2-amaliy mashgʻulot 61-topshiriq
Download 119.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy mashʻulot2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 87-topshiriq
- 88-topshiriq
85-mashq.Berilgan fe'llarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida og'zaki gaplar
tuzing. Urindi-turtindi, bahslashmoq, bahs yuritmoq, haydamoq, so'radi-qo'ydi, shitirlamoq, havas qilmoq, qochdi-ketdi, ishladi-qo'ydi, yordam bermoq. Sodda fe'llar Qo'shma fe'llar Juft fe'llar 86-mashq.Fe'llarning tuzilishiga ko'ra turlarini aniqlang, juft fe'llarni ajratib ko'chiring, ularga izoh bering.(Juft fe’llar) 1.Yosh Hakima boshqa o'rtoqlaridan qolmaslik uchun qizarib-bo'zarib ishlaydi, yuzidan quyilgan terni artishga qizg'anadi.(Oybek) 2.Men shu Vatan qo'ynida undim-osdim.3.Kelganimga bir hafta bo'ldimi-bo'lmadimi, bilmadim, uning to'g'risidagi hamma gaplarni bilib oldim.(O'.Umarbekov) 4.Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlar edi.(Mirza Karim) 5.Nabira ko'rgach, omonatini osongina topshirdi-ketdi.(E.Madrahimov) 87-topshiriq.Gaplarni ko'chiring, sodda, qo'shma va juft fe'llarni aniqlang. 1.Xolasinikida qandaydir bir mehmondorchilik o'tkaziladigan bo'ldi-yu, hammamiz o'sha yerga otlandik.(E.Usmonov) 2.Uning chehrasi ko'zimga tanishdek ko'rindi.Kimgadir o'xshaydi, lekin kimga? Eslolmadim.(S.Anorboyev) 3.O'yladi- o'yladi, lekin o'yining oxiriga yetolmadi.(N.Fozilov) 4.Chol unga yaqinlashib salom berdi.Qiz loqaydgina alik oldi.(F.Musajonov) 5.Nogoh entikdi-yu, egildi kamon./O'q uchdi belgisiz yoqlarga tomon./Keksa otasining qaddin dol etib./Ketib borar edi farzand shu zamon.(A.Oripov) 6.Yurib-yurib, oxiri yolg'iz bir uychaga duch keldi.(Ertakdan) 88-topshiriq.Gaplarni o'qib, ular tarkibidagi sodda fe'llardan qo'shma va juft fe'llar hosil qiling. Namuna: so'radi-so'rab surishtirdi. 1.Men ham qiziqib bolaning yoniga bordim.Bolakay cho'chib tushdi.(Sh.Xolmirzayev) 2.Haydar ota yo'lakda kampiriga yo'liqdi.Kampir imo bilan Asrorqulni so'radi.(Abdulla Qahhor) 3.Go'yo har bir shox, har bir yaproq tagiga yashirinib olgan bulbullar tobora avjga chiqar, boshqa hamma qushlar ovozini bosib, yayrab-yayrab, to'lib-toshib sayrashardi.(O.Yoqubov) 4.Boshqalar ham bosh tebratib, bu fikrga qo'shildilar.(Cho'lpon) 5.Omon dasturxonni yig'ishtirdi.(G'afur G'ulom) Download 119.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling