2-bob tortuv harakat tarkibining qoldiq resurslarini baholash bo‘yicha mavjud usul va yondashuvlar tahlili
Muammoning bayoni va tadqiqot ishining tuzilishi
Download 135.49 Kb.
|
2 Bob
1.2. Muammoning bayoni va tadqiqot ishining tuzilishi
Yuk va yo‘lovchi tashishni ajralmas qismi sifatida temir yo‘l transportida manyovr ishlarida TЭМ2 turidagi manyovr teplovozlaridan foydalaniladi.Ushbu turdagi harakatlanuvchi tarkib manyovr ishlarini past tezlikda amalga oshirgani uchun uning yuk ko‘taruvchi elementlarida shikastlanishning chegaraviy qiymati nisbatan uzoqroq muddatni tashkil etganligi sababli, ushbu harakatlanuvchi tarkibning qoldiq xizmat muddatini aniqlash va xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqish o‘rinlidir. TЭМ2 seriyali teplovozning ramasini kapital ta’mirlash orqali xizmat muddatini 50 yildan ortiq uzaytirish bo‘yicha tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobot bosqichida, ushbu turdagi teplovozdan xavfsiz foydalanish xizmat muddatini uzaytirish iqtisodiy tomondan o‘zini oqlaydimi yo‘qmi kabi savollarga javob izlash lozim. Teplovozning foydalanishdagi xavfsizligi va ta’mirlash jarayonida almashtirishni texnologik tomondan imkoni yo‘q qismi bu, asosiy rama. Harakat tarkibini harakat xavfsizligiga ta’sir qiluvchi barcha turdagi o‘zgaruvchan kuchlanishlarni asosiy rama o‘ziga qabul qiladi va kuchlanishlarni boshqa tayanch qismlariga o‘tkazadi, natijada esa eng ko‘p kuchlanish asosiy ramaga tushganli sababli, ilmiy tadqiqot ishida ham asosiy ramani texnik holatini aniqlash, unga ta’sir etuvchi kuchlarni o‘rganish muhimdir. Metall konstruksiya elementlarining, asosan manyovr teplovozining asosiy ramasining holati nuqtai nazaridan unung qoldiq xizmat muddatini aniqlash uchun dastlabki texnik baholashni amalga oshirish uchun ma’lum vaqt davomida xizmat qilgan metall konstruksiyani eskirishini va uning qoldiq resursini hisoblashning ko‘plab usullaridan birini tanlashimiz lozim. Bundan tashqari, bunday hisoblash uchun etarli miqdorda dastlabki ma’lumotlarni aniqlash va ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda hisoblash usullarini ishlab chiqish kerak. Bunda metall konstruksiyaning qoldiq resursini aniqlash va mavjud chidamliligini dastlabki ma’lumotlarlardan foydalangan holda baholash orqali kelgusida ushbu asosiy ramani qisman modernizatsi qilish orqali xizmat muddatini uzaytirish imkoniyati to‘g‘risida ilmiy asoslangan qaror qabul qilishni ta’minlaydi. Bunday hisob-kitobni amalga oshirish uchun zamonaviy statik hisoblash dasturlarida yordamida bajarilishi kerak, bu esa metall konstruksiyaning eng xavfli zonalarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu hisoblashda asosiy ramaga vertikal og‘irlikdagi kuchlanishlarning ta’siridan o‘rganiladi, sababi manyovr teplovozi ish vaqtida ma’lum bir og‘irlikdagi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazishdan iboratdir. Harakat davomida eng xavfli hududlarda kelib chiqadigan kuchlanishlardan biri esa, relslar ulangan qismlaridan o‘tayotganda teplovozning asosiy ramasiga ta’sir etadi. Dinamik kuchlanishlar asosiy ramagani ishlashga ta’sir etganligi sababli, dinamik kuchlanishlarni ham aniqlash muhim vazifa bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, muammoni yechish uchun metall konstruksiyaning eskirishi va chidamlilik hisobini ishlab chiqish muammosiga yangi ilmiy asoslangan texnik echimlarni taklif qilish kerak, bunda esa manyovr teplovozining metall konstruksiyasi ya’ni asosiy ramasining qoldiq ximat muddatini aniqlash va uzaytirish imkoni bor yoki yo‘qligini aniqlash orqali uning xizmat muddatini ishonchli uzaytirish imkonini beradi. Download 135.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling