2-Amaliy mashg‘ulot: qishloq xo‘jaligi logistik tizimini shakllantirish asoslari. Darsning maqsadi
Download 24.72 Kb.
|
Logistika amaliy-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish uslubi: Birinchi bosqich
2-Amaliy mashg‘ulot: QISHLOQ XO‘JALIGI LOGISTIK TIZIMINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI. Darsning maqsadi: Logistik tizim to‘g‘risida asosiy tushunchalar, logistikaning rivojlanish bosqichlari, zamonaviy iqtisodiyotda logistika fanini rivojlanish bosqichlari bilan tanishtiriladi. Ishni bajarish uslubi: Birinchi bosqich 60 chi yillarga to‘g‘ri keladi, va muomala sohasida moddiy oqimlarni boshqarish uchun logistik yondashishni qo‘llash bilan tavsiflanadi. Ushbu davrda ikkita asosiy qoidaga rioya qilish boshlandi: ishlab-chiqarish va tashishdagi alohida mavjud bo‘lgan moddiy oqimlar boshqaruvning yagona tizimi bilan o‘zaro bog‘lik ekanligi. moddiy resurslar jismoniy taqsimotining ayrim funksiyalarini integrasiyalashuvi sezilarli iqtisodiy samara berishi mumkinligi. Jismoniy taqsimotning optimallashuvi masalalari hamma vaqt kun tartibida turgan. Masalan, yetkazilayotgan partiyalar chastotasi va o‘lchamining optimallashuvi, omborlar joylashishi va amal qilishining optimallashuvi, transport yo‘nalishlari va grafiklarining optimallashuvi va hokazo. Odatda ushbu masalalar alohida-alohida tarzda yechiladi, va bu tizimli samaradorlikni ta’minlamaydi. Logistik yonda-shishning xususiyati esa, ularni tizimli yechimini topishdan iboratdir. Logistika rivojlanishining birinchi bosqichida, tovar mahsulotlarni ishlab chiqarishning barcha jarayonlari mustahkam o‘zaro aloqalarga ega bo‘ladilar. Masalan logistika rivojlanishining birinchi bosqichidagi moddiy oqimlar harakati jarayoni ishtirokchilarining logistik integratsiyalashuvi darajasi, 1-chizmada ko‘rsatilgan. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha masa-lalarni birgalikda yechish, ularni alohida yechishga nisbatan murakkabroqdir. Bunda boshqacha uslublar, hamda mutaxassislarning boshqacha tayyorgarligi talab etiladi. Logistika rivojlanishidagi ikkinchi bosqich ХХ asrning 80 chi yillariga to‘g‘ri keladi. Ushbu davrda logistikaning integratsion asosi kengayib, u ishlab chiqarish jarayonini ham qamrab oldi. Download 24.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling