2-amaliy mashg’ulot. Turar-joy jamg’armasi rekonstruktsiyalashda sanitariya-gigienik talablar
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2(1)
chegarasi.
O’t olish darajasiga ko’ra konstruktsiyalar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga ajraladi. Anorganik materiallardan tayyorlangan konstruktsiyalar yonmaydigan konstruktsiyalarga mansubdir, olovbardoshlikni oshirish uchun maxsus ishlov beriladigan yonadigan organik materiallardan tayyorlangan konstruktsiyalar yonadiganlariga kiritiladi. Qiyin yonadigan konstruktsiyalar yonmaydigan va yonadigan konstruktsiyalarning birikuvidan iborat bo’ladi. Olovbardoshlilik chegarasi deb o’t yoki yuqori temperaturalarning konstruktsiyalarga ular o’z yuk ko’tarish qobiliyatini yo’qotgunga qadar ko’rsatgan ta’sirining soatda o’lchangan davomiyligi, isimaydigan yuzalarda chuqur darzlar (teshiklar)ning paydo bo’lishi yoki bu yuzalarning temperaturasi 140°C dan oshishiga aytiladi. Olovbardoshlilik darajasi bo’yicha binolarning konstruktiv qismlari besh guruhga bolinadi. Bunda yuqori olovbardoshlilik chegarasiga ega yonmaydigan konstruktiv qismlar 1-darajaga mansub, agar bunday sifatlar qisman yoki butunlay bo’lmasa, konstruktiv qismlarga 2-dan to 5-gacha pastroq daraja belgilanadi. Binoning arxitektura-rejaviy yechimi undan foydalanish havfsizligiga ta’sir ko’rsatadi. Bu o’iinda nafaqat reja asosiga qo’yilgan umumiy tamoyillar, balki har bir alohida detal katta ahamiyatga ega. Masalan, aytaylik, zinopoyaning chiqishga juda yaqin joylashgan bittagina pillapoyasi ko’rinishidagi “mayda” detal kishilarning unga qoqilib yiqilishiga sabab bo’ladi. Koridorga ochiladigan eshik esa uning yonidan o’tib ketayotgan kishiga jarohat yetkazishi mumkin. To’g’ri loyihalashtirilgan evakuatsiya yo’llari havfsizlik nuqtayi nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tushunchaga binoning yo’laklar, o’tish xonalari, eshik o’rinlari, zinapoyalar kabi elementlari kiradi. Bu yelementlaming o’lchovlari kishilar oqimining fiziologik tavsiflarini hisobga olgan holda tanlanadi. Masalan, yo’laklar va eshiklarning eni kishilar bir-birining ketidan bir qator bo’lib harakatlanayotgan bittalik oqim yoniga nisbatan olinadi. Bunday oqimning eni kamida 500 mm ga teng bo’lishi lozim. Qatordagi kishilar o’rtasidagi masofa kishilar oqimining chiziqli zichligi tushunchasini keltirib chiqaradi. Bu tushuncha bitta kishiga to’g’ri keladigan bo’sh yo’l uchastkasining uzunligini ifodalaydi. Evakuatsiya jarayoni maksimal zichlikdagi kishilar oqimini evakuatsiya qilish vaqti bilan tavsiflanadi. Evakuatsiya yo’llarining uzunligi ham aynan mana shu omilga bog’liq. Konstruktiv yechim bino havfsizligini ta’minlashda birinchi darajali ahamiyatga ega. Inshootning mustahkamligi va pishiqligi umumiy konstruktiv sxemani hamda har bir unsurning parametrini tanlab olishga bog’liq. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling