Chunki bir bor chekkan ohing mingta doston, o'zbegim.(E.Vohidov) 137-mashq.Matnni o'qing, fe'llarni topib, ularning mayl, nisbat, zamon shakllarini belgilang. ...Alisher o'rtog'ining aytganini eshitmadi, shekilli: -Ov qilmoq, merganlik-ermak narsa, lekin eng zo'r zaruriyat maktabdir.Turmushning ko'p sirlarini maktab o'rgatadi.Suhbatning bunday keskin o'zgarganidan shoshib, bir on jim qolgan bolalarning kattarog'i: -Kim o’rgatdi senga bu gaplarni?-deb so'radi Alisherga tik qarab. -Bilaman-da, otam hamisha: «Olim odam xor bo'lmaydi»,-deydilar.(Oybek) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling