Kompetensiyalar
|
Ta’lim mazmuni
|
Mavzular
|
Kundalik hayotga oid mavzular (shaxsiy ma’lumot, oila haqida ma’lumot, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va hokazo).
Ijtimoiy hayotga doir mavzular.
Ta’limga oid mavzular (kollejda o‘qitiladigan fanlarga oid mavzular).
Kasbga yo‘naltirilgan mavzular.
Ijtimoiy-madaniy mavzular (O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlarning kasbga doir sohalardagi madaniyatning o‘xshash va farqli tomonlari haqida tasavvur).
|
Lingvistik kompetensiya
|
Nutqiy kompetensiya
|
Tinglab tushunish
|
Kasbga oid ixtisoslashgan autentik va yarim autentik diskurslar.
O‘rganilayotgan chet tilining turli variantlari (aksentlar).
Dolzarb mavzulardagi sodda radio va teledasturlar.
Shaxsiy qiziqish va kasb-hunarga oid sodda dasturlar.
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning asosiy mazmunini tushunish, to‘liq batafsil tushunish va muayyan ma’lumotlar olish uchun tinglash.
|
Gapirish
|
Dialog.
Uchrashuv va salomlashish.
O‘zini tanishtirish.
Iltimos bilan murojaat etish.
Ma’lumot olish va berish.
Muammolarni hal qilish.
Norasmiy muhokamalarda ishtirok etish.
Taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish.
Qiziqarli mavzularni muhokama qilishda o‘zining shaxsiy qarashlari va fikrlarini bildirish.
Ishonch, fikr, rozilik va rad qilishni xushmuomalalik bilan ifodalash.
O‘zgalar fikrini qisqacha sharhlash.
His-tuyg‘ularni ifodalash va ularga javob qaytarish.
Monolog.
Ijtimoiy va kasb-hunarga oid sohalardagi tadbir, tajriba va rejani tasvirlash.
Ixtisoslik mavzusida taqdimot qilish.
|
O‘qish
|
Faol til materialidan tashkil topgan kasb-hunarga oid sodda matnlarni o‘qib tushunish.
Xat, elektron xat, broshyura, qo‘llanma hamda qisqa rasmiy hujjatlarni o‘qish.
Kasb-hunarga oid autentik matnlarni jadal (intensiv) o‘qib, to‘liq tushunish.
Ommabop materiallarni o‘qish (gazeta, qisqa hikoya, shaxsiy va elektron xatlar).
Rivojlantiriladigan ko‘nikmalar: chet tilidagi materiallarning umumiy mazmunini tushunish, ayrim ma’lumotlarni olish, tafsilotlarni tushunish va yo‘nalishni aniqlash uchun o‘qish (belgilar, ko‘rsatkichlar va hokazo).
|
Yozish
|
Sodda ish hujjatlari (xatlar va elektron xatlar, hisobotlar, rejalar, xizmat ko‘rsatishni taklif etish xatlari, rezyume, yo‘llanma xatlar, anketa shakllari va hokazolar).
Shaxsiy yozishmalar (xat, elektron xat va qisqa xabarlar).
|
Til kompetensiyasi
|
Fonetik kompetensiya
|
So‘z, yakka ibora va diskursni aniq talaffuz qilish ustida ishlash.
Ritm va intonatsiyadan foydalanish (darak, so‘roq, bo‘lishsiz, buyruq gaplar); gapni ma’noli bo‘laklarga ajratish.
Chet tilining asosiy variantlarini farqlash.
|
Leksik kompetensiya
|
Kasb-hunarga yo‘naltirilgan lug‘at boyligini oshirish.
Leksikani kasb-hunarga oid kontekstda to‘g‘ri qo‘llash.
|
Grammatik kompetensiya
|
Avvalgi darajalarda o‘zlashtirilgan grammatik materialni ommaviy va kasb-hunarga oid kontekstlarda yetarli darajada to‘g‘ri qo‘llash (fe’l zamonlari, modal so‘zlar, sifat va ravishning qiyosiy darajalari, determinantiv so‘zlar, predloglar va hokazo).
|
Sotsiolingvistik kompetensiya
|
O‘zbekiston va tili o‘rganilayotgan mamlakatlar xalqlari madaniyatlari haqida asosiy tasavvurga ega bo‘lish hamda ba’zi masalalarning tilga bog‘liqligini anglash (masalan, salomlashish odobi, murojaat shakllari, xushmuomalalikning asosiy nutqiy me’yorlari va hokazo).
Turli madaniyatlarda muloqotning noverbal elementlari ustida ishlashni davom ettirish: imo-ishoralar, noverbal signallar va hokazo.
Ona tili va chet tilida xat va xabarlar yozish qoidalarining xususiyatlari.
|
Pragmatik kompetensiya
|
Taqdimot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Og‘zaki va yozma diskursda fikrlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lash.
Turli ijtimoiy va kasb-hunarga oid vaziyatlarda zarur bo‘ladigan ba’zi til vositalari, rasmiyatchilik darajalari haqida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish.
So‘zlovchini gapini bo‘lish, aniqlik kiritish, nutqni sekinlashtirishga undash va boshqa strategiyalar.
|