2-bob tortuv harakat tarkibining qoldiq resurslarini baholash bo‘yicha mavjud usul va yondashuvlar tahlili
Download 135.49 Kb.
|
2 Bob
ef – emirilish (darzlar paydo bo‘lishi) momentiga kelib bir tomonlama jamlangan deformatsiya;
de – bir tomonlama jamlangan deformatsiyaning birssikl davomidagi o‘sishi; εf (T, t) – bir martalik statik yuklanishdagi materialning deformatsion imkoniyatini tavsiflaydigan chegaraviy plastik deformatsiya. Ifodaning birinchi integrali toliqish shikastlarining jamlanishini, ikkinchisi – plastik deformatsiyaning bir tomonlama jamlanishini tavsiflaydi. Kamssiklli toliqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar qayishqoq-plastik yuklanishda yuk tushadigan konstruksiyalarning resursini baholash uslublarini ishlab chiqish imkonini yaratdi [65,66,67,68]. Lokomotiv asosiylarining payvandlangan konstruksiyalarini loyihalash va tayyorlash normalarida konstruksiya chidamliligi Serensen-Kinasoshvili formulalariga asoslangan toliqish mustahkamligi zaxirasi koeffitsientlari bo‘yicha baholanadi. Ushbu normativ hujjatlar muhandislik amaliyotida qabul qilingan toliqish qarshilik ko‘rsatish zaxirasi koeffitsientlari bo‘yicha hisob-kitoblar shaklini saqlab qolgan [69]: N = σaN /σæ ≥ [ n] , bu erda σaN – naturadagi detalning sinovlar bazasida simmetrikssiklda va o‘rnatilgan yuklanish rejimida chidamlilik chegarasi N = 107; σæ – shartli simmetrikssikl dinamik zo‘riqishining hisobiy amplitudasi, shikastlash ta’siriga ko‘ra detalning loyihaviy xizmat muddatida foydalanish tasodifiy zo‘riqishlarning real rejimi ta’siriga ekvivalent hisoblanadi; [n] – yo‘l qo‘yiladigan zaxira koeffitsienti, 1,3 dan 2,2 gacha chegeralarda, yuklanilganlik va mustahkamlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarning statistik ishonchliligiga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi. Me’yorlarning yangi tahriri asosida namunalar va murakkab shaklli detallarning toliqishga oid qarshiligi tavsiflari orasidagi muvofiqlik yotgan toliqish sababli emirilish ayniyati nazariyasi yordamida detalning chidamliligi chegarasi nazariy aniqlanishiga yo‘l qo‘yadi. Toliqish sababli emirilish ayniyati statistik nazariyasi transport konstruksiyalari elementlariningssiklli mustahkamligini baholash uchun ilmiy ishlarda qo‘llangan edi [70]. Foydalanish rejimiga ekvivalent, belgilangan tartibga tushgan,ssikllarning hisobiy bazaviy soni N0 ga keltirilgan yuklanish rejimining amplitudasini aniqlash asosiga uslubiyotda shikastlanishlarni chiziqli jamlash farazi (gipotezasi), shuningdek toliqish egri chizig‘ining daraja tenglamalariga approksimatsiyalashuviga oid taxmin qo‘yilgan: , bu erda σi- mazkur razryad zo‘riqishlarining amplitudasi; m – toliqish egri chizig‘i tenglamasi darajasi ko‘rsatkichi; N0 –ssikllarning bazaviy soni. RAN akademigi V.V.Bolotin [73] tomonidan ishonchlilikni prognozlash uslubi ishlab chiqilib, u ishdan chiqishga qadar ishlashning taqsimlanish qonunini chidamlilik chegarasining tasodifiy qiymatlar funksiyasi sifatida taqdim etishga va qator boshqa argumentlarga asoslangan. I.V.Biryukov, I.P. Isaev, V.B.Medel, A.N.Savoskin, G.P.Burchak, E.V. Serdobinsev va boshqalarning ilmiy ishlarida ushbu yondashuv elektr harakatdagi tarkib asosiychalari ramalari hamda harakatdagi tarkibning yuk tushadigan boshqa mas’ul konstruksiyalarining ishonchliligini prognozlash maqsadida qo‘llangan. Uslubiyotni qo‘llash sohasi detallar bilan cheklanib, ulardagi qoldiq texnologik zo‘riqishlar termo ishlov berish yo‘li bilan olinib, amal qilayotgan zo‘riqishlar esa qayishqoq hisoblanadi [74]. Masshtab omili hamda qoldiq zo‘riqishlar darajasi nuqtai nazaridan taqdim etilgan, tajriba ma’lumotlariga yirik payvandli namunalar uchun toliqish egri chizig‘ining uch parametrli eksponensial tenglamasi ko‘p tomonlama muvofiq keladi: , bu erda σ – amal qilayotgan zo‘riqishlar; σr- chidamlilik chegarasi; m, V – tenglama parametrlari; N – emirilishga qadar sikllar soni. Download 135.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling