2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2(1)
Havoning tozaligi deganda, xonadagi havo muhitining shunday holati nazarda
tutiladiki, bunda havodagi aralashmalar tarkibi me’yoriy chegaralardan oshmagan bo’ladi. Havodagi aralashmalar ichida chang zarrachalari ham bo’ladi. Noishlab chiqarish xonalaridagi changning salbiy ta’siri unda zararli mikroblarning mavjudligidadir, shuning uchun xonalarni rejalashtirish va pardozlashda changni ketkazishning qulay yo’llari ko’zda tutiladi, bunda imkon darajada chang to’planadigan joylar bartaraf etiladi. Turar joy uylari xonalariga quyosh nurlarining tushishi (insolyatsiya)ga katta e’tibor beriladi, chunki ulьtrabinafsha nurlarining mikroblarga halokatli ta’siri hammaga ma’lum. Bundan tashqari, to’g’ridan-to’g’ri insolyatsiya inson sog’lig’i va ruhiyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, bu ayniqsa, shimoliy hududlarda yashaydigan odamlar tabiatida tetiklik, quvonchni qo’llab-quvvatlashda g’oyat muhimdir. Havoning tozaligi nafaqat uning tarkibidagi changga, balki inson uchun zararli bo’lgan gazsimon moddalar (nafas olish, yonish va bug’lanish mahsulotlari, tamaki tutuni, oziq-ovqat hidi)ning mavjudliliga ham bog’liq. Bu moddalar to’siq yuzalari tomonidan yutiladi hamda muttasil havoga ajralib chiqib, xona havosini buzadi, havo muhitini zaharlaydi. Havoni tozalashda tashqi muhit bilan havo almashinuvi muhim ahamiyatga ega. Havo almashinuvining nisbati xonada istiqomat qiladigan kishilar soniga qarab hisoblanadi. Odatda turar joy xonalarida havo almashinuvi havoning rom kesimlaridan kirishi bilan ta’minlanadi, issiq iqlimda esa xonalarda havo yelvizakli shamollatish yo’li bilan almashinadi. Biroq 6000 mm dan ko’proq chuqurlikdagi xonalarda qo’shimcha tortish ventilyatsiyasini o’rnatishga to’g’ri keladi. SHuning uchun xonaning derazadan uzoq qismlarida havo tortuvchilarni o’rnatishga to’g’ri keladi. Xonaning taxmonsimon qismlari va garderob xonalarida ham havo tortuvchilar o’rnatiladi. Ayniqsa, oshxonalarda havo almashinuvining yaxshi bo’lishi talab qilinadi. Ovqat tayyorlanadigan plitalar ortiqcha issiqlik va zararli gazlar, shu jumladan, uglerod oksidi C0 2 ni chiqaradi. Bu gazning havo tarkibida 0,01% miqdorda mavjud bo’lishi ham g’oyat havflidir, Bu miqdor 0,1 % ga yaqin bo’lsa, inson hayotiga havf soladi. SHuning uchun gaz plitali oshxonalar albatta tortuvchi ventilatsiya bilan ta’minlanadi, kichik oshxonalar esa elektr plitalar bilan jihozlanadi. Bug’larni bartaraf etish uchun ularning ustiga tortuvchi qalpoq o’rnatiladi. Oshxonalarni tabiiy shamollatish hamma vaqt ham tegishli samara beravermaydi. SHuning uchun tortuvchi kanal yoki chordoqda o’rnatiladigan ventilatorlar yordamida da’vatli ventilatsiya (shamollatish) tizimlarini qo’llash to’g’ri bo’ladi. Sanitariya tarmoqlari ham tortuvchi ventilatsiya bilan ta’minlanadi. Bu bug’lanish va hidlarni yo’qotish, gaz yordamida suv isitadigan qurilmalar bilan jihozlangan vannaxonalarda esa yonish mahsulotlarini bartaraf etish uchun ham zarur. Oshxona plitalari va gazli suv isitkichlar katta miqdordagi kislorodni iste’mol qiladi, shuning uchun QMvaQ da oshxona va vannaxonalarning minimal hajmlari keltirilgan, shuningdek qo’shimcha havo oqimining kirib kelishini ta’minlaydigan qurilmalar ko’zda tutilgan. Turar joy uylarining barcha yashash xonalarida havo almashinuvini ta’minlash uchun to’suvchi konstruktsiyalar havo o’tkazuvchan qilib tayyorlanadi. Havo o’tkazuvchanlikning me’yoriy qiymati QMvaQ bo’yicha olinadi. SHovqindan saqlanishdagi qulaylik inson uchun, uning asab tizimi normal faoliyat ko’rsatishi uchun juda zarur. Inson uxlagan va bedor bo’lgan paytda bunday qulaylik shartlari turlicha bo’ladi. Uyqu paytida maksimal tinchlik saqlanishi lozim, chunki shovqin noxush asabiylashishga va, buning natijasi o’laroq, toliqishga sabab bo’ladi. Bedorlik paytida esa mutloq tinchlik talab qilinmaydi, o’rtacha kuchdagi shovqin insonga mehnat qilishda halal bermaydi, chunki eshitishda tashqi muhitga moslashish yuzaga keladi. Biroq bedorlik paytidagi katta miqdordagi shovqin ham, ayniqsa, u uzoq muddat ta’sir qiladigan bo’lsa, noxush oqibatlarga olib keladi va toliqtiradi. SHuning uchun QMvaQ da turli vazifani bajaradigan xonalarda shovqin darajasining yuqori chegaralari belgilab berilgan Xonadagi shovqin darajasi tashqi va ichki ta’sirlarga bog’liq. Tashqi shovqin manbalariga keyinroq to’xtalib, bu o’rinda ichki shovqin manbalari haqida so’z yuritamiz. Ichki shovqinlar tasodifiy shovqinlar va shovqin foni kabi ikki guruhga bo’linadi. Zamonaviy turar joy uyi muhandislik uskunalariga to’lib yotibdi. U esa tasodifiy va davomli shovqin manbai bo’lishi mumkin. Sanitariya-texnika, elektr va mexanik qurilmalar, radio va televizion apparatura asosiy shovqin manbalari bo’lishi mumkin. Sanitariya-texnika qurilmalaridan chiqadigan shovqin jihozlar —kranlar, sifonlar, kanalizatsiya, issiqlik tsirkulatsiyasi yoki suv ko’tarish nasoslarining ishlashi bilan bog’liq. Sanitariya-texnika qurilmalaridan keladigan shovqin ta’sirini pasaytirish ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin: 1) shovqin manbaidan kelayotgan ovozlar darajasini bartaraf etish yoki pasaytirish; 2) lokal tizim uchastkalarini shovqindan berkitish (germetizatsiyalash). SHovqinsiz nasoslarni qo’llash, puxta va mustahkam konstruktsiyali yig’ma jihozlar (shovqinsiz bachokli unitazlar, qistirmalari vibratsiyani keltirib chiqarmaydigan kranlar va h.k.)dan foydalanish yo’li bilan ham shovqinni bartaraf etish mumkin. Sanitariya-texnika asbob-uskunasining ishidan chiqayotgan shovqinning tarqalishini cheklash uchun amortizatsiya qistirmalari montaj qilinadi, quvur o’tkazgichlar tizimida elastik qistirmalar qo’yiladi, devorlarga o’rnatiladigan quvurlar va jihozlarning mahkamlovchilarida ovoz yutuvchi qistirmalarni qo’llanadi. Odatda liftlar ham shovqin manbai bo’lib xizmat qiladi. Liftlardan foydalanishdagi bu kamchilikni bartaraf etish uchun mashina bo’limlari turar- joy xonalarining yaqiniga joylashtirilmaydi, devorlar va orayopmalarning shovqin himoyasi hisob- kitoblar yordamida tekshiriladi. SHovqin chiqaradigan mashinalar amortizatorlarga o’rnatiladi, kabinalar va lift shaxtalari eshiklari yopilganda bir-biriga uriladigan chekkalariga rezina qistirmalari (rezinoviy prokladka) o’rnatiladi. Havo orqali shovqin uzatilishini pasaytirish samarasiga ekranlar yordamida erishish mumkin. Pardevorlar, devorlar va orayopmalar mana shunday ekranlar vazifasini o’taydi. Xonalarda shovqin darajasini pasaytirish uchun, devorlar yuzalari shovqin yutadigan material bilan qoplanadi. Bunday hollarda tovush so’nmaydi, biroq uning reverbiratsiya vaqti qisqaradi. Zarbli tovushlarning to’siqlardan o’tishi konstruktsiyalarda yupqa havo qatlamlarini o’rnatish, masalan, zarbli tovush darajasini pasaytirishga yordam beradigan “suzadigan pollar”ni qollash yoii bilan bartaraf etiladi. Xuddi shu maqsadlarda to’shama materiallar yoki shovqindan himoyalovchi ostki qavatga ega bo’lgan elastik linoleumdan ishlangan qoplamalarni ham tavsiya etish mumkin. Binoda turgan kishining ko’rish qulayligi yoki ko’z bilan idrok etish paytidagi qulaylik hissi uyni o’rab turgan tashqi muhit ko’rinishiga, xonalarning ko’zni himoyalash darajasiga hamda ularning yoritilganligiga bog’liq. Uyni o’rab turgan muhit bu borada muhim omil vazifasini o’taydi. Derazadan ko’rinib turgan chiroyli manzara yaxshi kayfiyat garovidir. SHuni hisobga olgan holda, umumiy foydalanish xonalari uyning keng manzara ochiladigan old tomoni (fasadi)da joylashtiriladi. Yotoqxonalar va shaxsiy xonalar derazalari ko’kalamzorlashtirilgan hovliga qaragan bo’lishi kerak. Kvartiralar rejasining bunday yechimi shovqindan himoyalash talablariga mos keladi, chunki yotoqxonalar tinch tomonda, qolgan xonalar shovqinli tomonda joylashtirilishi kerak degan talabga ham javob beradi. Xonalar o’rtasida, ayniqsa, turar joy binolarining yonma-yon joylashgan kvartiralari o’rtasida ko’rish himoyasining yo’qligi natijasida ham qulaylik buzilishi mumkin (2.1-rasmga qarang). Bu kamchilikni bino rekonstruktsiyasi paytida bitta kvartirada bir-biriga qaragan derazali xonalarni birlashtirib yuborib, yoki deraza o’rinlaridan bittasini urib tashlash yo’li bilan to’g’rilash mumkin. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling