2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси


ilova  O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/92
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1128346
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92
Bog'liq
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf

 


129
ilova 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN 
RO’YXATGA OLINGAN 
13.07.1999 y. 
N 773 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
MARKAZIY BANKI BOShQARUVI 
TOMONIDAN TASDIQLANGAN 
22.05.1999 y. 
(10/4-bayonnoma) 
N 290 
O’zbekiston Respublikasi 
tijorat banklarida buxgalteriya hisobi 
HISOBVARAQLARI REJASI 
Yangi taxriri O’zR AV 13.08.2004 y. 773-17-son bilan ro’yxatga olingan 
O’zR MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq tasdiqlangan 
(Kiritilgan 1-11-son Qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan) 
Mazkur Rejaga quyidagilarga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan: 
O’zR AV 01.11.2001 y. 773-12-son bilan ro’yxatga olingan Qo’shimchalar, 
O’zR AV 08.02.2002 y. 773-13-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, 
O’zR AV 07.06.2003 y. 773-14-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, 
O’zR AV 29.09.2003 y. 773-15-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, 
O’zR AV 16.03.2004 y. 773-16-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori 
I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi 
II. Hisobvaraqlar ro’yxati 
III. Hisobvaraqlar ta’rifi (Aktivlar. Majburiyatlar) 
III. Hisobvaraqlar ta’rifi (Kapital. Daromadlar. Xarajatlar. Ko’zda tutilmagan 
holatlar.)


130
I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI 
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O’zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida”, “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning 
1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi 
hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar hamda boshqa 
me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston 
Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning 
yagona metodologik asoslarini belgilab beradi.
Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O’zbekiston Respublikasi 
qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan 
vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda 
yuritiladi.
Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshrishda va ularni buxgalteriya 
hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi 
qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim. 
Mazkur hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida bank 
operatsiyalarini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash 
va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini 
ro’yxatidan iboratdir. 
Tijorat banklarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha 
operatsiyalari turi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Hisobvaraqlar rejasi tijorat 
banklari tomonidan faqat Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi 
qonunchilik doirasidagi bank operatsiyalarini aks ettirish uchun foydalanilishi lozim.
Tijorat banklarining buxgalteriya hisobvaraqlari rejasi buxgalteriya hisobining 
ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalar 
belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy 
valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi 
bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun-alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish 
uchun esa yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha yordamchi 
kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi 
summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har 
bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va yordamchi kitoblarda ro’yxatga 
olinishi kerak. Hisobot sanasi holatiga ko’ra Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar 
bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida 
amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma (konsolidirovan) 
balansi tuziladi. 
Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan: 
- hisobvaraqlarning Bosh va yordamchi kitoblarda joylanishini engillashtirish;
- hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish; 
- hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish; 
- operatsiyalar yozuvini tezlashtirish. 
Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema 


131
bo’yicha beshta belgidan iboratligi qabul qilingan: 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling