2.4 Savat toli (Salix viininalis L.) Buta bo‘lib, balandligi 5-6 m, barg chiqarishdan oldin yoki bir vaqtda gullaydi. Bu tol Rossiyaning o'rmon-tundradan toki sahro zonasigacha tarqalgan. 0‘rta va g‘arbiy Yevropada, Xitoyda, Mo‘g‘ulistonda va Hindistonda uchraydi. U daryo bo‘ylarida, orollarda o‘sib, qalin o'rmonzorlar hosil qiladi. Bu tol qalamchalaridan yaxshi ko‘karadi. Uning novdasidan eng sifatli savatlar to‘qiladi. Po‘stIog‘ida 6-15 % miqdorida tannin moddasi bor.
Qizil tol (Salix purpurea L.) buta, balandligi 4 m, barglari yozilguncha yoki bir vaqtda gullaydi.U Qrimda, Kavkazda va Markaziy Osiyoda uchraydi, qalamchalaridan yaxshi ko‘payadi. Uning egiluvchan, ingichka novdalaridan savat to‘qiladi. Daryo va ko‘l bo‘ylarida namlik bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Qoratol (Salix australior L.) balandligi 25-30 m ga, diametri 50-80 sm ga yetadigan bir jinsli, ikki uyli daraxt. Qoratol barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, qalamchalaridan ko‘paytirish mumkin.
Yog‘ochi oq, egiluvchan bo‘lib, novdalaridan savat to‘qiladi. 23 yillik novdalaridan tokzorlarga ishkom qilish uchun va mayda asbob-uskunalar yasashda ishlatiladi. Bu tol Oloy past tog‘larida, janubiy QozogMston va Markaziy Osiyodagi daryo bo‘ylaridagi to‘qay o‘rmonlarida tarqalgan. Bu tur madaniy o‘rmonlarda ko‘p ekiladi.
Majnuntol (Salix babylonica L.) Balandligi 8-10 m, diametric 50-60 sm bo‘lgan daraxt. Majnuntol barg yozib bo‘lgandan so‘ng gullaydi. Bu tol qalamchasidan yaxshi ko‘payadi. Majnuntol Meso- potamiyada keng tarqalgan, Kavkazda va Markaziy Osiyo respubli- kalarida manzarali o‘simlik sifatida ariqlar, hovuzlar bo'yiga ko‘p ekiladi. Shox-shabbasi egilib o‘sganligidan juda chiroylidir. Uning yana bir turi Xitoydan keltirilgan matsudan tolidir. Uning barglari to‘q-yashil rangda bo‘lib, shox-shabbasi pastga osilib o‘sganligidan nihoyatda chiroyli. Bulardan tashqari turkumning jung‘or toli (Salix songorica Rgl.)5 turon toli (Salix turanica Nas.), Tyan- Shan toli (Salix tianschanica Rgl.) kabi turlari o‘rmonchilikda va ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |