2-Amaliy mashg‘ulot: qishloq xo‘jaligi logistik tizimini shakllantirish asoslari. Darsning maqsadi


-rasm. Mikrologistik tizim sxemasi


Download 24.72 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi24.72 Kb.
#1054564
1   2   3   4
Bog'liq
Logistika amaliy-2

2.1.-rasm. Mikrologistik tizim sxemasi.
Ko‘rib turganimizdek, logistik tizim unsurlari turlicha va bir vaqtning o‘zida bir-biriga mos. Ularning mosligi maqsad yagonaligi bilan ta’minlanadi, va ushbu maqsadga logistik tizimni har bir unsuri xizmat qiladi.
Ikkinchi xususiyat (aloqalar): Logistik tizim unsurlari orasida muhim aloqalar mavjud. Ular biror bir qonuniy zaruriyat bilan integrativ jihatlarini ham belgilaydilar. Makrologistik tizimlarda, unsurlar orasidagi aloqa asosini shart-noma tashkil etadi. Mikrologistik tizimlarda esa unsurlar ichki ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladilar.
Uchinchi xususiyat (tashkil etish): logistik tizim unsurlari orasidagi aloqalar ma’lum tarzda tartiblashtirilgan bo‘ladi, bu esa logistik tizim tashkil etilganidan dalolat beradi.
To‘rtinchi xususiyat (integrativ jihatlar): logistik tizim, uning biror bir unsuri ham alohida ravishda ega bo‘lmagan jihatlarga (xususiyatlarga) ega. Bu zarur bo‘lgan tovarni, zarur vaqtda, zarur joyga, lozim bo‘lgan sifatda va minimal xarajatlar bilan yetkazish qobiliyati, hamda tashqi muhitning o‘zgaruvchan sharoitlariga (talabning o‘zgarishi, texnik vositalarning ishdan chiqishi va h.) moslashish qobiliyatidir.
Logistik tizimning integrativ jihatlari, unga materiallarni xarid qilish, uni o‘z ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘tkazish hamda tashqi muhitga chiqarish imko-nini beradi, va shu bilan birga oldindan belgilangan maqsadlarga ham erishiladi.
Logistik tizimga berilgan umumiy ta’rif quyidagicha: logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalarni bajaruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan, tashqi muhit sharoitlariga yaxshi moslashuvchan tizimdir. U odatda bir necha tizimchalardan tashkil topgan, va tashqi muhit bilan mustahkam aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizim sifatida sanoat korxonasi, qishloq xo‘jalik korxonasi, hududiy ishlab chiqarish maj-muasi, savdo korxonasi va boshqalar ko‘rilishi mumkin. Logistik tizimning maqsadi bu xarajatlarning berilgan chegarasida, tovar va buyumlarni belgilangan joyga, zarur bo‘lgan miqdorda va assortimentda, hamda mumkin bo‘lgan maksimal darajada ishlab chiqarish va shaxsiy iste’molga tayyorlangan holda yetkazib berishdir.
Nazorat va mulohaza savollari:
1. Logistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi deganda nimani tushunasiz?
2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish deganda nimani tushunasiz?
3. Logistik tizimning integrativ jihatlarini gapirib bering?
4. Logistik tizimga berilgan umumiy ta’rifni tushintirib bering?
Download 24.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling