2-Amaliy mashg‘ulot: qishloq xo‘jaligi logistik tizimini shakllantirish asoslari. Darsning maqsadi


Logistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi


Download 24.72 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi24.72 Kb.
#1054564
1   2   3   4
Bog'liq
Logistika amaliy-2

Logistik tizim va modiy oqimlar tushunchasi
Logistik tizim tushunchasi, logistikaning asosiy (negiz) tushunchalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy mexanizmlar faoliyatini ta’minlovchi turli xil tizimlar mavjud. Ushbu ko‘plikdan aynan logistik tizimlarni, ularni tahlil qilish va yanada takomillashtirish maqsadida, ajratish lozim.
Logistik tizim xaqida gap yuritishdan oldin, «tizim» tushunchasini ta’riflab o‘tamiz. Tizim (yunonchadan olingan bo‘lib qismlardan tashkil topgan bir butun; birlashma ma’nosini anglatadi) bu muayyan bir butunlikni paydo qiluvchi, va birbiri bilan aloqa va munosabatlarda bo‘luvchi unsurlar ko‘pligidir. Quyidagi 4-ta xususiyatga ega bo‘lgan obyektni bemalol «tizim» deb atashimiz mumkin:

  1. butunlik va alohidalik

  2. o‘zaro aloqa

  3. tashkil etish, tartib

  4. integrativ jihatlar (ya’ni faqat unsurlar birgaligida yuzaga keladigan xususiyatlar)

Logistika, bir-biri bilan kelishilgan material o‘tkazuvchi (logistik) tizimlarni loyihalashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. Ushbu tizimlardan chiquvchi mod-diy oqimlar parametrlari oldindan berilgan bo‘ladi. Bu tizimlar, ularga kiruvchi ishlab chiqarish kuchlarining yuqori darajada kelishilganligi bilan, boshqalardan farq qiladilar.
Yuqorida aytib o‘tilgan tizimning 4-ta xususiyatini, logistik tizimga nisbatan ko‘rib chiqamiz:
Birinchi xususiyat: tizim bu bir-biri bilan aloqador bo‘lgan unsurlar yig‘in-disining butunligidir. Logistik tizimni unsurlarga ajratishni turlicha amalga oshirish mumkin.
Makrodarajada moddiy oqim bir korxonadan ikkinchisiga o‘tadi, va unsur sifatida ushbu korxonalar, hamda ularni bog‘lovchi vosita sifatida qaralishi mumkin.
Mikrodarajadagi logistik tizimni esa quyidagi tizimchalar ko‘rinishida tasvirlash mumkin: (mukammal qaralganda ushbu tizimchalarning har biri murakkab bir tizim ekanligi ayon bo‘ladi)
Xarid-ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqimni kirishini ta’minlaydi.
Ishlab-chiqarishni rejalashtirish va boshqarish bu tizimcha esa xarid tizimchasidan moddiy oqimni qabul qilib oladi va turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida uni boshqarib turadi. Aynan ushbu texnologik operatsiyalar mehnat predmetini mehnat mahsulotiga aylantiradilar.
Realizatsiya (savdo) bu tizimcha moddiy oqimni logistik tizimdan chiqib ketishini ta’minlaydi.



Download 24.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling