2-bob. Buxgalteriya balansi


Download 125.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana26.10.2023
Hajmi125.6 Kb.
#1725184
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-mavzu Buxgalteriya balansi

Balansning to‘g ‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlaming 
to‘laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik 
faoliyatining 
barcha 
muomalalari 
o ‘z 
vaqtida 
hujjatli 
rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g ‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda 
balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya 
balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobvaraqlaridagi 
yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan 
bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi m a’lumotlarini qasddan buzish 
niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish 
maqsadida atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan 
bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin.
Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka 
muvofiq kelishini anglatadi. Balansning “to ‘g ‘riligi” va “realligi” 
tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to ‘g ‘ri, ammo 
noreal bo‘lishi mumkin, y a’ni balans m a’lumotlari hujjatlar asosida 
tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud m ablag‘lami ko‘rsatadi, ammo uning 
ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar 
m a’naviy 
eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu 
kabilami ko‘rsatmaydi.
Balansning yaxlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash 
tamoyillari bo‘yicha tuzilishini, y a’ni korxonaning barcha tarkibiy 
boMinmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining 
bir xildagi mazmuni, ulam ing korrespondensiyasi va shu kabilar 
qo‘llanilishini anglatadi.
Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan 
kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy 
balansi (yil oxiriga bo‘lgan m a’lumotlar) yil boshiga bo‘lgan 
boshlang‘ich balansi ma’lumotlari bo ‘lishi kerak, chunki hisobot yili 
oldingi yilning davomi hisoblanadi.

Download 125.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling