2-bob. Buxgalteriya balansi
Download 125.6 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Buxgalteriya balansi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balansning realligi
- Balansning yaxlitligi
- Balansning izchilligi
Balansning to‘g ‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlaming
to‘laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik faoliyatining barcha muomalalari o ‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g ‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobvaraqlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi m a’lumotlarini qasddan buzish niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin. Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning “to ‘g ‘riligi” va “realligi” tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to ‘g ‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, y a’ni balans m a’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud m ablag‘lami ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar m a’naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu kabilami ko‘rsatmaydi. Balansning yaxlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo‘yicha tuzilishini, y a’ni korxonaning barcha tarkibiy boMinmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining bir xildagi mazmuni, ulam ing korrespondensiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi. Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan m a’lumotlar) yil boshiga bo‘lgan boshlang‘ich balansi ma’lumotlari bo ‘lishi kerak, chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi. Download 125.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling