2-Amaliy mashg’ulot Ishlov beriladigan detallar nomenklaturasini tahlili


Detal konturi elementlari. Ishlov berish zonalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana06.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1434439
1   2   3   4   5   6   7   8
Detal konturi elementlari. Ishlov berish zonalari. Frezalash operatsiyalarini 
dasturlashda tokarlik ishlov berishdagi kabi ishlov beriladigan detal konturi 
elementlari asosiy va qo‘shimchalarga bo‘linishi mumkin. Bu holda qo‘shimcha 
elementlarga doimiy va o‘zgaruvchan radiusli birikish yuzalari kiradi. YAssi ishlov 
berishda doimiy radiusli ichki birikmalar asbobning mos konfiguratsiyasi hisobiga 
hosil qilinadi. Detalning texnologik qulayligini ta’minlash uchun bunday birikmalar 
berilgan kontur yoki detal uchun bir xil r
min
radius bilan bajarilishi kerak. Bunda r
min 
radius bilan konturdagi namunaviy kirish radiusi R
nam
orasidagi ma’lum munosabat 
saqlanishi kerak, chunki bu munosabat toza o‘tishlar uchun frezaning ruxsat etilgan 
diametrini belgilaydi. Frezalashda ma’lum ishlov berish zonalarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin. Ular ochiq, yarim ochiq, yopiq va kombinatsiyalangan turlarga bo‘linadi 
(1-rasm). 
1 - rasm. Frezalashda ishlov berish zonalari: 
a – b – ochiq (a – silindrik freza; b – yonli freza; d – uch freza); e – yarim ochiq 
(uch freza); f – yopiq (uch freza); g – kombinatsiyalangan (uch freza). 
Frezaning namunaviy traektoriyalari. Frezalab ishlov berishda freza 
traektoriyasini hosil qilishning asosan ikki xil usuli mavjud: zigzagsimon va 
speralsimon. 
Zigzagsimon usul asbobning ishlov berish jarayonida parallel qatorlar bo‘yicha 
soha chegarasida bir qatordan ikkinchi qatorga o‘tish bilan, qarama-qarshi 
yo‘nalishlarda harakatlanishi bilan xarakterlanadi. Bu usul ma’lum kamchiliklarga 
ega bo‘lishiga qaramasdan keng tarqalgan. Uning asosiy kamchiligi – frezalashning 


o‘zgaruvchan xarakteridir: agar asbob bir qator bo‘yicha surish yo‘nalishida ishlasa, 
ikkinchi qatorda surishga qarshi yo‘nalishda ishlaydi. Xuddi shunday holni 
chegaralar bo‘yicha bir qatordan ikkinchisiga o‘tishda ham kuzatish mumkin. 
Bularning barchasi qirqish kuchining o‘zgarishiga olib keladi, natijada yuzaning 
aniqligi va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga aytib o‘tish joizki, 
frezalash chuqurligini aniqlovchi qo‘shni qatorlar orasidagi masofa asbob 
diametridan kam farq qilsa, qirqish kuchning o‘zgarishi uncha katta bo‘lmaydi. 
Zigzagsimon sxemaning boshqa kamchiligi, asbob traektoriyasida sinishlar sonining 
ortiqcha ko‘pligidir. Bu ham qirqish dinamikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va 
ko‘pchilik hollarda dasturli boshqariladigan stanok surish yuritmasi dinamikasi 
bilan aniqlanadigan tezlanish va tormozlanish operatsiyalarini bajarish zaruriyati 
bilan bog‘liq ishlov berish vaqtini oshirishiga olib keladi. 
Zigzagsimon sxema chegaralarga ishlov berish tartibi bilan bog‘liq bir necha 
xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: chegaralari bo‘yicha o‘tmasdan (2,a-rasm); sohaga 
ishlov berish oxirida chegaralar bo‘yicha o‘tish bilan (2,b-rasm); chegaralar 
bo‘yicha oldindan o‘tish bilan (2,d-rasm). 
CHegaralarni oldindan qirqib chiqish – bu o‘tishni bajarish jarayonida asbob 
uchun qirqishning simmetrikligini ta’minlaydi hamda keyingi ishlov berishda har 
bir qatorning boshi va oxirida asbobning ishlash sharoitlarini engillashtiradi. Biroq, 
bunda mustahkamlik sharoitlari yomonlashadi, chunki traektoriyaning qirqib 
chiqish uchastkasida asbob to‘liq chuqurlikda ishlaydi. CHegarani keyingi tozalab 
chiqish ishlash sharoitini engillashtiradi, lekin ishlov berish dinamikasini 
yomonlashtiradi, chunki asbob o‘zgaruvchan qirqish chuqurliklarida ishlaydi. SHu 
sababli, zigzagsimon sxemasidan (2,b-rasm) foydalanilganda, odatda, keyingi ishlov 
berish uchun qo‘yim qoldirish kerak bo‘ladi. 
Spiralsimon usul zigzagsimon usuldan shu bilan farq qiladiki, bunda ishlov 
berish sohaning tashqi chegarasi bo‘yicha undan har xil masofada asbobning 
aylanali harakati bilan olib boriladi. 



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling