2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2(1)
2.1-rasm. Yonma-yon kvartiralarda insolatsiyaning buzilishi (γ —diskomfort zonalar) Xonalarning yoritilishiga bo’lgan ehtiyoj kishining maqsadiga bog’liq. Aktiv faoliyat uchun ancha kuchli yoruglik kerak, uxlash yoki xordiq chiqarish uchun esa tarqalgan mayin yoruglik etadi. Bunga xordiq chiqarish paytida turli pardalar, darpardalar, chiypardalar va h.k. yordamida erishish mumkin. SHunday qilib, aktiv faoliyat uchun zarur yoruglikni dastlabki qiymat sifatida qabul qilish kerak. Tabiiy yoruglik qurilish me’yorlarida tabiiy yoruglik koeffitsienti (qisqacha t.yo.k.)ning qiymati bilan belgilangan. Tabiiy yoruglik koeffitsientining qiymati kuzatilayotgan nuqtadagi yorulMik ochiq havodagi yoruglikning qanday miqdoriga teng ekanini ko’rsatadi. Yoritilganlik intensivligi deraza va darcha o’rinlarining maydoni hamda ularning soniga, shuningdek qo’shni binolarning joylashgani, ko’kalamzorlik darajasi va boshqa tabiiy omillarga bogliq. Bu omillarga ko’ra tabiiy yoruglik koeffitsienti qurilish yoruglik texnikasi uslublari bilan hisoblanadi. Rekonstruktsiya qilinayotgan binolarda deraza o’lchamlari — avvaldan berilgan qiymat bo’lib, ancha-muncha sarf-harajatlarsiz o’zgartirilmaydi. SHuning uchun kvartiralarni qayta loyihalashda odatda xona o’lchamlari mavjud deraza maydonlariga qarab o’zgartiriladi. Derazaning hisoblangan yoruglik maydonini oshirish maqsadida enlik ushlagichli deraza tabaqalari kam miqdordagi yoruglik to’suvchi detallarga ega bo’lgan derazalar bilan almashtiriladi. Masalan, agar eski binoda gorbilekli yog’och tabaqalar gorbileksizlariga almashtirilgan bo’lsa, xona yorug’ligi 1,6 marta ortadi. Metall tabaqalar o’rnatib esa yoruglikni 2,2 marta oshirish mumkin. Binolarni rekonstruktsiya qilish paytida deraza kesakilari va tabaqalari eskirgan bo’lsa, bu bino qismlarini almashtirish kerak. Aynan mana shu paytda oynalar yuzalari katta va ensiz bog’lamali derazalarni o’rnatish ko’zda tutilishi kerak. Eski binolarda barcha kvartira xonalarida me’yordagi yoruglikni ta’minlash imkoni bo’lmaydi. Bunday binolarni rekonstruktsiya qilish paytida birinchi navbatda yashash xonalarini uyning yorug’ old tomoni (fasadi)da joylashtirib, ularning normal yoritilishi ta’minlanadi. Oshxona va zinapoya maydonchalari binoning soya tomonida joylashtiriladi. Oshxonadagi derazalar yoritish manbaidan ko’ra, ko’proq havoni shamollatish manbai sifatida olib qaraladi. Xona devorlarining ranglari ham yorug’likni qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling