2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
ilova O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22.05.1999 y. (10/4-bayonnoma) N 290 O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi HISOBVARAQLARI REJASI
- I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI
129 ilova O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN RO’YXATGA OLINGAN 13.07.1999 y. N 773 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI TOMONIDAN TASDIQLANGAN 22.05.1999 y. (10/4-bayonnoma) N 290 O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi HISOBVARAQLARI REJASI Yangi taxriri O’zR AV 13.08.2004 y. 773-17-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Boshqaruvining Qaroriga muvofiq tasdiqlangan (Kiritilgan 1-11-son Qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan) Mazkur Rejaga quyidagilarga muvofiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan: O’zR AV 01.11.2001 y. 773-12-son bilan ro’yxatga olingan Qo’shimchalar, O’zR AV 08.02.2002 y. 773-13-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, O’zR AV 07.06.2003 y. 773-14-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, O’zR AV 29.09.2003 y. 773-15-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori, O’zR AV 16.03.2004 y. 773-16-son bilan ro’yxatga olingan O’zR MB Qarori I. Hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi II. Hisobvaraqlar ro’yxati III. Hisobvaraqlar ta’rifi (Aktivlar. Majburiyatlar) III. Hisobvaraqlar ta’rifi (Kapital. Daromadlar. Xarajatlar. Ko’zda tutilmagan holatlar.) 130 I. HISOBVARAQLAR REJASINING UMUMIY TAVSIFI Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, “Bank va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning 1996 yil 13 noyabrdagi 290-sonli “Tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”, unga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartirishlar hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi. Tijorat banklari bank operatsiyalarini amalga oshrishda va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishda Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga va amaldagi qonunchilikka qat’iy rioya qilishlari lozim. Mazkur hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida bank operatsiyalarini aks ettirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Hisobvaraqlar rejasi bank operatsiyalari hisobini yuritish, tahlil qilish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo’llanadigan Bosh kitob hisobvaraqlarini ro’yxatidan iboratdir. Tijorat banklarining hozirgi vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan barcha operatsiyalari turi hisobvaraqlar rejasiga kiritilgan. Hisobvaraqlar rejasi tijorat banklari tomonidan faqat Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va amaldagi qonunchilik doirasidagi bank operatsiyalarini aks ettirish uchun foydalanilishi lozim. Tijorat banklarining buxgalteriya hisobvaraqlari rejasi buxgalteriya hisobining ko’p valyutali tizimiga asoslangan bo’lib, chet el valyutasidagi operatsiyalar belgilangan tartibda hisobga olinishi mumkin bo’lgan barcha hisobvaraqlarda xorijiy valyutadagi operatsiyalar hisobini aks ettirish imkonini beradi. Har bir valyuta turi bo’yicha sintetik hisobni yuritish uchun-alohida Bosh kitob, analitik hisobni yuritish uchun esa yordamchi kitoblar ochiladi. Har bir valyuta bo’yicha yordamchi kitoblardagi summalar yig’indisi Bosh kitoblarning tegishli balans hisobvaraqlaridagi summalar yig’indisiga mos kelishi kerak. Bank tomonidan amalga oshiriladigan har bir operatsiya tegishli valyuta turi bo’yicha Bosh va yordamchi kitoblarda ro’yxatga olinishi kerak. Hisobot sanasi holatiga ko’ra Bosh kitoblarning xorijiy valyutalar bo’yicha jami summalari milliy valyutaga o’tkaziladi va hisobot davri davomida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar bo’yicha bankning jamlanma (konsolidirovan) balansi tuziladi. Hisobvaraqlarni kodlashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqilgan: - hisobvaraqlarning Bosh va yordamchi kitoblarda joylanishini engillashtirish; - hisobvaraqlarni bir tizimda tasniflash va guruhlashga yordam berish; - hisob jarayonlarini avtomatlashtirishni engillashtirish; - operatsiyalar yozuvini tezlashtirish. Balans hisobvaraqlarining Bosh kitobda kodlashtirilish tizimi quyidagi sxema |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling