2. Asosiy fondlarning yemirilishi va amartizatsiyasi. Asosiy fonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari


Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi


Download 38.22 Kb.
bet2/10
Sana01.03.2023
Hajmi38.22 Kb.
#1238973
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga ko‘ra, asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Asosiy fondlarining mavjudligi va sifati korxonalarning moddiy-texnik imkoniyatlarini belgilab beradi xamda ularning iqtisodiy erkinligi va kelajagini ta’minlaydi.
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan omillari qatoriga kiritadi.
Hozirgi bozor sharoitida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish ja­rayonida uzoq davr mobaynida bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan xamda tabiiy shaklini saqlagan xolda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan maxsulotlarga asta-sekin, to‘zishiga qarab o‘tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda va maxsulot ishlab chiqarishda qatnashadilar, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar, mehnat buyumlari va tayyor maxsulotlarni saqlash va ularni bir o‘rindan ikkinchi o‘ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar.Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortizatsiya deyilib, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish binolari va inshootlari;

  • uzatish qurilmalari;

  • quvvat mashinalari va uskunalari;

  • ishchi mashinalar va uskunalar;

  • transport vositalari;

  • o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

  • foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qoyilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventarlari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.

Download 38.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling