Logistika rivojlanishining birinchi bosqichi transport ombor jarayoni integratsiyasi.
Logistika rivojlanishi nuqtai nazaridan 80-yillar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
jismoniy taqsimot qiymatining tez o‘sishi;
logistik jarayonlar boshqaruvini amalga oshiruvchi menedjerlarning kasbiy mahorati darajasini oshishi;
logistika sohasidagi uzoq muddatli rejalashtirish;
axborot to‘plash va logistik jarayonlarni nazorat qilish uchun kompyuterlarning keng miqyosda qo‘llanilishi.
Logistika rivojlanishining ikkinchi bosqichi: ishlab chiqarish sexi, transport va ombor yagona mexanizm sifatida ish yurita boshlaydi.
jismoniy taqsimotning markazlashishi;
material o‘tkazuvchi zanjirlarda zaxiralarning keskin kamayishi;
taqsimotning haqiqiy xarajatlarini to‘g‘ri aniqlanishi;
moddiy oqimning oxirgi iste’molchigacha bo‘lgan harakati qiymatini pasaytirish bo‘yicha tadbirlarni belgilash va amalga oshirish.
Ko‘rib turganimizdek bu yerda, mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish ombor va transportning o‘zaro faoliyatiga ishlab chiqarishni rejalashtirish ham qo‘shiladi. Bu zaxiralarni kamaytirish, buyurtmalarni o‘z vaqtida bajarilishi hisobiga xaridorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, uskunalardan foydalanishni yaxshilash imkonini beradi.
Logistika rivojlanishining uchinchi bosqichi: logistik jarayon ishtirokchilarining yig‘indisi umumiylashib bormoqda.
Uchinchi bosqich esa hozirgi vaqtga tegishli bo‘lib, u quyidagilar bilan tavsif-lanadi:
butun jahon iqtisodiyotidagi bozor jarayonlarini tashkil etish va boshqa-rishda fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;
material o‘tkazuvchi subyektlar yig‘indisi umumiylashib boradi
moddiy va axborot oqimlarini tezda o‘tishini ta’minlovchi, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, mahsulot harakatining barcha bosqichlari monitoringini amalga oshirishga imkon beradi;
Agrologistika sohasida xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlar rivojla-nadi;
logistika konsepsiyasi (uning asosiy qoidasi bu integratsiyadir), ta’minot, ishlab chiqarish va taqsimot zanjirlari ishtirokchilarining ko‘pchiligi tomonidan tan olina boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |